10.3.Tijorat banklari tomonidan ko‟rsatiladigan an‟anaviy va noan‟aviy
xizmat turlari
Bank axborot tizimlarining barchasini fayl-server yoki mijoz-server
texnologiyasi asosida ishlab chikilgan ikkita katta guruxga bo‘lish mumkin. Mijoz-
server texnologiyasi aslida andozaga aylanib kolgan. U axborot ishlash tezligining
yuqoriligi, bu tezlik foydalanuvchilar soniga va ishlanadigan ma‘lumotlar hajmiga
uncha bog‘lik emasligi; axborotni himoyalash imkoniyatlari rivojlanganligi,
ma‘lumotlarni tanlab olish va taxlil qilish jixatidan moslashuvchanligi kabi
afzalliklariga ega. Lekin shuni ham ta‘kidlash kerakki, bunday texnologiyadan
foydalanish kredit tashkilotining apparat-texnika jixatidan ta‘minlanishiga, avvalo,
ma‘lumotlarni ishlashda ko‘llanadigan server va tarmokli uskunalarga bog‘lik. Mijoz-
server
tizimi
afzalliklari
bir
vaktning
o‘zida ishlaydigan ko‘p sonli
foydalanuvchilarning katta hajmli axborot bilan ishlay olishida namoyon bo‘ladi.
Bundan tashqari, tijorat banklari mustaqilligini oshirish orqali banklar
tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish hamda ularning bozor
iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqan holda faoliyat yuritishlari uchun shart-sharoitlar
yaratish;
* hududlarni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturlar doirasida yangi
ish o‘rinlarini yaratish, qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish
bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirish;
* bank tizimi barqarorligi va banklarning investitsiya faolligini oshirish uchun
ishonchli resurs bazasini ta‘minlash maqsadida aholi va yuridik shaxslarning
mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga jalb qilishni yanada kengaytirish;
* eng muhimi, qishloq joylaridagi aholiga bank xizmatlaridan foydalanishda
qulayliklar yaratish, bank infratuzilmalari va ko‘rsatilayotgan zamonaviy xizmatlar
turini kengaytirish bank tizimining ustuvor vazifalari bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |