181
Kredit siyosatining maqsadi –mijozlar ehtiyojini qondirish va qo‗shimcha
foyda olish.
Kredit siyosatining vazifasi – banklarning kredit tarkibini
yahshilash ularning
aylanishini tezlashtirish, ssudalar hajmini kengaytirish.
Kredit subyektlari – har hil bo‗lishi mumkin.
Bularga korxona, firma,
tashkilot, davlat va turli toifadagi aholi kiradi.
Kredit summasi – bu qarzga beriladigan pul birligining hajmi.
Kredit tizimi – bank va kredit muassasalari ularning kredit operatsiyalarini
bajarish uslublari, takil etishning huquqiy shakllari majmuini ifodalaydi.
Kreditga layoqatlilik - mijozning bank va bank kreditorlar oldida turgan
majburiyatlari ni o‗z vaqtida qaytirishiga tayyorligi va qodirligidir.
Kreditga qobillik – bu xo‗jalik subyektlari tomonidan kreditni o‗z vaqtida va
to‗laligicha qaytara olish qobiliyatini hamda moliyaviy ahvoliga beriladigan bahodir.
Kreditlar bo„yicha ehtimoliy yo„qotishlarni qoplash uchun zaxira - bank
kredit portfeli va balansdan tashqari mmajburiyatlarida yuzaga kelishi mumkin
bo‗lgan yoki mavjud zararlarni qoplash uchun qiymat summasini o‗zida aks
ettiradigan bankning barcha kreditlari bo‗yicha zararlarni
qoplash uchun tashkil
etilgan zaxiralar kontr-aktiv hisobvarag‗i.
Kreditlash jarayoni - kreditni rasmiylashtirish
jarayoni boshlangandan to
berilishigacha bo‗lgan jarayonni qamrab oladi.
Kreditlash obyektlari - kredit hisobidan nima tashkil qilinsa yoki kredit nimaga
yo‗naltirishsa o‗sha tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: