Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


Tijorat banklari tashkiliy tuzilishiga ta‟sir qiluvchi omillar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   131
4.4.Tijorat banklari tashkiliy tuzilishiga ta‟sir qiluvchi omillar 
 
Banklar faoliyatini tashkil etishning muhimligi va xarakteri bank oldida turgan 
aniq maqsad va vazifalardan kelib chiqadi. Bank jamg‗arma bank ko‗rinishida, 
ipoteka kreditlari instituti ko‗rinishida, trast banki, mayda kredit instituti 
ko‗rinishlarida tashkil etilishi mumkin va har bir holatda aniq imtiyozlar uning 
faoliyatidagi u yoki bu tashkiliy strukturaning shartlashuvi bo‗ladigan muhim omil 
bo‗ladi. Bank bo‗linmalarining tuzilishi uning ko‗rinishi yuzasidan o‗zgaradi deb 
aniq aytib bo‗lmaydi: bank bank bo‗lib qoladi va uning umumiy tuzilishi o‗zgarmas 
bo‗lib qoladi. 
Aksionerlik bankida (boshqa xususiy banklardan farkli ravishda) muhim rolni 
aksionerlar qiziqishlarini jamlaydigan Bank Kengashi egallaydi; ipoteka banklarida 
esa mol-mulkni baholash spesifikasi muhimrok rolga ega; investisiya banklarida esa 
loyihalarni moliyalashtirish bo‗limlari vujudga keladi; trast banklarida esa turli 
toifadagi mijozlarning mol-mulkini boshqarish bo‗limlari va hokazolar. 
Tashqi omillar quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
• ayrim bank xizmatlari kon‘yunkturasidagi o‗zgarishlar, ishbilarmonlik 
faolligining susayishi va pul bozorlaridagi murakkabliklar; 
• yangi boshqaruv tuzilmalarini tashkil etish zaruriyatini keltirib chiqaruvchi 
innovatsiyalarning, yangi bank mahsulotlarining rivojlanishi, kadrlar bilan 
ta‘minlashni kuchaytirish; 
• bank mahsulotini samarasiz taklif etish va sotish oqibatida bank 
raqobatbardoshligining yo‗qolishi; 
• axborot ta‘minoti va telekommunikatsiyalar sohasida bankni boshqarish 
jarayonida tub o‗zgarishlarni taqozo etuvchi texnologik o‗zgarishlar; 
• mijozlar farzlari, ularning bankdan ketishi, boshqa kredit institutlariga o‗tishi. 


54 
 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling