Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy adabiyotlar
- 10-bob. TIJORAT BANKINING MIJOZLARI BOZORI
Tayanch so„z va iboralar. Mijoz. Xizmat. Operatsiya. Mahsulot. Yirik mijoz. Shartnoma.Chakana xizmat. Yuridik shaxs. Korporativ mijoz. VIP mijoz. Reklama Nazorat uchun savollar. 1. Bank xizmatlari tushunchasi? 2. Bank xizmatlariga bo‗lgan talabni shakllantiruvchi omillar? 3. Bank mahsuloti va uning tuzilishi? 4.Mijozlarni guruhlarga ajratish mezonlari? 5. Yoshiga nisbatan mijozlarni guruhlarga ajratishni bayon qiling? 6. Mijozlari bozorini tasniflanishini keltiring? 7. Mijozlarni tasniflashning ahamiyatini bayon qiling? Asosiy adabiyotlar 1. Mirzayev F.I. ―Banklararo raqobat: mohiyati, shakllanishi va rivojlanish bosqichlari‖ T: ―Moliya‖, 2010 y. -258 b. 2. Ioda e.V., I.R. Ukanyan I.R.―Bankovskiy menejment‖ TGTU 2010 g.-256 s. 3. Nikolayeva P.T.«Bankovskiy marketing» M: MESI 2007 g.-412 s. 4. Rashidov O.Yu. va boshqalar. Pul, kredit va banklar. Darslik. -T.: TDIU, 2010. -428 bet. 5. Toymuxamedov I.R. Bank ishi. O‘quv qo‘llanma. - T.: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgarmasi nashiryoti, 2005.- 185 b. 142 10-bob. TIJORAT BANKINING MIJOZLARI BOZORI 10.1. Tijorat bankining mijozlari bozori 10.2.Tijorat banklari tomonidan ko‗rsatilayotgan bank xizmatlari klassifikatsiyasi 10.3.Tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan an‘anaviy va noan‘aviy xizmat turlari 10.4.Plastik kartochkalar va ularni qo‘llash zaruriyati 10.5.Internet banking xizmatlari 10.1. Tijorat bankining mijozlari bozori Har qanday holatda mijoz nafaqat bank xizmatlaridan foydalanuvchi, balki unga xaq to‗lovchi shaxsdir. Bankning mijozlari bilan o‗zaro munosabatlarini tashkil etish tamoyillari: 1. O‗zaromanfaatdorlik tamoyili: bitim ishtirokchilarining real imkoniyatlari asosida imtiyozlar va yengilliklar berish. 2. To‗lov tamoyili: bank ham, mijoz ham ushbu tamoyilga to‗liq amal qilishlari lozim. Chunki, har biri o‗zining xizmatiga haq olishga harakat qiladi. Masalan, bank kredit berishi yoki maslahat berishi, shuningdek, depozitga mijozning pul qo‗yishi, bularning har biri ma‘lum haq evaziga amalga oshiriladi. 3. Oqilona faoliyat tamoyili: bank xizmatlaridan foydalangan mijoz ssuda foizini to‗laganda zarar ko‗rmasdan, balki o‗z kapitali aylanmasini uzuluksizligi va tezlashishini ta‘minlashi kerak. 4. Likvidlilikni ta‘minlash tamoyili: o‗zaro munosabatga kirishgan bank to‗lov vositalari orqali mijozining likvidliligini ta‘minlashi shart. 5. O‗zaro majburiyatlarni olish tamoyili: qarama – qarshi tomonlar manfaatlarini hisobga olgan holda kelishilgan shartlarni bajarish. 6. Ishonchli munosabatga kirishish tamoyili: kelishilgan shartlarni bajarishda xar ikkala tomon bir-birdan ko‗ngli to‗q bo‗lishi shart. 7. Mas‘uliyatlilik tamoyili: kelishilgan shartlarni bajarish mas‘uliyatini olish. 8. Aralashmaslik tamoyili: bank va mijoz bir-birining har kunlik ish faoliyatiga aralashmasligi kerak. 9. Hamkorlik munosabatlari tamoyili: Mijoz, hududiy joylashuvidan qat‘iy nazar, hohlagan bankini tanlaydi; shuningdek, har qanday bank o‗zi hohlagan mijozga xizmat ko‗rsatadi. 10. Differensiiyalanganlik tamoyili: mijozlar talabiga ko‗ra munosabatlarni individuallashtirishga, har bir mijozning spesifik xususiyatlaridan kelib chiqishga harakat qilishlari lozim. Bank mijozlari tasnifi: 1. Huquqiy maqomiga ko‗ra: yuridik va jismoniy shaxslar. Real mavjudligiga ko‗ra: a) haqiqatda mavjud (bank bilan ish munosabatlariga kirishgan mijozlar); v) salohiyatli (kelajakda bank xizmatidan foydalanishi mumkin bo‗lgan mijozlar). 143 2. Hajmiga ko‗ra: yirik, o‗rta va kichik mijozlar. 3. Bank xizmatidan foydalanishning davomiyligiga ko‗ra: a) eski (qadrdron); v) yangi mijozlar. Banklarning mijozlarga xizmat ko‗satish xususiyatiga ko‗ra: Odatdagi xizmat ko‗rsatiladigan va VIP mijozlar. Iqtisodiyotning muayyan tarmog‗iga tegishliliga ko‗ra: Nomoliyaviy (real ishlab chiqarish) va moliyaviy tarmoqlar). Shu o‗rinda ―ideal mijoz‖ tushunchasiga ta‘rif berish lozim: Ideal mijoz yirik miqdordagi mablag‗ni uzoq muddatga, talab qilmasdan bankda qoldiradigan mijoz va u bankka: to‗liq ishonadigan mijoz; moliyaviy bozordagi ma‘lumotni to‗g‗ri qabul qilib, tahlil qila oladigan ziyoli mijoz; doimiy barqaror daromad manbaiga ega mijoz va sh.k. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling