Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
Tijorat banklarida strategik rejalashtirishning konseptual asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12.3. Tijorat banklarida strategik rejalashtirishning konseptual asoslari Bugungi kunda tijorat banklarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yangi xizmatlarning joriy etilishi tufayli ish yuritish madaniyatining elektron ko‗rinishi shakllanmoqda, masofalar qisqarib, vaqt tejalmoqda, bank ishida iqtisodiy samara oshmoqda. Shuningdek, mamlakatimizda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida yangi turdagi bank xizmatlarini ko‗rsatish, elektron tijorat, elektron to‗lovlar tizimi va ho‗jalik yurituvchi subyektlar o‗rtasida o‗zaro hisob-kitoblar samaradorligini oshirish uchun keng shart-sharoitlar yaratilgan. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatida zamonaviy axborot- 161 kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish KONSEPSIYaSI 28 (2016– 2018 yillar davomida) qabul qilingan bo‗lib, u O‗zbekiston Respublikasining ―O‗zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‗g‗risida‖gi, ―Axborotlashtirish to‗g‗risida‖gi, ―Elektron hujjat aylanishi to‗g‗risida‖gi, ―Elektron raqamli imzo to‗g‗risida‖gi, ―Elektron to‗lovlar to‗g‗risida‖gi, ―Elektron tijorat to‗g‗risida‖gi, ―Elektron hukumat to‗g‗risida‖gi va ―Garov reestri to‗g‗risida‖gi qonunlari, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012- yil 21- martdagi ―Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-1730-sonli, 2013- yil 27- iyundagi ―O‗zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-1989-sonli va 2015 yil 6- maydagi ―Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va resurs bazasini shakllantirishga doir chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PQ-2344-sonli qarorlari, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005- yil 22- noyabrdagi ―Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‗g‗risida‖gi 256-sonli, 2006- yil 20- fevraldagi ―Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‗llab-quvvatlash uchun mas‘ul bo‗lgan davlat organlari ro‗yxatini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 27-sonli, 2007- yil 23- avgustdagi ―Davlat va xo‗jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‗zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 181-sonli, 2014- yil 12- iyundagi ―Garov reestri to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida‖gi 155-sonli, 2015 yil 15 iyuldagi ―Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‗yxatdan o‗tkazish markazlari faoliyatini tartibga solishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi 190-sonli, 2015- yil 8- sentyabrdagi ―Elektron tijorat to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuniga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish haqida‖ 2015- yil 22- maydagi O‗RQ-385-son O‗zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 256-sonli hamda 2015- yil 16 oktyabrdagi ―O‗zbekiston Respublikasi axborotlashtirish obyektlarida konfidensial ma‘lumotlar xavfsizligini ta‘minlash va tashkil etish tartibi to‗g‗risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi 295-sonli qarorlari hamda Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlari va Boshqaruv qarorlari asosida ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq qilingan. Bu borada, O‗zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan ―Elektron tijorat to‗g‗risida‖gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi. 2015- yil 23- mayda matbuotda ―Elektron tijorat to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonuniga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish haqida‖gi qonun e‘lon qilindi. Mazkur qonunga asosan ―Elektron tijorat to‗g‗risida‖gi qonunning yangi tahriri tasdiqlandi. 29 O‗zbekistonda internet-banking dastlab 2007- yilda korporativ mijozlar uchun xizmat sifatida paydo bo‗lgan bo‗lib, bu xizmatni jismoniy shaxslar uchun ham joriy 28 O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish KONSEPSIYaSI. 2015- yil 15- mart 29 O‗zbekiston Respublikasining ―Elektron tijorat to‗g‗risida‖gi qonuni, 2015 yil 23 may 162 qilinishi uning respublikada rivojlanishini keyingi bosqichi bo‗ldi. Aksariyat ilg‗or tijorat banklari «Bank-mijoz» tizimini modernizatsiyalashtirib, bugungi kunda elektron biznes rivojlanishining yanada istiqbolli yo‗nalishi – internet-banking bilan ishlamoqdalar. Mamlakatimizda joriy etilgan eletron to‗lov tizimini tartibga solish Elektron to‗lovlar to‗g‗risida‖gi Qonunga asoslanadi. Ushbu Qonunning maqsadi elektron to‗lovlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu qonunga ko‗ra, texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to‗lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish elektron to‗lovdir. Elektron to‗lovlar amalga oshirilayotganda to‗lov tizimining subyektlari o‗rtasida yuzaga keladigan munosabatlar majmui to‗lov tizimidir(3-rasm). Banklararo to‗lov tizimi banklar o‗rtasidagi elektron to‗lovlarni banklarning O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali amalga oshirish uchun mo‗ljallangan. Bankning ichki to‗lov tizimi bank filiallari va mijozlari o‗rtasida elektron to‗lovlarni amalga oshirish, shuningdek banklararo to‗lov tizimi bilan o‗zaro harakatda bo‗lish uchun mo‗ljallangan. Chakana to‗lovlar tizimi bank kartalari va boshqa elektron to‗lov vositalari (bundan buyon matnda elektron to‗lov vositalari deb yuritiladi) qo‗llanilgan holda elektron to‗lovlarni amalga oshirish uchun mo‗ljallangan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling