Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-rasm. Chiziqli model turlari
Аsosiy
g„oya va maqsadi strategiya tarkib mahorat kadrlar ish ulubi tizim 50 4.2.Bank faoliyatini boshqarishning chiziqli modeli va uning tuzilishi Chiziqli model banklarning xizmatlari, hududi, ixtisoslashuviga muvofiq, shulardan bittasi negizida shakllantiriladigan bankning tashkiliy tuzilishi hisoblanadi. Har tijorat banki uni mustaqil ravishda o‗z faoliyatidan kelib chiqib foydalanadi. Chiziqli model o‗z navbatida quyidagi turlarga bo‗linadi: - funksional model – aniq bir xizmat va mahsulotlarga yo‗naltirilgan; - divizion model – tarmoq faoliyatiga yo‗naltirilgan; - geografik model – bank mijozlari va bozorga yo‗naltirilgan. 15-rasm. Chiziqli model turlari Funksional model – bankning ko‗rsatadigan an‘anaviy xizmatlari va operatsiyalariga (kredit, depozit, hisob-kitob, kassa, valyuta, qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗liq operatsiyalari va boshqalar) muvofiq tarzda bankning tarkibiy bo‗linmalari ajralib chiqish zaruratidan kelib chiqadi. Ushbu operatsiya va xizmatlarga mos ravishda banklarda guruhlar, bo‗linmalar, boshqarma va qo‗mitalar tashkil qilinadi. Bank yangi bo‗lim va maxsus bo‗linmalarni tashkil qilish uchun zarur bino- inshoatlarga, kadrlarga va texnikaga ega bo‗lishi talab etiladi. Funksional model banklar faoliyatini tashkil etishning klassik va eng keng tarqalgan usullaridan hisoblanadi. Ammo bu omil ushbu modelning to‗g‗ri va samarali ekanligini anglatmaydi. Ekspertlarning fikriga ko‗ra bank faoliyatini tashkil etishning funksional modeli konservativ bo‗lib bozordagi o‗zgarishlarni hisobga olmasligini kamchilik sifatida ko‗rsatiladi. Bundan tashqari, banklar faoliyatining bunday tashkiliy tuzilishi banklarda yuqori malakali mutaxassislarning bo‗lishini talab qiladi. Funksional modelga muvofiq banklarning maxsus bo‗linmalarini tashkil qilishda bankning umumiy faoliyati emas, bank biznesining tanlangan strategik yo‗nalishlari olinadi. Tanlangan ushbu yo‗nalishlar qo‗yilgan maqsad va strategiya asosida amalga oshiriladi. Chiziqli modelning divizion model shaklida bank biznesining alohida faoliyat tarmoqlarini 3 ta qismga bo‗lish tavsiya etiladi. Bular tijorat faoliyati hisoblanib kredit, investision faoliyati – xalqaro investisiyalar va bankning trast operatsiyalari kiradi. Banklar faoliyatini operatsiyalari asosida tashkil etish ixtisoslashuv yoki Chiziqli model turlari funksional model divizion model geografik model 51 ma‘lum bir sho‗‘balarni tashkil qilish orqali amalga oshiriladi. Masalan, tijorat banklari qoshida lizing, ko‗chmas mulk, avtotransport, forfeyting, trast, konsalting, depozitariy, faktoring kabi bo‗linmalarni tashkil qilish orqali shakllantiriladi. Umuman, bankning o‗zida bir operatsiya va xizmatlarni ko‗rsatuvchi bo‗linma sifatida tashkil etilishi mumkin. Chiziqli modelning yana bir yangi shakli bozor geografiyasiga borib taqaladi va ko‗proq universal banklarga talluqlidir. Universal banklar turli hududlarda tashkil etilib turli bank xizmatlarini ko‗rsatadi. Bunday sharoitda banklarning boshqaruv organlari hududiy javobgarlikni o‗z zimmasiga oladi va vaziyatdan kelib chiqib bankning tarkibiy tuzilishi funksional yoki divizion shaklida tashkil etilishi mumkin. Chiziqli modelning to‗rtinchisi har bir tarmoqning xususiyatiga, mijozlarning iqtisodiy holatidan kelib chiqib shakllantiriladi. Bank mijozlari mayda, o‗rta va kichik guruhlarga ajratilib xizmatlar ko‗rsatiladi. Bu har bir bank tomonidan mustaqil belgilanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling