Mаvzu: Fаvquloddа vаziyat havfi tig’ilganda vа sodir bo’lganda aholini evakuatsiya qilish


YETIB KELGAN AHOLINI JOYLASHTIRISH


Download 84.16 Kb.
bet5/5
Sana24.12.2022
Hajmi84.16 Kb.
#1057773
1   2   3   4   5
Bog'liq
FM 11-mavzu

YETIB KELGAN AHOLINI JOYLASHTIRISH
  • Bu amallar mahalliy hokimiyat tashkilotlari bilan birga, fuqarolar muhofazasi shtablari tomonidan bajariladi. Ayni maqsadlarda hokimiyatlar qoshida qabul-ko‘chirish bo’limlari, aholi yetib kelgan joylarda esa, kutib olish bo‘limlari tashkil etiladi. Ko'chirib kelinganlar ro'yxatdan o‘tib, piyoda va transportlarda ko'chirish tashkiloti vakillari ko‘rsatmasiga ko‘ra, turar joylarga ravona bo'ladilar. Ko‘chirib kelingan aholi joylashgan manzilgohlarda oziq-ovqat, suv, dastlabki zarur xalq iste’moli mollari bilan mahalliy hokimiyat tashkilotlari tomonidan mavjud bo'lgan savdo tarmoqlari orqali ta’minlanadi.
    • 1) «Havo trevogasi» dushman tomonidan bevosita hujum qilish xavfi tug'ilganda, ya’ni ma’lum tashkilotlar va nazorat vositalari tomonidan dushman raketalari uchirilgani yoki uning samolyotlari havoga ko'tarilgani aniqlanganda beriladi.
    • «Havo trevogasi» quloqni batang keltiradigan o‘tkir tovushlar- SIRENlar, korxonalar va transportlaming uzundan-uzoq tovushlari, radio, televideniya va maxsus transportlarga o‘rnatilgan radiokarnaylar, kerosin karnaylari, odatdagi karnaylar va boshqa narsalardan foydalanish usuli bilan amalga oshiriladi.
    • «Havo trevogasi» berilgach, uylarda quyidagi amallar bajarilishi kerak:
    • 1) barcha elektr, gaz, suv manbalari o'chiriladi;
    • 2) oldindan dastlabki talablarni qondirishi mumkin bo‘lgan, tayyorlab qo'yilgan narsalar, hujjatlar, shaxsiy himoya vositalari, oziq- ovqat zaxiralarini olib, uy qulflanadi;
    • 3) zudlik bilan yaqin orada joylashgan himoya yerto'lalariga (berkinchoqlarga) yashirinish lozim.
    • Ish joyida bo'lganda, quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
    • 1) Asboblar, elektr, gaz, suv bilan ta'minlovchi manbalarni o’chirish;
    • 2) Shaxsiy himoya vositalarini shay holga keltirish;
    • 3) Tezlik bilan himoya yerto‘lalariga (berkinchoqlarga) yashirinish.
    • Ko‘cha-ko'yda bo‘lgan paytlarda qilinadigan vazifalar:
    • 1) jamoa va xususiy transportlardan ochiq havoga chiqish;
    • 2) jamoa yerosti transportlaridan bekatlarga o'tish;
    • 3) ko'rsatkichlarga ko’ra, yaqin oradagi berkinchoqlarga, tunellarga kirish;
    • 4) iloji topilishi qiyin bo'lgan hollarda ariqlar, zovurlar, beton ariqlar (кювета), yoriqlar, yer osti o‘tish joylari, quvurlar va boshqa narsalardan foydalaniladi.
    • «Havo trevogasining tugallanishi» alomatlari dushman tomonidan kutilgan xavf yoki uning hujumi barham topgach, taqdim etiladi. Xabar radio tarmoqlari, televideniya, korxonalar, transportlarning uzundan-uzoq tovushlari orqali e’lon qilinadi.
    • «Radiatsiya xavf-xatari» belgisi barcha mahalliy aloqa va axborot, joylarda esa, tovush va yorug'lik vositalari ishtirokida amalga oshiriladi.
    • «Kimyoviy trevoga» belgisi, dushman tomonidan zaharlovchi moddalar yoki bakteriologik vositalar ishlatish ehtimoli xavfi yoki mavjudligini nazorat qilish jarayoni aniqlanganda beriladi.
    • «Kimyoviy trevoga» belgisi aloqa va axborot texnik vositalari yordamida e’lon qilinadi; joylarda esa, tovush qiyqiyriqlari bilan qaytariladi. Ushbu belgi asosida zudlik bilan himoya yerto‘lalariga yashirinish, havotozalagichlar va terini himoyalash vositalarini kiyish lozim.
    • Hozirgi paytda barcha ogohlantirishlar «diqqat barchaga» murojaatidan boshlanadi. Havotozaiagichlami kiyish zarurligi shu bilan ifodalanadiki, «kimyoviy trevoga» paytida zaharlovchi kimyoviy moddalar va bakteriologik vositalar uchun talab bitta boladi.
    • Himoya vositalari echishda esayotgan shamol yo‘nalishiga teskari tomonga yurib, chiqiladi.
    • Korxonalarda sharoitga va ma'muriyat ko'rsatmalariga binoan, ish jarayoni davom etaveradi. Mazkur hollarda ishchilar va xizmatchilar albatta himoya vositalaridan foydalanishlari shart

    E`tiboringiz uchun rahmat!


    Download 84.16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling