Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
-rasm. Banklararo bozorning monopollashuvi jihatdan banklararo
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.3. Banklararo raqobat muhitini shakllantiruvchi omillar va uni baholash usullari
33-rasm. Banklararo bozorning monopollashuvi jihatdan banklararo
raqobat tuzilishi. 23 Лутошкина Н.К. «Банковская конкуренция и конкурентоспособность: сущность, понятие, специфика.» // Финансi и кредит. №8, 2011. Banklararo raqobat Takomillashgan raqobat Takomillashmagan raqobat Monopolistik raqobat Олигополия Sof monopol raqobat 152 Takomillashmagan raqobatda bir yoki bir nechta subyektlar faoliyati natijasida bozorga ta‘sir o‗tkazish orqali, ya‘ni teng bo‗lmagan sharoitda raqobatning bo‗lishidir. Takomillashmagan raqobatning 3 ta asosiy shakli keltirib o‗tiladi: - Monopolistik raqobat; - Oligopoliya; - Sof monopol raqobat. 11.3. Banklararo raqobat muhitini shakllantiruvchi omillar va uni baholash usullari Xalqaro amaliyotda banklararo bozordagi raqobat muhitini baholashda bozor konsentratsiyai koeffisientidan foydalaniladi. Ushbu ko‗rsatkichning normativ darajasi 35 % ni tashkil qiladi va uni quyidagi formula orqali aniqlaymiz. BKK = Mamlakatdagi 3 ta yirik tijorat banklari tomonidan ko‗rsatiladigan xizmat turlari *100% Ushbu xizmat turining barcha tijorat banklarida ulushi Ushbu ko‗rsatkichning 35 % gacha bo‗lishi bozordagi banklararo raqobat muhiti normal va erkin bo‗ladi. Agar ushbu ko‗rsatkichning 70 % dan yuqori bo‗lishi bank xizmatlari bozorida raqobat muhitining salbiyligi va monopol xarakterga ega ekanligini ko‗rsatadi. Banklararo raqobatni quyidagi shakllarga ajratib o‗rganishimiz maqsadga muvofiq hisoblanadi: 1. Sotuvchi va xaridorlar o‗rtasidagi raqobat; 2. Individual va guruhlar o‗rtasidagi raqobat; 3. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat; 4. Baholi va nobaho raqobat; 5. Takomillashgan va takomillashmagan raqobat. Sotuvchi va xaridorlar o‗rtasidagi raqobat. Bunda banklararo raqobatda ishtirok etuvchi subyektlar nuqtai-nazaridan sotuvchi va xaridorlar raqobati yuzaga keladi. Sotuvchilar raqobati – ma‘lum xizmat turlarini belgilangan bahoda va miqdorda taklif etib yuqori foyda olishga qaratilagan turli bank xizmatlari va operatsiyalarini amalga oshiruvchi subyektlar o‗rtasidagi raqobat tushuniladi. Xaridorlar raqobati –ma‘lum xizmatlar bahosini va unga bo‗lgan talabni shakllanishiga ta‘sir qiluvchi va natijada zarur xizmatlarni arzon va foydali sharoitda xarid qilish uchun xaridorlar o‗rtasidagi bo‗ladigan raqobatga aytiladi. Individual va guruhlar o‗rtasidagi raqobat bo‗lishi banklararo raqobatda subyektlar konsentratsiya darajasiga muvofiq bo‗linishidir. Individual raqobatda bir nechta banklar va boshqa subyektlar ishtirok etib ular o‗rtasida raqobat shakllanadi. Guruhlar o‗rtasidagi raqobatda banklar uyushmalari, sindikatlari va boshqa birlashmalar ko‗rinishida o‗zaro raqobatning yuzaga kelishi hisoblanadi. Raqobatda ishtirok etuvchilarning qaysi tarmoqqa egaligi bo‗yicha tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo‗lib o‗rganamiz. Tarmoq ichidagi raqobatda bir 153 tarmoqqa tegishli subyektlar raqobatga kirishadi va bir xil xizmat va operatsiyalarini taklif etish orqali o‗zaro raqobatlashadi. Masalan, omonat qo‗yish sohasida banklar tomonida bir xil stavkada omonatlarni jalb qilish taklif etilgan bo‗lsa, u holda mijozlar ishonchli va barqaror banklar xizmatidan foydalanadi. Bank raqobatbardoshligining asosiy ko‗rsatkichlari ѐki tarkibiy qismlari quyidagilar hisoblanadi: 1. Bankning moliyaviy holati: ishonchlilik, rentabellik, likvidlilik va boshqalar. 2. Bankning strategik salohiyati – bankning barcha turdagi resurslari: moliyaviy, makonga oid, texnik-texnologik, kadrlar, tashkiliy-boshqaruv, axborot resurslaridan foydalanish samaradorligi va yetarliligi. 3. Bank xarajatlari va narxlar darajasi. 4. Mahsulot assortimenti va sifati. 5. Sotuv tarmog‗i. 6. Bank imidji. 7.Bankning korporativ madaniyati (ichki va tashqi muhit bilan o‗zaro munosabatlar). 8. Bank faoliyati muddati (bankning haѐtiylik davri bosqichi). Bankning raqobatbardoshligi o‗sishi uchun tashqi sharoitlardan foydalanish imkoniyatini aks ettiradigan ko‗rsatkichlar qatoriga, fikrimizcha, quyidagilarni kiritish mumkin: -bankning bozordagi ulushi; - tizimning o‗sish sur‘atlari; - tashqi muhit qulayligi. Bankning raqobatbardoshligi o‗sishining ichki salohiyatini aks ettiradigan ko‗rsatkichlar, bizningcha, quyidagilardir: - mijozlar kapitali (mijozlar bazasi va mijozlar bilan munosabatlarning sifati, bankning kommunikatsiya imkoniyatlari); - texnologik kapital (ichki biznes-jaraѐnlar sifati, ichki-bank texnologiyalari va menejmenti); -inson (kadrlar) kapitali (personal sifati); - raqobatbardosh mahsulot. Taklif etilaѐtgan ko‗rsatkichlar bankning raqobatbardoshligiga ta‘sir etuvchi belgilangan omillarga mos keladi. Keltirilgan omillar quyi guruhlari bank faoliyati joriy samaradorligini baholashda asosiy omillar hisoblanadi. Ularning barchasi bir-biri bilan o‗zaro aloqada bo‗ladi. Shunday qilib, har bir ko‗rsatkich uning normativ ѐki optimal qiymati tushuniladigan amaldagi va bazaviy qiymatiga ega bo‗ladi. Biz tanlab olgan ko‗rsatkichlarni baholashdan kelib chiqib, bank raqobatbardoshligini aniqlash algoritmi quyidagicha taklif etiladi: Dastlabki bosqichda raqobatbardoshligini oshirish uchun bankning tashqi imkoniyatlari aniqlanadi. Bunda barcha tashqi omillar to‗plamidan faqat bank tarmog‗i va bank faoliyati ko‗rsatkichlari orqali ifodalanishi mumkin bo‗lgan, baholanadigan va istiqbollari baholanishi mumkin bo‗lgan 154 omillargina tanlab olinadi. Ushbu ko‗rsatkichlarning bank raqobatbardosh-ligiga ta‘sir ko‗rsatish darajasini aniqlash uchun ekspert baholari usulidan foydalaniladi. Bank faoliyatining tashqi muhit qulayligi makroomillar va tizim omillarining ta‘siri reytingli baholash yo‗li bilan aniqlanadi. Tizimning o‗sish sur‘atlari bank sektori aktivlari va kapital darajasi bo‗yicha trend tahlili yo‗li bilan aniqlanishi mumkin. Batafsilroq baholash holatida bank bozorining har bir quyi tarmog‗i alohida ko‗rib chiqiladi va undagi o‗sish sur‘ati aniqlanadi. Agar bank faqat bank bozorining ayrim sektorlaridagina faol ishlashni rejalashtirsa, ulardagi o‗sish sur‘atlari aniqlanadi, so‗ngra ustuvor tarmoqlarning o‗rtacha o‗lchangan o‗sish sur‘ati hisoblab chiqiladi, vazn sifatida esa bank bozori u ѐki bu segmentining ustuvorligi reytingi namoѐn bo‗ladi. Raqobat samaradorligini tahlil qilish maqsadida bankning bozor ulushini bozorlar markazlashuv darajasini hisobga olgan holda, bank mahsulotlari barcha bozorlari bo‗yicha birgalikda mutlaq va nisbiy ifodada hisoblab chiqish lozim. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling