Ko'chirish tashkilotlariga quyidagilar kiradi: 1) ko‘chirish qo'mitalari (KQ); 2) ko’chirish-to'plash joyi (KTJ); 3) qabul-ko'chirish qo'mitalari (QKQ); 4) qabul-ko'chirish bo'limi (QKB); 5) odamlarni transportlarga o'tqazish joyi (0 ‘J); 6) odamlarni transportlardan tushirish joyi (TJ); 7) oraliq ko'chirish joyi (OKJ). - Ko'chirish qo‘mitasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- 1) aholi soni;
- 2) tarqoqlashtirish va ko'chirish tartiblarini bosqichma-bosqich, ketma-ketlikda aniqlash;
- 3) moddiy texnika, tibbiy, transportlar va boshqa ta’minlash ishlarini tashkil qilish:
- 4) piyoda ko'chirish yo'nalishini va transportlar turini aniqlash;
- 5) qabul qilish va istiqomat qilishga joylashtirish, ishga joylashtirish, moddiy va tibbiy ta’minot masalalari bo'yicha, qishloqdagi ko'chirish, qabul qilish qo'mitasi bilan aloqani bog'lash va o'zaro birgalikda harakat qilish.
- Fuqarolar tarqoqlashtirish va ko'chish haqida ma’lumot olganlaridan so‘ng zudlik bilan quyidagi amallami bajarishadi:
- 1) juda zarur bo‘lgan narsalami yig'ishtirib olishlari kerak (issiq kiyimlar, 2-3 kunga yetadigan oziq-ovqatlar, dori-darmonlar, shaxsiy himoya vositalarini;
- 2) turar xonalarda gaz, elektr asboblarini o'chirish, suv manbalarini o’chirish;
- 3) shaxsiy hujjat - pasport, nikoh qog'ozi, attestat, diplomlar;
- 4) maktabgacha bo'lgan bolalarning cho‘ntaklariga yoki kiyimlarining yoqalariga ularning ismi, sharifi, yoshi, turar manzilgohi va ko‘chirishning nihoya maskani yozilgan oq latta tasmasi yoxud parchasini solib qo‘yish.
- YIG‘ISH-KO‘CHIRISH JOYLARI (YKJ)
- Odamlarni aniq va o‘z vaqtida ko'chirish maqsadida yig‘ish- ko‘chirish joylari (bo‘limlari) tashkil etiladi. Uning vazifasi:
- 1) tarqoqlashtiriladigan va ko'chiriladigan aholini yig'ish va ularni ro‘yxatga olish;
- 2) piyodalar guruhini - kolonna tuzish;
- 3) odamlarni transport vositalariga o'tqazish joylariga jo'natish.
-
- Odatda, yig‘ish-ko‘chirish joylari -klublar, kinoteatrlar, madaniyat saroylari, maktablar, kollejlar, litseylar va boshqa shu kabi jamoa binolarida ochiladi. Ularni imkoniyat boricha o'tirib ketadiganlar transport bekatlari (temiryo‘1, avto-vokzallar,) yaqinida tashkil qilish kerak.
- Har bir
Do'stlaringiz bilan baham: |