Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


 Tijorat banklarida strategik rejalashtirishning konseptual asoslari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet94/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   131
 
12.3. Tijorat banklarida strategik rejalashtirishning konseptual asoslari 
 
Bugungi kunda tijorat banklarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
orqali yangi xizmatlarning joriy etilishi tufayli ish yuritish madaniyatining elektron 
ko‗rinishi shakllanmoqda, masofalar qisqarib, vaqt tejalmoqda, bank ishida iqtisodiy 
samara oshmoqda. Shuningdek, mamlakatimizda zamonaviy axborot texnologiyalari 
asosida yangi turdagi bank xizmatlarini ko‗rsatish, elektron tijorat, elektron to‗lovlar 
tizimi 
va 
ho‗jalik yurituvchi subyektlar o‗rtasida o‗zaro hisob-kitoblar 
samaradorligini oshirish uchun keng shart-sharoitlar yaratilgan. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatida zamonaviy axborot-


161 
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish KONSEPSIYaSI
28
(2016– 2018 yillar davomida) qabul qilingan bo‗lib, u O‗zbekiston Respublikasining 
―O‗zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‗g‗risida‖gi, ―Axborotlashtirish 
to‗g‗risida‖gi, ―Elektron hujjat aylanishi to‗g‗risida‖gi, ―Elektron raqamli imzo 
to‗g‗risida‖gi, ―Elektron to‗lovlar to‗g‗risida‖gi, ―Elektron tijorat to‗g‗risida‖gi, 
―Elektron hukumat to‗g‗risida‖gi va ―Garov reestri to‗g‗risida‖gi qonunlari
shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012- yil 21- martdagi 
―Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-1730-sonli, 2013- yil 27- iyundagi 
―O‗zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-1989-sonli va 2015 yil 6- maydagi 
―Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va resurs bazasini 
shakllantirishga doir chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PQ-2344-sonli qarorlari, 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005- yil 22- noyabrdagi 
―Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‗g‗risida‖gi 
256-sonli, 2006- yil 20- fevraldagi ―Davlat axborot resurslari hamda ularni 
shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‗llab-quvvatlash uchun mas‘ul bo‗lgan 
davlat organlari ro‗yxatini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 27-sonli, 2007- yil 23- avgustdagi 
―Davlat va xo‗jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar 
bilan o‗zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 
181-sonli, 2014- yil 12- iyundagi ―Garov reestri to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston 
Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida‖gi 155-sonli, 2015 yil 
15 iyuldagi ―Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‗yxatdan o‗tkazish markazlari 
faoliyatini tartibga solishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi 190-sonli, 
2015- yil 8- sentyabrdagi ―Elektron tijorat to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi 
Qonuniga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish haqida‖ 2015- yil 22- maydagi 
O‗RQ-385-son O‗zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi 256-sonli hamda 2015- yil 16 oktyabrdagi ―O‗zbekiston Respublikasi 
axborotlashtirish obyektlarida konfidensial ma‘lumotlar xavfsizligini ta‘minlash va 
tashkil etish tartibi to‗g‗risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi 295-sonli qarorlari 
hamda Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlari va Boshqaruv qarorlari 
asosida ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq qilingan. 
Bu borada, O‗zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
tashabbusi bilan ―Elektron tijorat to‗g‗risida‖gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi 
ishlab chiqildi. 2015- yil 23- mayda matbuotda ―Elektron tijorat to‗g‗risida‖gi 
O‗zbekiston Respublikasi qonuniga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish haqida‖gi 
qonun e‘lon qilindi. Mazkur qonunga asosan ―Elektron tijorat to‗g‗risida‖gi 
qonunning yangi tahriri tasdiqlandi.
29
O‗zbekistonda internet-banking dastlab 2007- yilda korporativ mijozlar uchun 
xizmat sifatida paydo bo‗lgan bo‗lib, bu xizmatni jismoniy shaxslar uchun ham joriy 
28
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy 
etish va rivojlantirish KONSEPSIYaSI. 2015- yil 15- mart 
29
O‗zbekiston Respublikasining ―Elektron tijorat to‗g‗risida‖gi qonuni, 2015 yil 23 may 


162 
qilinishi uning respublikada rivojlanishini keyingi bosqichi bo‗ldi. Aksariyat ilg‗or 
tijorat banklari «Bank-mijoz» tizimini modernizatsiyalashtirib, bugungi kunda 
elektron biznes rivojlanishining yanada istiqbolli yo‗nalishi – internet-banking bilan 
ishlamoqdalar. 
Mamlakatimizda joriy etilgan eletron to‗lov tizimini tartibga solish Elektron 
to‗lovlar to‗g‗risida‖gi Qonunga asoslanadi. Ushbu Qonunning maqsadi elektron 
to‗lovlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
Ushbu qonunga ko‗ra, texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va 
axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to‗lov hujjatlari vositasida 
naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish elektron to‗lovdir. 
Elektron to‗lovlar amalga oshirilayotganda to‗lov tizimining subyektlari 
o‗rtasida yuzaga keladigan munosabatlar majmui to‗lov tizimidir(3-rasm). 
Banklararo to‗lov tizimi banklar o‗rtasidagi elektron to‗lovlarni banklarning 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali 
amalga oshirish uchun mo‗ljallangan. 
Bankning ichki to‗lov tizimi bank filiallari va mijozlari o‗rtasida elektron 
to‗lovlarni amalga oshirish, shuningdek banklararo to‗lov tizimi bilan o‗zaro 
harakatda bo‗lish uchun mo‗ljallangan. Chakana to‗lovlar tizimi bank kartalari va 
boshqa elektron to‗lov vositalari (bundan buyon matnda elektron to‗lov vositalari deb 
yuritiladi) qo‗llanilgan holda elektron to‗lovlarni amalga oshirish uchun 
mo‗ljallangan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling