Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy adabiyotlar 1. Qoraliyev T.M., Abdullaev Yo.A. ―Bank ishi‖ o‘quv qo‘llanma. – T.: «
- 11-bob. BANKLARARO RAQOBAT: MOHIYATI SHAKLLANISHI
- 11.1. Banklararo raqobatning iqtisodiy mazmuni va uning tashkil etilishi
Tayanch so„zlar Bank-Mijoz.Internet-banking. SMS-banking. Mobayl banking. Plastik kartochka. Tijorat bankining mijozlari bozori Nazorat uchun savollar 1. Bank marketingining moxiyati nimadan iborat? 2. Bank mahsuloti nima? 3. .«Marketing» nimani anglatadi? 4. Tovar nima? 5. Bozor nima? 6. Bozorning qanday turlari mavjud? Asosiy adabiyotlar 1. Qoraliyev T.M., Abdullaev Yo.A. ―Bank ishi‖ o‘quv qo‘llanma. – T.: «IQTISOD-MOLIYa», 2009. – 580 2. Lavrushin O.I. ―Bankovskiy menedjment‖ Uchebnik F i S, 2009 g. .-560 s. 3. Zayseyva I.G. ―Bankovskiy marketing‖ Sankt Peterburg 2009 g.-236 s. 4. Isayev A.R. ―Bankovskiy menedjment i biznes injiniring‖ –M.: INFRA –M 2013 g.-485 s. 148 11-bob. BANKLARARO RAQOBAT: MOHIYATI SHAKLLANISHI 11.1. Banklararo raqobatning iqtisodiy mazmuni va uning tashkil etilishi 11.2. Banklararo raqobatning asosiy shakllari va uning tasnifi 11.3. Banklararo raqobat muhitini shakllantiruvchi omillar va uni baholash usullari 11.1. Banklararo raqobatning iqtisodiy mazmuni va uning tashkil etilishi Tijorat banklari raqobatbardoshligini marketing konsepsiyasiga tayangan holda oshirish nuqtai nazaridan bank raqobatini uning xizmatlari bozorida oshirish mumkin. Raqobat kurashi tizimsizdek tuyulsa-da, bozor qatnashchilarining manfaatlarini himoya qilish borasida ma‘lum bir strategiyaga asoslanadi. Raqobat to‗g‗risida aniq tasavvurga ega bo‗lish uchun avvalo «raqobat» tushunchasi haqida to‗xtalib o‗tish lozim. Eslatib o‗tish joizki, uzoq vaqt davomida «raqobat» tushunchasi bitta maqsadni – maksimal foyda olishdan manfaatdor bo‗lgan ikki va undan ortiq shaxs (raqobatchi)larning mustaqil raqiblik kurashini anglatib kelgan. Raqobat qator muhim funksiyalarni bajaradi. Ular orasida eng asosiylari – tovar va xizmatlarning jamiyatda bozor qiymatini aniqlash va belgilash, muayyan mehnatni jamiyat uchun zarur mehnatga aylantirish hisoblanadi. Raqobat tufayli individual qiymatlarni tenglashtiri sh va mos ravishda, tashkilotni boshqarishdagi, mehnat unumdorligidagi farqlar asosida foyda hajmini differensiatsiyalash ro‗y beradi. Raqobat tarmoqlararo nuqtai nazardan o‗rtacha foyda me‘ѐrini shakllantiradi, jamiyatga kerakli tarmoqlar foydasiga kapitalning oqib o‗tishiga olib keladi. Raqobat shubhasiz, qachon, qanday va qancha tovar hamda xizmatlar taklif etish va ishlab chiqish maqsadga muvofiqligini ko‗rsatgan holda bozor foydasiga ishlaydi. «Raqobat» tushunchasi klassik va neoklassik iqtisodiy nazariyada eng muhim va hozirgi sharoitda keng foydalanilaѐtgan tushuncha bo‗lib, ko‗plab iqtisodchilarning jiddiy hamda muttasil e‘tiborini jalb etmoqda va ular tomonidan turlicha talqin etilmoqda. Raqobat muammolariga bag‗ishlangan adabiѐtlarda uni ta‘riflashga uch xil ѐndashuv mavjud. Birinchi ѐndashuv raqobatni bozordagi musobaqa sifatida tavsiflaydi. Klassik iqtisodiy nazariya uchun xos bo‗lgan ikkinchi ѐndashuv raqobatni talab va taklifni muvozanatga keltiradigan bozor mexanizmining elementi sifatida ko‗rib chiqadi. Uchinchi ѐndashuv bozorni tushunishning zamonaviy nazariyasiga asoslanadi va raqobatga tarmoq bozori turlarini belgilab beradigan toifa sifatida qaraydi. O‗zbekiston Respublikasining «Tovar bozorlarida monopolistikfaoliyatni cheklash va raqobat to‗g‗risida»gi qonuniga ko‗ra, «raqobat xo‗jalik yurituvchi subyektlarning musobaqalashuvi bo‗lib, bunda ularning mustaqil harakatlari har bir 149 subyekt tomonidan tegishli tovar bozoridagi tovarlar muomalasining umumiy shart- sharoitlariga ta‘sir ko‗rsatish imkoniyatini cheklaydi 20 ». Ushbu qonunda raqobat faqat tovar bozorlariga tegishliligi belginayapti. E‘tirof etish kerakki, mamlakatimiz qonunchiligida bank xizmatlari bozorlaridagi raqobat e‘tiborga olinmagan. Bank xizmatlari bozorida tijorat banklari o‗rtasida raqiblik qilish jaraѐni sifatida belgilanadi. Tijorat banklarining xizmatlari yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‗larini jalb qilish hamda ulardan foydalanish bilan bog‗liq faoliyat sifatida tavsiflanadi. Bank xizmatlari sifatida bank operatsiyalari va bitimlarini amalga oshirish, qimmatli qog‗ozlar bozoridagi xizmatlari, moliyaviy ijara (lizing) shartnomalari, pul mablag‗larini ishonch asosida (trast) boshqarish, shuningdek, moliyaviy xarakterdagi boshqa xizmatlar ko‗rib chiqiladi. Bank xizmatlari bozorida raqobat, banklar o‗rtasidagi musobaqa, raqiblik kurashi bo‗lib, bunda, banklarning mustaqil harakatlari ulardan har birining bank xizmatlarini taqdim etishning umumiy shartlariga bir tomonlama ta‘sir ko‗rsatish imkoniyatini chegaralaydi. Bank xizmatlari bozorida raqobatni o‗rganishda uning o‗ziga xosliklarini ochib beradigan quyidagi asosiy tushunchalarni aniqlashtirib olish zarur: Raqobat sohasini bank xizmatlari sohasi, mahsulot (xizmat) turlari va raqobatchilarning mustaqil raqiblik qilishi amalga oshiriladigan bozorlar ifodalaydi. Bank xizmatlari bozorida raqobat predmeti, tijorat banklari o‗rtasida mijozlar hurmatini qozonish va ularni bank xizmatlaridan foydalanishga bo‗lgan ehtiѐjini qondirish hisoblanadi. Raqobat predmetini torroq ma‘noda tushunish xuddi shunday xizmatlar ѐki ularning o‗rnini bosadigan xizmatlar ko‗rsatuvchi raqobatchilarni aniqlashga, kengroq ma‘noda tushunish esa raqobatchilar to‗plamining ham kengroq bo‗lishiga olib keladi – bunda, ushbu xizmatga ehtiѐjni u ѐki bu darajada qondirishi ѐki uni «boshqa» ehtiѐjga «o‗tkazishi», iste‘molchining haѐt faoliyatidan umuman chiqarib tashlashi mumkin bo‗lgan hamma ishtirok etadi. Bank xizmatlari bozorida raqobat obyekti bank xizmatlari iste‘molchisi – mijoz hisoblanadi va bu holatda u tanlash imkoniga ega bo‗ladi. Bank raqobatining mohiyati bozorda bank xizmatlarining eng muhim xususiyati – uning raqobatbardoshligi bilan eng aniq ifodalanadi. Tijorat banklarining raqobatbardoshligi banklararo raqobatning kuchayishi sharoitida bank boshqaruvining dolzarb maqsadiga aylanmoqda 21 . Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling