Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining globallashuvi
Download 0.7 Mb.
|
2 Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob. BAYNALMINALLASHUV, TRANSMILLIYLASHUV VA GLOBALLASHUV JARAYONLARI
- 3.1. Baynalminallashuv va transmilliylashuv: rivojlanish tendensiyalari va uning xususiyatlari
Nazorat savollari:
Jahon iqtisodiyoti globallashuvining mohiyati nimadan iborat? Global muammolarning orasida eng muhimlarini ko‗rsatib bering. Ming yillikning global maqsad va vazifalari nimalardan iborat? Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning global iqtisodiy muammolari nimalardan iborat? Jahon iqtisodiyotini globallashuvi rivojlanishining asosiy omillarini yoritib bering. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining ob‘ektiv manbalari nimalardan iborat. Global iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari? 3-bob. BAYNALMINALLASHUV, TRANSMILLIYLASHUV VA GLOBALLASHUV JARAYONLARI Reja: Baynalminallashuv va transmilliylashuv: rivojlanish tendensiyalari va uning xususiyatlari Globallashuv - taraqqiyotning yangi tarixiy davri Jahon xo‗jaligining transmilliylashuvi 3.1. Baynalminallashuv va transmilliylashuv: rivojlanish tendensiyalari va uning xususiyatlari Jahon iqtisodiyotining baynalminallashuvi – bu xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan milliy iqtisodiyotlarning bir-biri bilan bog‗liqligi va o‗zaro to‗ldiranchuvligi degandir. Baynalminallashuv jarayonini rivojlanishi bir qator bosqichlardan iborat. Birinchi bosqich: Erkin raqobatning rivojlanishi davrida (XIX asrning ohirigacha) jahon bozori shakllandi, asosan xalqaro savdo shakldagi xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlandi. Jahon xo‗jaligining shakllanishi davrida uzviy savdo aloqalari: xom - ashyo kolonniyalari va sanoat metropoliyalari, hamda qo‗shni davlatlar o‗rtasida rivojlandi. Ikkinchi bosqich: XIX asr ohiri - XX asr boshlarida jahon xo‗jaligining asosiy qismi - jahon bozori shakllandi. Ushbu davrda davlatlar o‗rtasida savdo munosabatlari qatorida ishlab chiqarish aloqalari, kapitalni olib chiqib ketish, ko‗p turkumli moliyaviy aloqalar rivojlanadi. Iqtisodiyotning baynalminallashuvida asosiy tendensiyalardan biri kapitalning markazdan qaram va kolonial hududlarga olib chiqib ketilishi bo‗ladi. Shu tariqa, bozor iqtisodiyoti rivojlanishining ushbu davrida ―baynalminallashuv almashuv – kapital baynalminallashuvi bilan to‗ldiriladi. Uchinchi bosqich: 50-60 yillar ohirida ilmiy-texnik inqilob ta‘sirida ishlab chiqarish kuchlarining keskin o‗sishi qayd etildi. Uning ta‘siri ostida jahon iqtisodiyotining tarkibida jiddiy o‗zgarishlar ro‗y berdi. Ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiya va ixtisoslashuvining dolzarbligi oshdi. Shu tariqa, iqtisodiyotning baynalminallashuvi – jahon iqtisodiyotining rivojlanishining ma‘lum bir bosqichi bo‗lib, tarkibiga ikkita o‗zaro aloqador jarayonlarni mujassamlashtiradi: xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va rivojlanishi, hamda xalqaro ishlab chiqarishning shakllanishi. Ishlab chiqarish kuchlarining baynalminallashuvining yo‗nalishlari va asosiy shakllari quyidagilardir: milliy chegaralardan mahsulot va xizmatlarning harakati; ishchi kuchi va kapitalning xalqaro migratsiyasi; dunyoning turli hududlarida integratsiya jarayonlari. XX asrning oxirgi choragida jahon iqtisodiyotining baynalminallashuvini belgilovchi omillar qatoriga quydagilar kiradi: davlatning tabiy zaxiralari, geografik joylashuvi, ishlab chiqarish salohiyati kabi xalqaro ixtisoslashuvning asosiy omillari pasayishi; milliy mahsulotlarni sotish uchun xalq xo‗jaligi tizimlarining optimallashuvi; xalqaro mehnat taqsimotining tarmoqlararo taqsimoti singari ichki tarmoqlararo taqsimotining yanada rivojlanishi; davlatlarning iqtisodiy rivojlanishida ilmiy-texnik salohiyatining o‗rni tobora oshishi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling