Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


-rasm. Banklararo to„lov hujjatlarining o„tish sxemasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet96/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   131
35-rasm. Banklararo to„lov hujjatlarining o„tish sxemasi
31
Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi (keyingi o‗rinlarda — 
ABM) — amaldagi qonunchilik hamda ABM va banklar o‗rtasidagi shartnomalarga 
muvofiq banklararo to‗lov tizimining texnik, dasturiy va ekspluatasion xizmatlarini 
ta‘minlaydigan markaz. 
Banklararo to‗lov tizimining ishtirokchilari va foydalanuvchilarining huquq va 
majburiyatlari banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish va xizmat ko‗rsatish 
uchun foydalanuvchi banklarning MB HKM bilan, banklararo to‗lov tizimi orqali 
elektron to‗lovlar o‗tkazish uchun esa — ABM bilan tuzilgan ikki tomonlama 
shartnoma asosida tartibga solinadi. 
Elektron to‗lovlar banklardan faqatgina vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‗lar 
qoldig‗i doirasida amalga oshiriladi, agarda MB HKM va bank o‗rtasidagi 
shartnomada boshqa holat kelishilmagan bo‗lsa. 
Soat 9-00 dan 16-00 gacha — banklararo hisob-kitoblar bo‗yicha elektron 
to‗lov hujjatlar (keyingi o‗rinlarda — ETH)ni uzatish - qabul qilish - nazorat qilish 
vaqti. 
1) Banklar mazkur davrning har qanday vaqtida MB HKMga ETHlarni 
uzatishlari mumkin. 
2) Jo‗natishga mo‗ljallangan ETH nazoratdan o‗tadi, bankning elektron 
raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, shifrlanadi va bank telekommunikatsiya tarmog‗i 
bo‗yicha MB HKMga bundan keyingi qayta ishlashlar uchun uzatiladi. 
Coat 17-00 gacha Respublika byudjeti hamda jamg‗arib boriladigan pensiya 
tizimining tegishli hisobvaraqlariga mablag‗larni o‗tkazish bo‗yicha ETHlarni uzatish 
amalga oshiriladi. Bunda soat 16-30 gacha tijorat banklari o‗rtasidagi, soat 17-00 
gacha esa — tijorat banklaridan Markaziy bank hamda Xalq bankiga, shuningdek 
Markaziy bankdan yuborilgan ETHlarni qayta ishlanilishi yakunlanadi. 
31
Расм Марказий бакнкнинг расмий сайтидан олинган 


165 
Soat 17-00 dan ABM banklarga kunning yakunlanishi va yaroqsiz (brak) deb 
topilgan ETHlar to‗g‗risida (tashabbuskor bank va benefisiar bank bo‗yicha) 
xabarnoma jo‗natadi. 
Shundan keyin ABMda ―Kunning yakunlanishi‖ bosqichi amalga oshiriladi. 
MB HKMda quyidagilar ―Kunning yakunlanishi‖ bosqichini bajarilishining shartlari 
hisoblanadi: 
banklardan ETHni qabul qilish vaqtining tugashi; 
MB HKMga uzatilgan barcha ETH qayta ishlangan va banklarning tegishli 
vakillik hisobvaraqlarida aks ettirilgan bo‗lishi kerak. 
Banklarda ―Kunning yakunlanishi‖ bosqichining vaqti bankning ichki to‗lov 
tizimi qoidalariga muvofiq mustaqil ravishda belgilanadi. 
―Elektron raqamli imzo to‗g‗risida‖gi Qonunda Elektron raqamli imzoga 
quyidagicha ta‘rif beriladi: ―Elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur 
elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan 
holda maxsus o‗zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning 
ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‗qligini aniqlash va 
elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini 
beradigan imzo‖. 
Elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan 
tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan 
boshqa rekvizitlariga ega bo‗lgan axborot. 
Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga 
solishni O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan 
organ amalga oshiradi. 
Texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari 
xizmatlaridan foydalangan holda elektron to‗lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz 
hisob-kitoblarni amalga oshirish elektron to‗lov hisoblanadi. 
Elektron to‗lov to‗lov tizimining subyektlari o‗rtasida tuzilgan shartnomalar 
asosida to‗lov tizimining belgilangan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 
O‗zbekiston Respublikasi bank tizimida elektron to‗lovlar idoraviy me‘yoriy 
hujjatlarga asoslangan holda 1995- yildan buyon qo‗llanilib kelinmoqda. 
Bugungi kunda yurtimizda elektron to‗lov tizimining rivojlanishini 
ta‘minlashga qaratilgan mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan bo‗lib, xususan 
O‗zbekiston Respublikasining ―Axborotlashtirish to‗g‗risida‖gi, ―Elektron to‗lovlar 
to‗g‗risida‖gi, ―Elektron tijorat to‗g‗risida‖gi, ―Elektron raqamli imzo to‗g‗risida‖gi 
va boshqa qator qonunlarning qabul qilinganligi mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ajralmas qismiga aylandi. 
Respublikamiz bank tizimining bugungi kundagi yana bir yutug‗i Markaziy 
bankning Bosh axborotlashtirish markazi qoshida har bir mijozga unikal raqamlar 
beruvchi ―Bank depozitorlarining milliy axborot bazasi‖(BDMAB) tashkil etilgan. 
Bu bazaning tashkil etilishi va unda mijozlarni ro‗yxatga olish tartibi ishlab 
chiqilganligidir. 
Ushbu baza orqali bank mijozlarining har bir hisobvaraqlari bo‗yicha to‗liq 
ma‘lumotlar olish imkoniyatini beradi, bu esa bank aktivlarini sifatli boshqarishga 


166 
doir tavakkalchilikni kamaytirish imkonini beradi. 
Yaratilgan mukammal qonunchilik bazasi va zamonaviy axborot 
kommunikatsiya 
texnologiyalari 
negizida 
ko‗rilgan 
infratuzilma 
tufayli 
mamlakatimizda elektron tijorat va elektron to‗lovlar sohasi rivojlanib, ushbu sohada 
xo‗jalik yurituvchi subyektlarning faol ishtiroki kuzatilmoqda. Sohaga zamonaviy 
texnologiyalar joriy etilib, undan faol foydalanilmoqda, bank muassasalari tomonidan 
Internet tarmog‗i va mobil aloqa orqali masofadan xizmatlar ko‗rsatish imkonini 
bermoqda. 
Bank-moliya 
tizimida 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
foydalanishning o‗sib boruvchi global tendensiyasi, bank plastik kartalari 
miqdorining o‗sishi, elektron to‗lovlar va elektron tijoratning rivojlanib borishi 
barobarida mamlakatimizda elektron to‗lovlar va elektron tijorat sohasidagi 
loyihalarning amalga oshirilishi faollashmoqda. Mamlakatimiz bank-moliya 
muassasalari o‗z mijozlariga internet global tarmog‗i va mobil aloqa vositalari orqali 
masofadan turib elektron to‗lovlar, ―SMS-banking‖, ―Mobil-banking‖ kabi interaktiv 
bank xizmatlarni ko‗rsatmoqdalar.
Mamlakatimizda internet va mobil banking tizimlarining joriy etilishi bank 
uchun ham, mijoz uchun ham qo‗shimcha qulayliklar yaratdi. Endi mijoz o‗z 
hisobvarag‗i bo‗yicha bank amaliyotlarini bankka bormasdan internet orqali xohlagan 
vaqtda bajarish imkoniyatiga ega bo‗ldi. Bu esa mijozga vaqti va mablag‗ini tejash, 
manzilning uzoq-yaqinligidan qat‘i nazar bankni ixtiyoriy ravishda tanlash, o‗z 
mablag‗larini ancha tez boshqarish kabi afzalliklarni yaratadi. Natijada bunday 
qulayliklardan foydalanuvchilar soni kundan-kunga ko‗paymoqda.
Bizning fikrimizcha, bank xizmatlarining yangi turlarini joriy etish 
O‗zbekistonda bank tizimi barqarorligini ta‘minlashning ustuvor vazifalaridan biri 
bo‗lib hisoblanadi.
Zero, banklararo raqobatning kuchayishi, axborot texnologiyalarining 
rivojlanib borishi hamda zamonaviy bank xizmatlariga bo‗lgan talabning oshishi 
yangidan-yangi innovasion bank xizmatlarini keng miqyosda joriy etish zaruratini 
yuzaga keltiradi.
Respublikamizda eng ko‗p tarqalgan elektron bank xizmatlaridan biri «Bank-
mijoz» dasturiy tizimi yordamida mijoz o‗z kompyuterida modem uskunasi orqali 
bank bilan to‗lov hujjatlari almashadi, hisobvarag‗i to‗g‗risida barcha ma‘lumotlarni 
olib turadi, valyuta kursini va boshqalarni bilib turadi.
Ho‗jalik yurituvchi subyektlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlari tomonidan elektron tijorat va elektron to‗lovlar imkoniyatlaridan oqilona 
foydalanilganligi tufayli tijorat ishida hamkorlarni topish, shartnomalarni tuzish, 
tashqi bozorga tezkor chiqishda keng imkoniyatlar yaratilib, ushbu imkoniyatlar 
ularning raqobatbardoshligini oshirishda asos bo‗lib xizmat qilmoqda. O‗z navbatida, 
bunday holat milliy iqtisodiyotimizning barqarorligini ta‘minlashga xizmat qiladi. 
Umuman olganda, tijorat banklarida marketing tadqiqotlarini strategiyasini 
ishlab chiqishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida maqsadli 
yo‗nalishlarga erishish uchun davlatning ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗lgan axborot 
resurslariga 
ommaviy 
ulanishni 
ta‘minlovchi infratuzilmani rivojlantirish, 


167 
axborotlashtirish vositalari, axborot mahsulotlari va xizmatlarining monitoringi va 
tahlilini o‗tkazish, shu jumladan, axborotlashtirish sohasidagi standartlashtirish, 
sertifikatlash va lisenziyalash tizimlarini rivojlantirish lozim. 
Shuningdek, Respublikamiz bank tizimida marketing tadqiqotlarini yuritishda 
«Elektron to‗lovlar to‗g‗risida»gi va «Elektron tijorat to‗g‗risida»gi Qonunlarni ijro 
etishda yuzaga kelayotgan muammolarni ijobiy hal etish maqsadida milliy axborot 
resurslari va texnologiyalarni shakllantirish, Internetda o‗zbek tilidagi segmentni 
rivojlantirish, axborot va telekommunikatsiya xizmatlarining yangi turlarini yaratish 
hamda Internet-savdo sohasida bevosita bank mijozlariga xizmat ko‗rsatuvchi 
kadrlarni malakasini oshirish lozim. 
Banklararo raqobat shaoitlarida eng asosiy e‘tiborga ega masalalaridan biri, 
bank xizmatlari bozorida baho siyosatini to‗g‗ri tanlashdan iboratdir. Bu borada 
tijorat banklari va uning mijozlari teng manfaatdor bo‗lishi lozim. Shunday ekan, 
yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda bank xizmatlari bahosini, unga ta‘sir 
etuvchi barcha omillarni o‗rganishda marketingni ahamiyati ortib boradi.
Tijorat banklari xodimlari tarkibida marketing sohasidagi yuqori malakali 
mutaxassislarning yetishmasligi muammosi. Biz ushbu muammoning mohiyatini 
ochishda dunyodagi yetakchi xalqaro banklarining raqobat quvvatining manbalarini 
keltiramiz. Ushbu manbalar quyidagilardan iborat: 
1. 
Kapitalning yetarlilik darajasi. Har bir mamlakatda nazoratchi organlar 
tomonidan kapitallashuv darajasiga bo‗lgan talablarini o‗zgartirib turishi natijasida 
kapitallashuv darajasi past tijorat banklarining faoliyatiga to‗sqinlik qilishi mumkin; 
2. 
Aktivlarning sifati. Sifati past darajadagi tijorat banklari bank xizmatlari 
bozorida kuchli raqobatga bardosh bera olmaydi; 
3. 
Inson resurslari, tijorat banklarining boshqaruvining malakaliligi, 
tadbirkorligi va kerakli ma‘lumotga egaligi ularning bank xizmatlari bozorida oqilona 
va samarador faoliyat olib borishga imkoniyat yaratadi; 
4. 
Ma‘lumotlar, bank biznesining xususiyati juda boy ma‘lumotga ega 
bo‗lishdir. To‗plagan mavjud ma‘lumotlardan to‗g‗ri va kerakli vaqtda foydalana 
olishlik qobiliyati bank faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi; 
5. 
Moliyaviy innovatsiyalar. Innovatsiya inson kapitalining funksiyalari, 
texnologiyalar, bozorning holati, tijorat bankini tartibga solib turish va korporativ 
madaniyatidan iborat; 
6. 
Texnologiya. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, undan foydalana 
bilishlik bank xizmatlarini sifat darajasini oshirish va ular bo‗yicha to‗g‗ri qarorlar 
qabul qilishga imkoniyat yaratadi; 
Franshiza. Nomoddiy, lekin juda muhim ahamiyatga ega aktivning turi 
hisoblanadi. Uning bahosi bankning tashkil topgani, moliya bozorida rivojlanish 
tarixi, 
taklif 
etayotgan 
xizmatlari 
va 
tijorat 
bankning 
mavqei 
hamda 
raqobatbardoshlikka bog‗liq. Franshizaning bahosiga tijorat banklarining filiallari va 
mijozlar bazasi ham ta‘sir ko‗rsatadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling