Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Iste‟molchi
O„qitish Moliyaviy resurslar Jarayonlar Strategi ya 57 hujumga o‗tish yo‗li bilan mudofaa, mobil mudofaa va qisilib kelayotgan mudofaa. M.Porter ixtisoslashishni tanlash bilan bog‗liq raqobatlashuv ustunliklarini strategiyaning uch turiga, ya‘ni xarajat/hajm strategiyasi; differensiatsiya strategiyasi va ixtisoslashuv strategiyasiga ajratgan. Xarajat/hajm strategiyasi tovar va xizmatlarni samarali hamda past narxda ishlab chiqarish imkoniyatiga asoslanadi. Tannarxning past bo‗lishi raqobatdoshlar oldida ustunlik beradi. Bu ustunlikka ko‗lam kengligi ta‘siri, to‗plangan tajriba ta‘siri va texnologik innovatsiyalar kiritilishi natijasida muvaffaq bo‗lingan iqtisod asosida erishiladi. Kompaniyaning foydasi kichik miqdorda marja bo‗lishiga qaramay, kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bog‗liqdir. Bir birlik mahsulotga nisbatan marja pasaygan holda katta hajmdagi sotuv hisobiga kompaniyaning strategiya tanlovi o‗zini oqlaydi. Differensiatsiya strategiyasi xaridorlar tomonidan darhol tan olinadigan va munosib baholanadigan tovarlar taklif qilishga asoslanadi. Differensiatsiyaning asosiy manbalari bo‗lib: tovarning so‗zsiz muvaffaqiyatga yetaklaydigan ajralib turadigan xususiyatlari va ustunliklari; taklifning savdo belgisida aks etadigan, sezilmaydigan tarkibiy qismlari; tovarning iste‘mol sharoitlari va usuliga moslashuvi; iste‘molchining alohida ehtiyojlariga moslashuvi hisoblanadi. Kompaniya foydasi uning o‗z taklifini yetarli darajada jozibali qila olishi va xaridorlar tomonidan ushbu taklifni uning raqobatchilari taklifiga nisbatan afzal deb topilishiga hamda asosiy mahsulotlar narxlariga nisbatan yuqori narx to‗lanishiga erisha olishiga bog‗liqdir. Differensiatsiya strategiyasi kompaniyaning yuqori marja va kichik miqdordagi hajmga xos bo‗lgan siyosatida hamda salmoqli marja va katta miqdordagi hajm miqdordagi hajm siyosatida namoyon bo‗ladi. Bank tizimini tahlil qilish va uning jozibadorlik darajasini aniqlashda qo‗llaniladigan yana bir uslub, avval aytib o‗tganimizdek, bu M.Porterning ―Besh raqobat kuchi‖ modelidir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling