Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining


Download 393.84 Kb.
bet51/58
Sana22.09.2023
Hajmi393.84 Kb.
#1684447
TuriУчебное пособие
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. -fayllar.org

Ratifikatsiya - shartnomalarni tasdiqlash.
Revalvatsiya - pul islohotini o‘tkazmasdan turib, pul birligini inflyasiyagacha bo‘lgan sotib olish qobiliyati va valyuta paritetini asta-sekinlik bilan tiklash. Revalvatsiyani amalga oshirishning muhim sharti - qog‘oz pullarni chiqarishni qisqartirish, tovarooborotning o‘sishini ta’minlashdir. Revalvatsiyaning boshqacha formasi qonunda ko‘rsatilgan tartibda baho masshtabini ko‘paytirishdir.
Rezident - fuqaroligi va pasport statusidan qat‘iy nazar davlat hududida bir yildan oshiq yashagan jismoniy va huquqiy shaxs tushuniladi (bu mamlakatda shtab- kvartiraga ega bo‘lgan diplomatik missiya ishchilari, harbiy personal va xalqaro tashkilotlar xodimlaridan tashqari).
Rollover kreditlar - asosiy miqdor, qo‘shimcha (marja) va komission to‘lovlardan tarkib topgan foiz stavkasini qayta ko‘rish mumkin bo‘lgan holda ssuda berish.
Savdo va taraqqiyot bo„yicha BMT Anjumani (YUNKTAD) - BMT tizimi doirasidagi maxsus muassasa.
Savdoda eng qulay sharoit yaratish rejimi - mamlakatlar o‘rtasida kelishilgan holda o‘rnatilgan savdo operatsiyalarining imtiyozli tartibi.
Sanoat taraqqiyoti bo„yicha BMT Anjumani (YUNIDO) - BMT tizimi doirasidagi maxsus muassasa.
Svop - forvard bitimi va spot sharti bo‘yicha bitim asosida amalga oshadigan turli xildagi valyuta operatsiyalari
Sindikat - monoplsitik birlashmaning kartelga nisbatan yuqoriroq shakli, bir hil ommaviy mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning birlashmasi. Sindikat Fransiya va Rossiyada keng tarqalgan. Unda ishtirok qiluvchilar mustaqillikka ega bo‘lishadi, biroq ishlab chiqarilgan mahsulot birlashmaning mahsuloti sifatida sotiladi.
Spot - bitimni imzolash paytida kontragentlar qayd etgan kurs bo‘yicha valyutani darhol etkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan kassa operatsiyalari.
Stagnatsiya - iqtisodiyotdagi turg‘unlikni anglatadi.
Sug„urta kafolati - ma’lum bonus evaziga sug‘urta kompaniyasining eksportyorlarni (kreditorlar)ga zararini qoplash haqida majburiyati.

Download 393.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling