173
GLOSSARIY
Akkreditatsiya to„g„risida guvohnoma - Markaziy bankning Vakolatxona
akkreditatsiyalangani va ro‗yxatdan o‗tganini tasdiqlovchi yozma hujjati.
Akkreditiv (lot. accredo - ishonaman) –
pul hisob-kitob hujjati; bank
majburiyati. 1) tomonlar o‗rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladigan
hisob-kitob turi bo‗lib, unga ko‗ra qarz beruvchi (kreditor) belgilangan muddatlarda,
kelishilgan shartlar asosida kelishuvda ko‗rsatilgan bank orqali o‗ziga tegishli
to‗lovlarni
olib boradi; 2) jamg‗arma bankining aholiga ko‗rsatiladigan xizmat
turlaridan biri; bank bo‗limining tegishli bir shaxsga ma‘lum miqdordagi so‗mlarga
beradigan buyrug‗i, maxsus blank vositasida amalga oshiriladi.
Bulardan tashqari
akkreditiv turli shaxslarga joylashgan korxonalarning mulkiy munosabatlarida,
xalqaro hisob-kitoblarida keng qo‗llaniladi.
Aksept (lat. acceptus – rozilik berilgan) – 1) pul, hisob-kitob, tovar hujjatlarini
yoki tovar haqini to‗lashga rozilik berish yoki to‗lashga
kafillik; 2) taklif etilgan
shartlarda shartnoma tuzishga rozilik. Aksept yetkazib
berilgan tovarlar ichki va
xalqaro tovar-pul muomalasida ko‗rsatiladigan xizmat uchun haq to‗lash shakllaridan
biri sifatida keng qo‗llaniladi; 3) veksel, chek va boshqa qimmatbaho qog‗ozlar,
shuningdek tovar hujjatlari bo‗yicha hisob-kitob qilish shakli.
Aksiya - bu fransuzcha «action» so‗zidan olingan bo‗lib, u aksiyadorlik
jamiyatining ustav fondiga muayyan hissa qo‗shganligini
guvohlik beruvchi, uning
egasiga foydaning bir qismini olish va odatda ushbu jamiyatini boshqarishda ishtirok
etish huquqini beruvchi qimmatli qog‗ozdir.
Aktiv pul oboroti - bu to‗lov jarayonlarida bevosita ishtirok etayotgan
harakatdagi pul massasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: