Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet83/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131
 
Tayanch so„z va iboralar. 
Mijoz. Xizmat. Operatsiya. Mahsulot. Yirik mijoz. Shartnoma.Chakana
xizmat. Yuridik shaxs. Korporativ mijoz. VIP mijoz. Reklama 
Nazorat uchun savollar. 
1. Bank xizmatlari tushunchasi? 
2. Bank xizmatlariga bo‗lgan talabni shakllantiruvchi omillar? 
3. Bank mahsuloti va uning tuzilishi? 
4.Mijozlarni guruhlarga ajratish mezonlari? 
5. Yoshiga nisbatan mijozlarni guruhlarga ajratishni bayon qiling? 
6. Mijozlari bozorini tasniflanishini keltiring? 
7. Mijozlarni tasniflashning ahamiyatini bayon qiling? 
Asosiy adabiyotlar
 
1. Mirzayev F.I. ―Banklararo raqobat: mohiyati, shakllanishi va rivojlanish 
bosqichlari‖ T: ―Moliya‖, 2010 y. -258 b. 
2. Ioda e.V., I.R. Ukanyan I.R.―Bankovskiy menejment‖ TGTU 2010 g.-256 s. 
3. Nikolayeva P.T.«Bankovskiy marketing» M: MESI 2007 g.-412 s. 
4. Rashidov O.Yu. va boshqalar. Pul, kredit va banklar. Darslik. -T.: TDIU, 
2010. -428 bet. 
5. Toymuxamedov I.R. Bank ishi. O‘quv qo‘llanma. - T.: O‘zbekiston 
Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgarmasi nashiryoti, 2005.- 185 b.  
 
 


142 
10-bob. TIJORAT BANKINING MIJOZLARI BOZORI 
 
10.1.
Tijorat bankining mijozlari bozori
10.2.Tijorat 
banklari 
tomonidan 
ko‗rsatilayotgan 
bank 
xizmatlari 
klassifikatsiyasi 
10.3.Tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan an‘anaviy va noan‘aviy xizmat 
turlari 
10.4.Plastik kartochkalar va ularni qo‘llash zaruriyati
10.5.Internet banking xizmatlari 
 
10.1. Tijorat bankining mijozlari bozori 
Har qanday holatda mijoz nafaqat bank xizmatlaridan foydalanuvchi, balki 
unga xaq to‗lovchi shaxsdir.
Bankning mijozlari bilan o‗zaro munosabatlarini tashkil etish tamoyillari: 
1. O‗zaromanfaatdorlik tamoyili: bitim ishtirokchilarining real imkoniyatlari 
asosida imtiyozlar va yengilliklar berish. 
2. To‗lov tamoyili: bank ham, mijoz ham ushbu tamoyilga to‗liq amal qilishlari 
lozim. Chunki, har biri o‗zining xizmatiga haq olishga harakat qiladi. Masalan, bank 
kredit berishi yoki maslahat berishi, shuningdek, depozitga mijozning pul qo‗yishi, 
bularning har biri ma‘lum haq evaziga amalga oshiriladi.
3. Oqilona faoliyat tamoyili: bank xizmatlaridan foydalangan mijoz ssuda 
foizini to‗laganda zarar ko‗rmasdan, balki o‗z kapitali aylanmasini uzuluksizligi va 
tezlashishini ta‘minlashi kerak. 
4. Likvidlilikni ta‘minlash tamoyili: o‗zaro munosabatga kirishgan bank to‗lov 
vositalari orqali mijozining likvidliligini ta‘minlashi shart.
5. O‗zaro majburiyatlarni olish tamoyili: qarama – qarshi tomonlar 
manfaatlarini hisobga olgan holda kelishilgan shartlarni bajarish. 
6. Ishonchli munosabatga kirishish tamoyili: kelishilgan shartlarni bajarishda 
xar ikkala tomon bir-birdan ko‗ngli to‗q bo‗lishi shart. 
7. Mas‘uliyatlilik tamoyili: kelishilgan shartlarni bajarish mas‘uliyatini olish. 
8. Aralashmaslik tamoyili: bank va mijoz bir-birining har kunlik ish 
faoliyatiga aralashmasligi kerak. 
9. Hamkorlik munosabatlari tamoyili: Mijoz, hududiy joylashuvidan qat‘iy 
nazar, hohlagan bankini tanlaydi; shuningdek, har qanday bank o‗zi hohlagan 
mijozga xizmat ko‗rsatadi. 
10. Differensiiyalanganlik tamoyili: mijozlar talabiga ko‗ra munosabatlarni 
individuallashtirishga, har bir mijozning spesifik xususiyatlaridan kelib chiqishga 
harakat qilishlari lozim. 
Bank mijozlari tasnifi: 
1. Huquqiy maqomiga ko‗ra: yuridik va jismoniy shaxslar. 
Real mavjudligiga ko‗ra:
a) haqiqatda mavjud (bank bilan ish munosabatlariga kirishgan mijozlar); 
v) salohiyatli (kelajakda bank xizmatidan foydalanishi mumkin bo‗lgan 
mijozlar). 


143 
2. Hajmiga ko‗ra: yirik, o‗rta va kichik mijozlar. 
3. Bank xizmatidan foydalanishning davomiyligiga ko‗ra:
a) eski (qadrdron);
v) yangi mijozlar. 
Banklarning mijozlarga xizmat ko‗satish xususiyatiga ko‗ra: Odatdagi xizmat 
ko‗rsatiladigan va VIP mijozlar. 
Iqtisodiyotning muayyan tarmog‗iga tegishliliga ko‗ra: Nomoliyaviy (real 
ishlab chiqarish) va moliyaviy tarmoqlar). 
Shu o‗rinda ―ideal mijoz‖ tushunchasiga ta‘rif berish lozim: 
Ideal mijoz yirik miqdordagi mablag‗ni uzoq muddatga, talab qilmasdan 
bankda qoldiradigan mijoz va u bankka: to‗liq ishonadigan mijoz; moliyaviy 
bozordagi ma‘lumotni to‗g‗ri qabul qilib, tahlil qila oladigan ziyoli mijoz; doimiy 
barqaror daromad manbaiga ega mijoz va sh.k. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling