Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet101/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   131
Bank kredit portfeli monitoringi - bu kredit resurslarini rasional joylashtirish 
va undan samarali foydalanish hamda berilgan kreditlar va ular bo‗yicha hisoblangan 
foizlarni o‗z vaqtida undirib olishni ta‘minlashga yo‗naltirilgan bilimlar, uslublar va 
chora-tadbirlar majmuasidan iborat. 
Bank kredit siyosati – kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi risklari 
boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni 
belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlari kreditlash portfelini samarali 
boshqarishga doir ko‗rsatmalar bilan ta‘minlovchi hujjatdir. 
Bank krediti – bu moliya muassasalari(banklar, fondlar, tashkilotva 
uyushmalar) tomonidan har qanday xo‗jalik subyektlari(tadbirkorlar, korxonalar
tashkilotlar va boshqalar)ga pul shaklida ssuda tarzida beriladi. 
Bank krediti-banklar pulni uning sohiblariga foiz to‗lash sharti bilan o‗z 
qo‗lida jamlaydilar va o‗z nomidan qarzga berib, foiz olishdir. 
Bank likvidliligi- banklar majburiyatlarini o‗z vaqtida qaytara olish qobiliyati 
yoki passivlardagi majburiyatlarni qaytarish uchun aktivlarni pulga aylanish 
qobiliyatidir.
Bank passivlari-yuridik va jismoniy щaxslarning bo‗sh pul mablag‗lari, o‗z 
mablag‗lari hamda Markaziy bankning kreditlaridan tashkil topadigan , bank 
xarajatlari bilan bog‗liq operatsiyalar majmui. 
Bank riski-Markaziy bank va tijorat banklari faoliyatida moliya bozoridagi 
iqtisodiy kon‘ekturaning o‗zgarishi natijasida yuzaga keladigan zara ko‗rish havfi 
tushuniladi. 
Bank sindikati - sindisiyalashtirilgan kredit berish borasida ikki yoki undan 
ortiq banklar o‗rtasida o‗zaro kelishuv. 
Bank tizimi - yagona ma‘noga ega emas. Uni turli belgilariga qarab guruhlash 
mumkin. O‗zbekiston Respublikasi bank tizimi ikki pog‗onadan iborat. Birinchi 
pog‗ona banki-Markaziy bank, ikkinchi pog‗ona banklari tijorat banklari tizimi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling