Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy vositalar
- Bank aktivlari
- Bank kapitali
Analitik hisob - analitik schyotlar yordamida amalga oshiriladigan hisob.
Analitik schyotlar - sintetik schyotlardagi (sintetik schyotga qarang) ma‘lumotlarni tavsiflab, aniqlashtirib ko‗rsatuvchi schyotlar. Anderreytingning turlari- «qat‘iy majburiyatlar asosidagi» anderrayting. Bunday sharoitda anderrayter aksiyalarning butun nashrini yoki uning bir qismini qat‘iy narxlarda joylashtirish bo‗yicha qat‘iy majburiyatlarga ega bo‗ladi. Asosiy vositalar – bu moddiy ishlab chiqarish sohasida va ishlab chiqarishga taalluqli bo‗lmagan sohada uzoq muddat davomida (bir yildan ortiq) harakatda bo‗ladigan hamda ijaraga topshirilib ham foydalaniladigan moddiy aktivlardir. Audit – xo‗jalik faoliyatini tekshirish, taftish va tahlil qilish . Auditor – malaka sertifikatiga ega bo‗lgan jismoniy yoki yuridik shaxsdir Avizo – (ital. aviso)- bank, tijorat amaliyotida hisob-kitob harakatlarining bajarilganligi to‗g‗risida rasmiy xabarnoma. Bir konragent tomonidan ikkinchisiga jo‗natiladi. Avizo yordamida banklar o‗z mijozlarini hisob varaqalari bo‗yicha kirim va kredit qaydlari, hisob varaqasidagi qoldiq mablag‗lar, pul o‗tkazmalarini to‗lash, chek talabnomasi akkreditiv ochish va boshqa harakatlar to‗g‗risida xabardor qiladi. Tovar jo‗natuvchi tomonidan tovarni qabul qiluvchiga tovar jo‗natilgani haqidagi xat ham avizo deb ataladi. Bank - moliyaviy korxona bo‗lib, u vaqtincha bo‗sh bo‗lgan pul mablag‗larini 174 o‗zida saqlaydi, iqtisodiyot obyektlariga kreditlar beradi, korxonalar, muassasalar yoki alohida shaxslar bilan to‗lovlar va hisob-kitoblarda vositachilik qiladi, mamlakatning pul muomalasini tartibga solib boshqaradi. Bank aktivlari-bank balansining aktiv qismida joylashgan moddalarining sifat nuqtai nazaridan uning umumiy miqdoridagi ulushi tushuniladi. Bank kafolati - mijozning iltimosiga binoan tijorat banki tomonidan bo‗nak sifatidagi summani kontrakt shartlari bo‗yicha bajarish va kafolatlash Bank kapitali - banklarga jalb qilingan va ular tomonidan kredit hisob-kitob va boshqa operatsiyalar uchun foydalanadigan pulli kapitallar yig‗indisi, ya‘ni bankning resurslari; 2) bank kapitalining bir qismini tashkil etuvchi banklarning o‗z kapitali. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling