Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-bob. BANKLAR FAOLIYATINI STRATEGIK REJALASHTIRISH
Takrorlash uchun savollar
1.Banklararo raqobat tushunchasi va uning tasnifini bering. 2.Banklararo raqobatni baholashning qanday usullarini bilasiz? 3.Raqobat muhitiga ta‘sir qiluvchi omillarni ko‗rsating? 4.Moliya sanoat guruhlarining raqobatga ta‘sirini bayon qiling? Asosiy adabiyotlar 1.Mirzayev F.I. ―Banklararo raqobat: mohiyati, shakllanishi va rivojlanish bosqichlari‖. –T.: ―Moliya‖, 2010 y. -258 b. 2.Isayev A.R. ―Bankovskiy menedjment i biznes injiniring‖ –M.: INFRA –M 2013 g.-485 s. 3. Ioda e.V., I.R. Ukanyan I.R.―Bankovskiy menejment‖ TGTU 2010 g.-256 s. 4. Nikolayeva P.T.«Bankovskiy marketing» -M.: MESI 2007 g.-412 155 12-bob. BANKLAR FAOLIYATINI STRATEGIK REJALASHTIRISH 12.1.Tijorat banklarida strategik rejalashtirish tizimining tuzilishi. 12.2. Tijorat banklari faoliyatini strategik rejalashtirish 12.3.Tijorat banklarida strategik rejalashtirishning konseptual asoslari. 12.1.Tijorat banklarida strategik rejalashtirish tizimining tuzilishi Bugungi kunda banklar tomonidan aholiga xizmat ko‗rsatish indikatorlari, jumladan, bank xizmatlaridan foydalanish darajasi har 100 ming (katta yoshli) aholiga to‗g‗ri keladigan bank muassasalari soni 49,7 tani tashkil etib (30 tadan ko‗pi yuqori bahoga to‗g‗ri keladi), «yuqori daraja» va har mingta katta yoshli aholiga to‗g‗ri keladigan jismoniy shaxs-omonatchilar hisobvarag‗i soni 1028 birlikni tashkil etib, bu bo‗yicha ham (1000 tadan ko‗pi) «yuqori daraja» baholariga muvofiq kelmoqda 24 . Bank marketing faoliyatini amalga oshirishda bank xizmati ko‗rinishidagi maxsus mahsulot ishlab chiqaruvchi sifatida alohida ideologiya, strategiya va siyosatni olib borishi kerak. Marketing strategiyasi majmuini amalga oshirish maqsadida tijorat banki, birinchidan, ishchanlik faoliyati va rentabelligini oshirish, ikkinchidan, turli xizmat turlariga bo‗lgan talab va taklif o‗rtasidagi mutanosiblikni maqbullashtirish, uchinchidan, xizmat turlarini ko‗paytirish yo‗li bilan xizmatlarni sotib oluvchi yangi bozorlarni topish va ularni kengaytirish, to‗rtinchidan, talablar o‗zgarishiga ziyrak munosabat bildirish va resurslarni safarbar qilish yo‗li bilan turli xizmat sohalarida mijozlarni ehtiyojlarini to‗la qondirishga imkoniyat beradi. Bank imkoniyatlarini tahlil qilishda bank faoliyatini ichki va tashqi shart- sharoitlarini tadqiq qilish lozim. Tashqi shart-sharoitlari ancha keng bo‗lib, u davlatning iqtisodiy siyosatiga, iqtisodiyotni tartibga solish borasida o‗tkaziladigan tadbirlarga, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining nazorat qilish vazifasiga bog‗liqdir. Bank faoliyatining ichki shart-sharoitlari uning moliyaviy- iqtisodiy ahvoli, taklif etilayotgan bank xizmatlari majmui tahlili, bankning kelgusida mamlakat bozorida o‗zini qanday tutishini baholash, rejalashtirish ahvoli, xodimlar malakasi darajasi, turli xil axborotlar bilan ta‘minlanganlik, marketing faoliyatining sifati va ko‗lami bilan belgilanadi. Marketing faoliyati jarayonida marketing axborotlari tazimi muhim rol o‗ynaydi, u bozor imkoniyatlarini tahlil qilishga imkon beradi 25 . Marketing axboroti tizimi quyidagi komponentlarga asoslanadi: ichki hisobdorlik tizimi va tashqi axborot tizimi. Ichki hisobdorlik tizimi ishlarining ichki ahvoli yuzasidan bankka tavsif berishga imkon beradi. Ichki hisobdorlik tizimi tezkor ma‘lumotlarni berish orqali bankning hozirgi ahvolini aks ettiradi. Hozirgi shart-sharoitlarda ichki hisobdorlik tizimi avtomatlashtirilgan usulda ma‘lumotlarni yig‗ish va berish tizimiga hamda 24 cbu.uz.Markaziy bank rasmiy sayti ma‘lumoti 25 "Bank menejmenti va marketingii".O.A Ortiqov, I.Ya.Qulliev, Toshkent TMII, 2013yy. 6-bet 156 axborot tarmoqlarini joriy etishga asoslanishi lozim. Ichki axborot tizimi o‗z manbalari sifatida buxgalteriya hisobotlari, muayyan vaqt oralig‗ida faoliyat yuzasidan moliyaviy hisobot, tekshiruv va taftishlar dalolatnomalari, ichki tadqiqotlar natijalari va h. k.dan foydalanadi. Marketing samaradorligini oshirish maqsadida ichki hisobdorlik tizimini yaratish va uni rivojlantirish zarur. Bunda kreditlar miqdori haqida axborot olish, depozit bazasi xolatini tahlil qilish, kredit qo‗yilmalarining rentabilligini baholash imkoniyatini yaratadi. Tashqi axborot tizimi bank rahbariyatini u faoliyat yuritayotgan muhit ahvoli haqida zarur axborot bilan ta‘minlashga qaratilgan. Tashqi axborot to‗plash tizimi bozordagi xolat, raqobatlar va mijozlar haqidagi turli ma‘lumotlarni yig‗ishga asoslanadi. Tashqi axborot quyidagi manbalarga asoslanadi: raqobatchilarning faoliyati haqida chop etilgan yillik hisobotlar; ishlab chiqarish statistikasi; tarmoq jurnallari; mijozlarning shaxsiy aloqalari va boshqalar. Tashqi axborot tizimida raqobatchilar haqidagi axborotlar alohida o‗rin tutadi, chunki uni tahlil etmasdan turib bank faoliyatini rejalashtirish lozim. Bank xizmatlari bozorini yalpi tadqiq etish o‗z imkoniyatlarini aniqlash va strategik mahsulotlarni sotish, va sotuv bozorlarini tanlab olish imkoniyatini beradi. Shuni qayd etish lozimki, marketing faoliyatida ishni tashkil eitishning yagona, qolipi mavjud emas. Ammo bank marketing faoliyatining asosiy bosqichlarini belgilash mumkin. Ular quyidagicha: bank xizmatining muayyan turlari bilan talab va taklif o‗rtasidagi mutanosiblikni ta‘minlash kerak; mahsulot va xizmatlar yaratuvchi tuzilmalar bilan ularni iste‘mol qiluvchilar o‗rtasida shartnoma munosabatlarini shakllantirish talab etiladi; bank xizmatlarini bank daromadlarini o‗sishini ta‘minlaydigan yangi bozorlar va yangi mijozlarni qidirib topishi lozim. Dasturni ishlab chiqishdan ko‗zda tutilgan maqsad – banklar xizmatini sotish uchun bozorni zabt etish borasida muayyan tadbirlarni o‗tkazishni tavsiya etishdan iborat. Bank rejasi, moliya ishlari, kadrlar bilan ishlash va mablag‗larni joylashtirish kabi yo‗nalishlar aks ettiriladi. Marketing dasturi bank faoliyatini bir qismi hisoblanadi. Bankning marketing dasturi – bu strategik rejaning bir qism hisoblanib, unda istiqbolda amalga oshiriladigan narx-navo, sotuv va tovar ishlab chiqarishning kelgusidagi taraqqiyotining maqbul yo‗nalishlarini belgilab beradigan tavsiyalar o‗z aksini topadi. Marketing dasturini ishlab chiqish jarayonida bank xizmatlari bozorining rivojlantirish borasidagi turli cheklovlar ham hisobga olinadi va bank imkoniyatlari aniqlanadi. Shu bilan bir qatorda bozor bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqalarni, mijozlarning o‗zgaruvchan ehtiyojlariga moslashish zaruriyati va bozor talablarini shakllanishi o‗rganiladi. Dasturni ishlab chiqishda bankning uzoq muddatli samarali 157 faoliyatini ta‘minlash zarur. Natijada marketing konsepsiyasi bank rejasini tuzish uchun yangi asos yaratadi va bankning ichki manfaatlarini hisobga olib amaliyotni baholashni talab etadi. Zamonaviy bankning strategik rejalashtirish usullarini qo‗llash zarurati kundalik faoliyatdagi tavakkalchilik darajasining oshishi, muvaffaqiyatsizlikka ta‘sir etuvchi turli omillar xususiyati, boshqaruvning tashkiliy tizimi murakkablashuvi, barcha shart-sharoitlarni o‗ta muhim vazifalarni hal etishga qaratish zarurati bilan bog‗liqdir 26 . Strategik rejalashtirish o‗zida uzoq muddatga mo‗ljallangan maqsadlar bilan bankning saloxiyati imkoniyatlari o‗rtasidagi mutanosiblikni vujudga keltirish va uni qo‗llab-quvvatlash jarayonini aks ettiradi. Bank strategik rejasini ishlab chiqish va joriy etish bosqichlari quyidagicha: birinchidan, ijrochilarning turli guruhlari o‗rtasida o‗zaro hamkorlikni ta‘minlaydi. Bu bankning asosiy vazifalarini hal etish imkoniyatini beradi; ikkinchidan, bank xizmatlarini yaratish va sotish bilan bog‗liq bo‗lgan ko‗p sonli tarkibiy bo‗linmalar sa‘y-harakatlarini muvofiqlashtirishga imkon beradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling