Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
-rasm. Elektron to„lov tizimining turlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron to„lov tizimining turlari
34-rasm. Elektron to„lov tizimining turlari 30 Elektron to‗lov vositasi uning mazkur chakana to‗lovlar tizimiga mansubligini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan farqlovchi belgilarga (tovar belgisiga, xizmat ko‗rsatish belgilariga) ega bo‗lishi kerak. Elektron to‗lov hujjati pul-hisob-kitobga doir qog‗oz hujjat (bundan buyon matnda pul-hisob-kitob hujjati deb yuritiladi) asosida yoki elektron to‗lov vositasidan foydalangan holda tuziladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. To‗lov tizimining a‘zosi – bank to‗lov tizimidan foydalanuvchining topshirig‗iga binoan elektron to‗lovni tegishli to‗lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning operatsiya kuni mobaynida tushgan bo‗lsa, amalga oshirishi shart. To‗lov hujjati operatsiya kuni tugaganidan keyin tushgan taqdirda, to‗lov tizimining a‘zosi – bank elektron to‗lovni keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart. 30 Rasm muallif tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma‘lumotlari asosida tayyorlandi Elektron to„lov tizimining turlari Banklararo to‗lov tizimi Bankning ichki to‗lov tizimi Chakana to‗lovlar tizimi 163 To‗lov tizimi a‘zosining aybi bilan elektron to‗lov noto‗g‗ri amalga oshirilgan taqdirda, to‗lov tizimining a‘zosi mablag‗ni xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oluvchining - to‗lov tizimidan foydalanuvchining hisobvarag‗iga o‗tkazishi shart. Aks holda, to‗lovchi - to‗lov tizimidan foydalanuvchi to‗lov tizimining a‘zosidan mablag‗larni qaytarishni, shuningdek kechiktirilgan har bir kun uchun noto‗g‗ri amalga oshirilgan elektron to‗lov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin noto‗g‗ri amalga oshirilgan elektron to‗lov summasining 10 foizidan ko‗p bo‗lmagan miqdorda penya to‗lashni qonunda belgilangan tartibda talab qilish huquqiga ega. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar mexanizmining to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilishi va uning qonuniy asosda faoliyat yuritishi barcha rivojlangan davlatlar taraqqiyotining asosiy poydevori hisoblanib, davlatning iqtisodiy rivojlanishida zamonaviy to‗lov mexanizmlari muhim ahamiyat kasb etadi. Banklararo to‗lov tizimi banklar o‗rtasidagi milliy valyuta (so‗m)da elektron to‗lovlarni banklarning O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali amalga oshirish uchun mo‗ljallangan. Markaziy bankning banklararo to‗lov tizimi qo‗yidagi me‘yoriy-huqukiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi: O‗zbekiston Respublikasi "O‗zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‗g‗risida‖gi Qonuni (21.12.1995 y.) O‗zbekiston Respublikasi ―Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida‖gi Qonuni (25.04.1996 y.) O‗zbekiston Respublikasi ―Elektron to‗lovlar to‗g‗risida‖gi Qonuni (16.12.2005 y.) ―Markaziy bankning banklararo to‗lov tizimi orqali elektron to‗lovlarni amalga oshirish tartibi to‗g‗risida‖gi Nizom (14.02.2006 y.) ―O‗zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‗g‗risida‖gi Nizom (03.06.2013 y). Banklararo to‗lov tizimi O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shaxsiy mulki hisoblanadi. Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi va Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazi banklararo to‗lov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi. Banklararo to‗lov tizimining foydalanuvchilari Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazida vakillik hisobvarag‗iga ega bo‗lgan banklar va moliyaviy institutlar hisoblanadi. Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazi (keyingi o‗rinlarda — MB HKM) — bu O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasining Hisob, hisobot va hisob-kitoblar boshqarmasi bo‗limi bo‗lib, uning vazifasiga tijorat banklarining bosh ofislariga vakillik hisobvaraqlarini ochish va xizmat ko‗rsatish hamda ular o‗rtasida elektron to‗lovlarning uzluksizligini ta‘minlash kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling