Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   131
Takrorlash uchun savollar 
 
1.Banklararo raqobat tushunchasi va uning tasnifini bering. 
2.Banklararo raqobatni baholashning qanday usullarini bilasiz? 
3.Raqobat muhitiga ta‘sir qiluvchi omillarni ko‗rsating? 
4.Moliya sanoat guruhlarining raqobatga ta‘sirini bayon qiling? 
 
Asosiy adabiyotlar 
1.Mirzayev F.I. ―Banklararo raqobat: mohiyati, shakllanishi va rivojlanish 
bosqichlari‖. –T.: ―Moliya‖, 2010 y. -258 b. 
2.Isayev A.R. ―Bankovskiy menedjment i biznes injiniring‖ –M.: INFRA –M 
2013 g.-485 s. 
3. Ioda e.V., I.R. Ukanyan I.R.―Bankovskiy menejment‖ TGTU 2010 g.-256 s. 
4. 
Nikolayeva P.T.«Bankovskiy marketing» -M.: MESI 2007 g.-412 


155 
12-bob. BANKLAR FAOLIYATINI STRATEGIK REJALASHTIRISH 
 
12.1.Tijorat banklarida strategik rejalashtirish tizimining tuzilishi. 
12.2. Tijorat banklari faoliyatini strategik rejalashtirish 
12.3.Tijorat banklarida strategik rejalashtirishning konseptual asoslari. 
 
 
12.1.Tijorat banklarida strategik rejalashtirish tizimining tuzilishi 
 
Bugungi kunda banklar tomonidan aholiga xizmat ko‗rsatish indikatorlari, 
jumladan, bank xizmatlaridan foydalanish darajasi har 100 ming (katta yoshli) 
aholiga to‗g‗ri keladigan bank muassasalari soni 49,7 tani tashkil etib (30 tadan ko‗pi 
yuqori bahoga to‗g‗ri keladi), «yuqori daraja» va har mingta katta yoshli aholiga 
to‗g‗ri keladigan jismoniy shaxs-omonatchilar hisobvarag‗i soni 1028 birlikni tashkil 
etib, bu bo‗yicha ham (1000 tadan ko‗pi) «yuqori daraja» baholariga muvofiq 
kelmoqda
24

Bank marketing faoliyatini amalga oshirishda bank xizmati ko‗rinishidagi 
maxsus mahsulot ishlab chiqaruvchi sifatida alohida ideologiya, strategiya va 
siyosatni olib borishi kerak. Marketing strategiyasi majmuini amalga oshirish 
maqsadida tijorat banki, birinchidan, ishchanlik faoliyati va rentabelligini oshirish
ikkinchidan, turli xizmat turlariga bo‗lgan talab va taklif o‗rtasidagi mutanosiblikni 
maqbullashtirish, uchinchidan, xizmat turlarini ko‗paytirish yo‗li bilan xizmatlarni 
sotib oluvchi yangi bozorlarni topish va ularni kengaytirish, to‗rtinchidan, talablar 
o‗zgarishiga ziyrak munosabat bildirish va resurslarni safarbar qilish yo‗li bilan turli 
xizmat sohalarida mijozlarni ehtiyojlarini to‗la qondirishga imkoniyat beradi.
Bank imkoniyatlarini tahlil qilishda bank faoliyatini ichki va tashqi shart-
sharoitlarini tadqiq qilish lozim. Tashqi shart-sharoitlari ancha keng bo‗lib, u 
davlatning iqtisodiy siyosatiga, iqtisodiyotni tartibga solish borasida o‗tkaziladigan 
tadbirlarga, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining nazorat qilish 
vazifasiga bog‗liqdir. Bank faoliyatining ichki shart-sharoitlari uning moliyaviy-
iqtisodiy ahvoli, taklif etilayotgan bank xizmatlari majmui tahlili, bankning kelgusida 
mamlakat bozorida o‗zini qanday tutishini baholash, rejalashtirish ahvoli, xodimlar 
malakasi darajasi, turli xil axborotlar bilan ta‘minlanganlik, marketing faoliyatining 
sifati va ko‗lami bilan belgilanadi.
Marketing faoliyati jarayonida marketing axborotlari tazimi muhim rol 
o‗ynaydi, u bozor imkoniyatlarini tahlil qilishga imkon beradi
25

Marketing axboroti tizimi quyidagi komponentlarga asoslanadi: ichki 
hisobdorlik tizimi va tashqi axborot tizimi. 
Ichki hisobdorlik tizimi ishlarining ichki ahvoli yuzasidan bankka tavsif 
berishga imkon beradi. Ichki hisobdorlik tizimi tezkor ma‘lumotlarni berish orqali 
bankning hozirgi ahvolini aks ettiradi. Hozirgi shart-sharoitlarda ichki hisobdorlik 
tizimi avtomatlashtirilgan usulda ma‘lumotlarni yig‗ish va berish tizimiga hamda 
24
cbu.uz.Markaziy bank rasmiy sayti ma‘lumoti 
25
"Bank menejmenti va marketingii".O.A Ortiqov, I.Ya.Qulliev, Toshkent TMII, 2013yy. 6-bet 


156 
axborot tarmoqlarini joriy etishga asoslanishi lozim. Ichki axborot tizimi o‗z 
manbalari sifatida buxgalteriya hisobotlari, muayyan vaqt oralig‗ida faoliyat 
yuzasidan moliyaviy hisobot, tekshiruv va taftishlar dalolatnomalari, ichki tadqiqotlar 
natijalari va h. k.dan foydalanadi. 
Marketing samaradorligini oshirish maqsadida ichki hisobdorlik tizimini 
yaratish va uni rivojlantirish zarur. Bunda kreditlar miqdori haqida axborot olish, 
depozit bazasi xolatini tahlil qilish, kredit qo‗yilmalarining rentabilligini baholash 
imkoniyatini yaratadi. 
Tashqi axborot tizimi bank rahbariyatini u faoliyat yuritayotgan muhit ahvoli 
haqida zarur axborot bilan ta‘minlashga qaratilgan. Tashqi axborot to‗plash tizimi 
bozordagi xolat, raqobatlar va mijozlar haqidagi turli ma‘lumotlarni yig‗ishga 
asoslanadi. 
Tashqi axborot quyidagi manbalarga asoslanadi:

raqobatchilarning faoliyati haqida chop etilgan yillik hisobotlar; 

ishlab chiqarish statistikasi; 

tarmoq jurnallari; 

mijozlarning shaxsiy aloqalari va boshqalar. 
Tashqi axborot tizimida raqobatchilar haqidagi axborotlar alohida o‗rin tutadi, 
chunki uni tahlil etmasdan turib bank faoliyatini rejalashtirish lozim. 
Bank xizmatlari bozorini yalpi tadqiq etish o‗z imkoniyatlarini aniqlash va 
strategik mahsulotlarni sotish, va sotuv bozorlarini tanlab olish imkoniyatini beradi. 
Shuni qayd etish lozimki, marketing faoliyatida ishni tashkil eitishning 
yagona, qolipi mavjud emas. Ammo bank marketing faoliyatining asosiy 
bosqichlarini belgilash mumkin. Ular quyidagicha:

bank xizmatining muayyan turlari bilan talab va taklif o‗rtasidagi 
mutanosiblikni ta‘minlash kerak;

mahsulot va xizmatlar yaratuvchi tuzilmalar bilan ularni iste‘mol qiluvchilar 
o‗rtasida shartnoma munosabatlarini shakllantirish talab etiladi;

bank xizmatlarini bank daromadlarini o‗sishini ta‘minlaydigan yangi bozorlar 
va yangi mijozlarni qidirib topishi lozim. 
Dasturni ishlab chiqishdan ko‗zda tutilgan maqsad – banklar xizmatini sotish 
uchun bozorni zabt etish borasida muayyan tadbirlarni o‗tkazishni tavsiya etishdan 
iborat. Bank rejasi, moliya ishlari, kadrlar bilan ishlash va mablag‗larni joylashtirish 
kabi yo‗nalishlar aks ettiriladi. Marketing dasturi bank faoliyatini bir qismi 
hisoblanadi. 
Bankning marketing dasturi – bu strategik rejaning bir qism hisoblanib, unda 
istiqbolda amalga oshiriladigan narx-navo, sotuv va tovar ishlab chiqarishning 
kelgusidagi taraqqiyotining maqbul yo‗nalishlarini belgilab beradigan tavsiyalar o‗z 
aksini topadi. 
Marketing dasturini ishlab chiqish jarayonida bank xizmatlari bozorining 
rivojlantirish borasidagi turli cheklovlar ham hisobga olinadi va bank imkoniyatlari 
aniqlanadi. Shu bilan bir qatorda bozor bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqalarni, 
mijozlarning o‗zgaruvchan ehtiyojlariga moslashish zaruriyati va bozor talablarini 
shakllanishi o‗rganiladi. Dasturni ishlab chiqishda bankning uzoq muddatli samarali 


157 
faoliyatini ta‘minlash zarur. Natijada marketing konsepsiyasi bank rejasini tuzish 
uchun yangi asos yaratadi va bankning ichki manfaatlarini hisobga olib amaliyotni 
baholashni talab etadi.
Zamonaviy bankning strategik rejalashtirish usullarini qo‗llash zarurati 
kundalik faoliyatdagi tavakkalchilik darajasining oshishi, muvaffaqiyatsizlikka ta‘sir 
etuvchi turli omillar xususiyati, boshqaruvning tashkiliy tizimi murakkablashuvi, 
barcha shart-sharoitlarni o‗ta muhim vazifalarni hal etishga qaratish zarurati bilan 
bog‗liqdir
26
.
Strategik rejalashtirish o‗zida uzoq muddatga mo‗ljallangan maqsadlar bilan 
bankning saloxiyati imkoniyatlari o‗rtasidagi mutanosiblikni vujudga keltirish va uni 
qo‗llab-quvvatlash jarayonini aks ettiradi. 
Bank strategik rejasini ishlab chiqish va joriy etish bosqichlari quyidagicha: 

birinchidan, ijrochilarning turli guruhlari o‗rtasida o‗zaro hamkorlikni 
ta‘minlaydi. Bu bankning asosiy vazifalarini hal etish imkoniyatini beradi; 

ikkinchidan, bank xizmatlarini yaratish va sotish bilan bog‗liq bo‗lgan 
ko‗p sonli tarkibiy bo‗linmalar sa‘y-harakatlarini muvofiqlashtirishga imkon beradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling