Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
Plastik kartochkalar va ularni qo‟llash zaruriyati
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32-rasm. Plastik kartalarning funktsional belgilariga ko‟ra turlarini 19 .
10.4. Plastik kartochkalar va ularni qo‟llash zaruriyati Plastik kartalar deganda turli xil maqsadlarga mo‘ljalangan kartalarning yig‘indisi tushuniladi. Plastik kartalar vositasida aholi savdo shoxobchalaridan iste‘mol tovarlari xarid qilishi, kommunal to‘lovlarni to‘lashi mumkin. Plastik karta yo‘l chiptasi yoki 146 kompyuterga kirish imkonini beruvchi vosita vazifasini o‘tashi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, plastik kartalar turli maqsadlarga mo‘ljallangan instrument hisoblanadi. 32-rasm. Plastik kartalarning funktsional belgilariga ko‟ra turlarini 19 . Plastik karta pul muomalasi sohasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish vositasi hisoblanadi. 33-rasm. Plastik kartochkalarning boshqa turlari. Kreditli kartalarda karta egasiga tijorat banki tomonidan ssuda hisobqarami ochiladi va uning kredit to‘loviga layoqatliligidan kelib chiqqan holda kreditlash limiti o‘rnatiladi. 10.5. Internet banking xizmatlari Masofaviy bank xizmatlarining quyidagi turlari mavjud: Bank-Mijoz – bu kompyuter orqali amalga oshiriladigan tizim bo‘lib, bunda mijozning kompyuteriga maxsus dastur o‘rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda 19 Muallif tomonidan tuzilgan. xotira kartalari; smart kartlar; supersmart- kartlar magnitli kartalar Plastik kartalarning ishlash rejimiga ko‘ra turlari Plastik kartalarning qo‘llash mexanizmiga ko‘ra turlari Of-line rejimidagi kartalar On-line rejimidagi kartalar Debetli kartalar. Kreditli kartalar. 147 barcha mijoz ma‘lumotlarni saqlaydi (asosan to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar). Bank va mijozning kompyuteri o‘rtasida modem orqali to‘g‘ridan- to‘g‘ri aloqa amalga oshiriladi. Internet-banking – bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan plastik kartalarga ochilgan hisobqaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning masofadan bank bilan bog‘langan holda real vaqt davomida to‘lovlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizimdir. SMS-banking – bu bank mijozlarga ularning depozit hisobvaraqlaridagi hamda plastik kartalarga ochilgan hisobqaraqlaridagi operatsiyalar haqida SMS ko‘rinishdagi ma‘lumotlarni olish tizimidir. hisobvaraq balansi kun davomida o‘tkazilgan bank operatsiyalari haqida operativ ma‘lumot olish. Mobayl banking. Zamonaviy talablarga hozirda mavjud texnologiyalardan qaysi biri javob berishi mumkin va mobil banking modellarining qaysi biri afzal, degan savol tug‘iladi. Ko‘pchilik ekspertlar WAP-banking modelini mijozlar uchun afzalligini e‘tirof etishadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling