Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining


Download 155.06 Kb.
bet13/46
Sana08.05.2023
Hajmi155.06 Kb.
#1445066
TuriУчебное пособие
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Globallashuvning bosqichlari
Global iqtisodiyot vujudga kelgach, bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi.
XIX asr oxiridan Birinchi jahon urushigacha bo‘lgan davr globallashuvning dastlabki bosqichiga aylandi. Ushbu uchta o‘n yillik davrida ko‘pgina milliy iqtisodiyotlarda eksport va import qilinuvchi mahsulotning ulushi bo‘yicha erishilgan daraja faqatgina yarim asrdan so‘nggina oshirildi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan iqtisodiy resurslarni yangi tez o‘sib borayotgan iqtisodiyotlarga (o‘sha vaqtda bu AQSH, Rossiya va Britaniya dominionlari) olib chiqishning katta ko‘lamlaridan (Buyuk Britaniya o‘z mamlakatiga nisbatan chet elga ko‘proq kapital kiritar edi) faqatgina ko‘p o‘n yilliklardan so‘ng oshib o‘tildi. Birinchi jahon urushidan oldin chet eldan kapital oqimi Rossiyada sanoatga investitsiyalarning yarmidan ortig‘ini ta’minlar, AQSHda ishchilarning yarmidan ortig‘i immigrantlardan tashkil topgan edi. O‘sha davrda integratsion birlashmalar mavjud bo‘lmagan (ularning o‘rnini ma‘lum darajada imperiyalar bosar edi), xalqaro iqtisodiy tashkilotlar kamsonli va zaif, TMKlar esa ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, biroq umuman olganda globallashuvning mazkur bosqichi haqida globallashuvning dastlabki to‘lqini sifatida gapirish mumkin.
Birinchi jahon urushining boshidan Ikkinchi jahon urushining oxirigacha bo‘lgan davr urushlar, inqiloblar, 1930-yillar iqtisodiy inqirozi davomida globallashuvning qisqarish bosqichi bo‘ldi. Natijada, agar Rossiyadan tovarlar eksporti 1913 yilda 1 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan bo‘lsa, 1938 yilda - atigi 0,3 mlrd dollarni tashkil qilgan. AQSHda ushbu davrda eksport 2,6 mlrd dollardan 3,1 mlrd dollargacha ortdi, lekin haqiqatda u keskin pasaydi, chunki dollar bu davrda 2,2 marta qadrsizlandi.
Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan keyingi va 1970-yillarning oxirigicha bo‘lgan davr global iqtisodiyotning tiklanish bosqichi bo‘ldi. 1950-yillarning boshidayoq jahon savdo hajmi 1913 yil darajasiga etdi, xolbuki iqtisodiy resurslarning harakati ushbu davrning faqatgina oxiriga kelib avvalgi ko‘lamga etdi. Ushbu bosqichda globallashuvning yangi to‘lqini uchun muhim shart-sharoitlar yaratildi - integratsion birlashmalar tashkil topar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning soni ko‘payar, TMKlar soni tez ortib borar edi.
1970-yillarning oxiri - 1980-yillarning boshidan 2008 yilda boshlangan jahon iqtisodiy inqiroziga qadar bo‘lgan davr globallashuvning ikkinchi to‘lqiniga aylandi. Birinchi to‘lqinning deyarli barcha rekordlaridan oshib o‘tilgan edi. Eksport va import qilinuvchi mahsulotning ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbati keskin o‘sdi, integratsion birlashmalar ko‘pgina mintaqalarda qudratli kuchga aylandi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning ahamiyati, ayniqsa kamroq rivojlangan mamlakatlar uchun keskin o‘sdi, TMKlar esa umumiy jahon YaIMning chorakdan uchdan bir qismigacha (shu jumladan, faqat o‘z xorijiy filiallarida 9%dan ortig‘ini) ishlab chiqara boshladi.
Biroq, globallashuvning yuqorida aytib o‘tilgan inqirozdan so‘ng boshlangan hozirgi bosqichi uning xarakterini yangitdan o‘zgartirmoqda. Yirik mamlakatlarda tashqi bozorga nisbatan ishonchliroq bo‘lgan ichki bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga bo‘lgan e’tibor kuchayib bormoqda. Jahonda kapitalning erkin harakatlanishi ayniqsa, kapitalni xalqaro —tushirish va ortish shohobchalari” - offshor yurisdiksiyalari tobora ko‘proq tanqidiy ko‘rib chiqilmoqda. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi yo‘lidagi to‘siqlar ko‘payib bormoqda. Ehtiyotkorlik bilan shuni oldindan aytish mumkinki, bu so‘nggi jahon iqtisodiy inqirozining oqibatidan ko‘ra ko‘proq globallashuv sur’atlari pasayishining uzoq muddatli tendensiyasi bo‘ladi. Ehtimol, globallashuv davriy (siklik) rivojlanadi va uning ikkinchi to‘lqini, ikkita jahon urushlari orasidagi davrda bo‘lganidek tislanma harakat bilan emas, balki nisbatan o‘rtacha sur’atlar bilan almashib, tugamoqda.
Tayanch so„zlar: Globallashuvning omillari, globallashuv jarayonlari, globall maqsad va vazifalar, globall muammolar, tinchlik va qurolsizlanish muammosi; ekologik muammolar; energetik muammolar; xom - ashyo muammosi; gumanitar muammolar; oziq - ovqat muammosi
Nazorat savollari:

  1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining mohiyati nimadan iborat?

  2. Global muammolarning orasida eng muhimlarini ko‘rsatib bering.

  3. Ming yillikning global maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

  4. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning global iqtisodiy muammolari nimalardan iborat?

  5. Jahon iqtisodiyotini globallashuvi rivojlanishining asosiy omillarini yoritib bering.

  6. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining ob’ektiv manbalari nimalardan iborat.

  7. Global iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari?

  1. bob. BAYNALMINALLASHUV, TRANSMILLIYLASHUV VA
    GLOBALLASHUV JARAYONLARI


Reja:

    1. Baynalminallashuv va transmilliylashuv: rivojlanish tendensiyalari va uning xususiyatlari

    2. Globallashuv - taraqqiyotning yangi tarixiy davri

    3. Jahon xo‘jaliginmg transmilliylashuvi

  1. Baynalminallashuv va transmilliylashuv: rivojlanish tendensiyalari va uning xususiyatlari

Jahon iqtisodiyotining baynalminallashuvi - bu xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan milliy iqtisodiyotlarning bir-biri bilan bog‘liqligi va o‘zaro to‘ldiranchuvligi degandir.
Baynalminallashuv jarayonini rivojlanishi bir qator bosqichlardan iborat.

Download 155.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling