Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   131
 
 
 
 
 
 
 
18- rasm. Bank tuzilmalariga balansli yondashuvning sxemasi. 
I.Ansoff bozorlar ko‗rinishi va tovarlarning turiga ko‗ra asosiy to‗rtta 
strategiyani: bozorga chuqurroq kirib borish; bozor chegaralarini kengaytirish; yangi 
tovar ishlab chiqarish va diversifikatsiyani ajratib ko‗rsatadi
11
. BKG
12
(Boston 
Konsalting Guruhi) ning ―o‗sish-bozor ulushi‖ matrisasi asosida: hujum, mudofaa va 
chekinish strategiyalarini qo‗llash mumkin.
Hujum strategiyasi – bunda raqobat strategiyasi bo‗lib, u bozor da‘vogari 
tomonidan sotuv bozorlarini egallash kurashida qo‗llaniladi.
Front bo‗yicha hujum – bu raqobatchi korxonaning kuchsiz tomonlaridan ko‗ra 
kuchli tomonlaridan ustun kelish bo‗yicha faol harakatlar orqali uning pozisiyasiga 
(mahsulotlar, reklama, narxlar va boshqalar bo‗yicha) hujum qilish tushuniladi. Uni 
amalga oshirish uchun korxona raqobatchiga nisbatan ko‗p resurslarga hamda uzoq 
muddatga ―jang harakatlari‖ ni olib borish qobiliyatiga ega bo‗lishi kerak.
Qanot hujumi – bu raqobatchilar faoliyatining kuchsiz joylariga yo‗naltirilgan 
bo‗lib, bu joylarda ustunlikka erishish uchun asosiy kuchlar tashlanadi; u shunga 
asoslanganki, raqobatchi ko‗pincha o‗z resurslarini eng kuchli pozisiyalarni saqlab 
qolish uchun yo‗naltiradi. Masalan, sifati bo‗yicha peshqadamlik (liderlik) 
pozisiyasini saqlab turish mumkin, ayni vaqtda esa o‗z faoliyatida kuchsiz joylarga 
ega bo‗lishi mumkin (masalan, vositachilar bilan ishlashga uncha ahamiyat 
berishmaydi). Ushbu strategiya bozor da‘vogari raqobatchiga nisbatan kam 
resurslarga ega bo‗lganda, yaxshi natija berishi mumkin. U, ko‗pincha kutilmaganda 
raqobatchilarga qarshi ishlatiladi. Hujum strategiyasini qo‗llash natijasida firma 
bozorda o‗z ulushini oshirishga harakat qiladi. Bundan maqsad tajriba samarasini 
keng qo‗llash hisobiga rentabellikni oshirishdir. 
Mudofa strategiyasi – bu bozor liderining strategiyasi bo‗lib, u orqali korxona 
bozorda raqobat kurashida qo‗lga kiritgan yutuqlarni, pozisiyalarini, masalan, 
bozorda katta ulushga ega bo‗lish, mahsulot markasining obro‗sini ko‗tarish, tovar 
harakati kanallari ustidan nazoratni saqlab qolishga intiladi.
Mudofa strategiyasi – bozor lideri tomonidan o‗zining biznesini raqobatchilar 
tajovuzidan doimo himoya qilish maqsadida tanlanadigan strategiyadir. Mudofaa 
strategiyasining quyidagi turlari mavjud: pozisiyali mudofaa, qanot mudofaasi, qayta 
11
Ansoff I. Strategicheskoe upravlenie / Per.s.ang. M.: Ekonomika, 1989. S.186.
12
Boston konsalting guruhi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling