Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
Tijorat banklari faoliyatini strategik rejalashtirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12.2. Tijorat banklari faoliyatini strategik rejalashtirish
Bozor sharoitlarida bank rivojlanishining asosolaridan biri bo‗lgan marketing dasturi va strategiya rejalari quyidagi izchillikda ishlab chiqiladi: bank strategiyasi maqsadlari va vazifalari aniqlanadi; real sharoitlar tahlili va istiqboli asosida ba‘zi o‗ta muhim ko‗rsatkichlarga erishish darajasi aniqlanadi; boshqaruv siyosatining turlari ishlab chiqiladi. U o‗z navbatida bank taraqqiyotining kutilgan va real darajasi o‗rtasidagi farqni eng kam darajaga keltiradi; bank faoliyatida kutilgan natijalarga erishishni ta‘minlaydigan juda samarali tadbirlarni ishlab chiqish tartibi o‗rnatiladi. Marketing dasturlari oddiy va maqsadli dasturlar bo‗lishi mumkin. Oddiy dastur bank sotuv faoliyatini barcha vazifalariga doir masalalarni hal etishga mo‗ljallangan. Maqsadli marketing dasturi alohida va maxsus vazifalarni hal etishga yo‗naltirilgan bo‗lishi mumkin. Marketing dasturlari bank mahsulotining muayyan turiga ko‗ra bank bo‗limlariga doir dasturlarga bo‗linishi mumkin. Bank mahsulotlariga tegishli dasturlar ushbu bank tomonidan o‗z mijozlariga taqdim etilayotgan bank xizmatlarining holatini ifodalaydi. Ushbu dastrularda ishlab chiqarish samaradorligini ta‘minlash va xizmatning muayyan turini sotishga yo‗naltirilgan ishlab chiqarish va tashkiliy tadbirlar majmuasi amalga oshiriladi. Bank bo‗limlarining ilgarigi dasturlarga asoslangan marketing dasturlari bank tarkibiy bo‗linmalarining sotuv harakatlarini muvofiqlashtirish va rejalashtirish uchun asos bo‗lib xizmat qiladi. Marketing strategiyasining asosiy yo‗nalishlari quyidagilardir: Diversifikatsiya strategiyasi. U bank maslahatlarining yangi turlarini yaratish, 26 И.О.Спицин, Я.О.Специн ―Банковсий маркетинг‖, Тернополь, АО ―Тарпекс‖, 1993, 240-бет. 158 bank faoliyatining yangi, uning asosiy faoliyati bilan bog‗liq bo‗lmagan sohalarga ham yoyilishini anglatadi; Segmentlash strategiyasi. Taqdim etiladigan xizmatlar bilan ta‘minlash darajasini chuqurlashtirish, eng mayda talab turlarini ham aniqlash; Integratsiya strategiyasi. U miiliy iqtisodiyotni jahon bozor makoniga uyg‗unlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog‗liqdir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling