Mаvzu: Fаvquloddа vаziyat havfi tig’ilganda vа sodir bo’lganda aholini evakuatsiya qilish


Download 84.16 Kb.
bet4/5
Sana24.12.2022
Hajmi84.16 Kb.
#1057773
1   2   3   4   5
Bog'liq
FM 11-mavzu

yig'ish-ko'chirish joylari (YKJ) vazifalariga quyidagi muolajalami kiritish mumkin:
  • 1) aholini tarqoqlashtirish va ko'chirish haqida turli zamonaviy usullardan (uyali telefonlar, radio, televideniya va boshqalar) va anjomlardan foydalanib ogohlantirish;
  • 2) aholini yig'ish va ularda paydo bo'lgan sharoitlar haqidagi o‘y va fikrlarini bilish;
  • 3) ko'chirilayotgan odamlarni ro'yxatga olish va ular sonini aniqlash;
  • 4) transport vositalarining tayyorligini nazorat qilish, transportlarga o'tqazishni tashkil etish;
  • 5) piyodalar guruhlari kolonnalarini tuzish va belgilangan manzillarga jo'natish;
  • 6) «Havo trevogasi» ogohlantirilishi bilan ko'chirilayotgan aholini yashirish;
  • 7) ko'chirish jarayoni haqida tuman ko'chirish qo'mitasiga ma’lumot berish.
    • Qabul-ko'chirish joylarining tarkibi quyidagicha bo'lishi mumkin:
    • 1) boshliq; 2) uning muovini; 3) kelayotganlarni kutib olish va qabul qilish guruhlari; 4)ro'yxatga olish guruhlari; 5) tarqoqlash joylariga ko'chirilganlami yig‘ib-to'ldirish va jo'natish guruhi; 6) oziq-ovqat, suv, ta’minlash, ma'lumot berish guruhi; 7) tibbiyot xonasi; 8) onalar va bolalar xonasi; 9) komendant; 10) jamoa tartibini saqlash bo'limi (JTSB); 11) sanitar mirshab xonasi.
    • Oraliq-ko‘chirish bo'limlarining taxminiy tarkibi quyidagicha bo'ladi: 1) boshliq; 2) uning o'rinbosari; 3) ma'naviyat va ma'rifat guruhi; 4) ko‘chirilayotganlarni qabul qilish, hisobga kirgizish va vaqtinchalik joylashtirish guruhi; 5) oziq-ovqat mahsulotlari. ichimlik va texnik suv bilan ta’minlash guruhi; 6) tibbiyot xonasi; 7) onalar va bolalar xonasi; 8) ma’lumot berish kursi; 9) jamoa tartibini tashkil etish guruhi (JTTEG).
    • Odamlar piyoda usulda yig‘ish-ko‘chirish joylariga mustaqil ravishda kelib, ro‘yxatdan o‘tishadi va keyinchalik 500-1000 kishilik kolonna korxonalar, muassasalar bo‘yicha tuziladi. Piyodalar kolonnasi boshlig‘i harakat yo'nalishi chizmasi bilan ta’minlanadi.
    • Aholini piyoda tartibda, oldindan o'rnatilib, tanlangan yo'nalishlar va piyodalar kolonnasi yo'llari bo‘yicha, ayrim hollarda esa, asosiy yo'llar chetidan olib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu paytda, shahardan tashqari hududga yaqin aholini ularga doimiy yashash uchun ajratilgan manzilgohlarga to'g'ridan to‘g‘ri jo'natish mumkin. Shahardan ancha yiroqda joylashtiriladigan yoki boshqa viloyatlarga jo’natiladigan aholi, dastlab ehtimoliy vayron bo‘ladigan joydan uzoqroqda tashkil etilgan oraliq ko‘chirish bo‘linmalariga yuboriladi. Bu yerdan odamlarni domiy manzilgohlarga olib ketishni ko’chirish tadbirlari tugatilgandan so‘ng barcha turdagi transportlar yordamida rejalashtiriladi.
    • Piyoda harakatlanuvchilar uchun dam olish vaqti (10-15 daqiqa) har bir 1,5 soatlik yurishdan keyin 60-120 daqiqa, 2-marta harakat qilishdan oldin ajratiladi. Piyodalar harakati aholini oraliq qabul bo'limlariga yetib kelingach. nihoyalanadi.
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling