Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet99/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   131
 
 
 


173 
GLOSSARIY 
 
Akkreditatsiya to„g„risida guvohnoma - Markaziy bankning Vakolatxona 
akkreditatsiyalangani va ro‗yxatdan o‗tganini tasdiqlovchi yozma hujjati. 
Akkreditiv (lot. accredo - ishonaman)pul hisob-kitob hujjati; bank 
majburiyati. 1) tomonlar o‗rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladigan 
hisob-kitob turi bo‗lib, unga ko‗ra qarz beruvchi (kreditor) belgilangan muddatlarda, 
kelishilgan shartlar asosida kelishuvda ko‗rsatilgan bank orqali o‗ziga tegishli 
to‗lovlarni olib boradi; 2) jamg‗arma bankining aholiga ko‗rsatiladigan xizmat 
turlaridan biri; bank bo‗limining tegishli bir shaxsga ma‘lum miqdordagi so‗mlarga 
beradigan buyrug‗i, maxsus blank vositasida amalga oshiriladi. Bulardan tashqari 
akkreditiv turli shaxslarga joylashgan korxonalarning mulkiy munosabatlarida, 
xalqaro hisob-kitoblarida keng qo‗llaniladi. 
Aksept (lat. acceptus – rozilik berilgan) – 1) pul, hisob-kitob, tovar hujjatlarini 
yoki tovar haqini to‗lashga rozilik berish yoki to‗lashga kafillik; 2) taklif etilgan 
shartlarda shartnoma tuzishga rozilik. Aksept yetkazib berilgan tovarlar ichki va 
xalqaro tovar-pul muomalasida ko‗rsatiladigan xizmat uchun haq to‗lash shakllaridan 
biri sifatida keng qo‗llaniladi; 3) veksel, chek va boshqa qimmatbaho qog‗ozlar, 
shuningdek tovar hujjatlari bo‗yicha hisob-kitob qilish shakli.
Aksiya - bu fransuzcha «action» so‗zidan olingan bo‗lib, u aksiyadorlik 
jamiyatining ustav fondiga muayyan hissa qo‗shganligini guvohlik beruvchi, uning 
egasiga foydaning bir qismini olish va odatda ushbu jamiyatini boshqarishda ishtirok 
etish huquqini beruvchi qimmatli qog‗ozdir.
Aktiv pul oboroti - bu to‗lov jarayonlarida bevosita ishtirok etayotgan 
harakatdagi pul massasidir.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling