Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
Qisqa xulosalar Aksiyadorlik jamiyatining foydasini taqsimlash mexanizmi muayyan harakatlar ketma-ketligini ta’minlaydi. Dividendlarni to‘lash uchun mablag‘ manbalari oddiy aksiyalar bo‘yicha jamiyatning sof foydasi, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha sof foyda, shuningdek, buning uchun maxsus tuzilgan fondlar mablag‘lari bo‘lib hisoblanadi. Dividend to‘lovlari usullarining bir necha turlari mavjud. Sobit dividend to‘lovlari (yoki barqaror dividend to‘lovlari miqdori) usuli qimmatli qog‘ozlar qiymati o‘zgarishidan qat’i nazar, uzoq vaqt 43 O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g‘risida" gi qonuni. 06.05.2014 y. 88 davomida oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlarni to‘lashga yo‘naltirilgan sof foydaning barqaror foizini nazarda tutadi. Kafolatlangan minimum va qo‘shimcha dividendlarni to‘lash usuli sobit dividendlar miqdorini muntazam ravishda to‘lashni nazarda tutadi. Qoldiq tamoyil bo‘yicha dividendlarni to‘lash usulining mohiyati shundan iboratki, dividendlar kompaniyaning barcha asosli investitsiya ehtiyojlari qondirilganidan so‘ng oxirida to‘laniladi. Dividendlarni aksiyalar bilan to‘lash metodikasida aksiyadorlar pul o‘rniga qo‘shimcha aksiyalar oladi. Jamiyat moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi, to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra va (yoki) moliyaviy yil natijalariga ko‘ra, agar ushbu Qonun va jamiyat ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, joylashtirilgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Jamiyatning moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi qarori tegishli davr tugagandan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin. Aksiyalarning har bir turi bo‘yicha dividendlar to‘lash, dividendning miqdori, uni to‘lash shakli va tartibi to‘g‘risidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi, moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda, moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarni to‘lash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilanadi. Dividendlarni to‘lash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kundan kech bo‘lmasligi lozim. Qimmatli qog‘ozlar kursi va dividendlar siyosati bir-biri bilan bog‘liq. Kurs narxi turli omillar ta’siri ostida shakllanadi. Aksiyalar kursini sun’iy ravishda tartibga solishning to‘lanadigan dividendlar miqdoriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bir qator usullari mavjud. Bunga aksiyalarni maydalash, yiriklashtirish va qayta sotib olish usullari kiradi. Download 4.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling