Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


 Imtiyozli aksiyalar va oddiy aksiyalar o‘rtasidagi asosiy farqlar


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

3. Imtiyozli aksiyalar va oddiy aksiyalar o‘rtasidagi asosiy farqlar 
va ularning reinvestitsiyalashdagi ahamiyati 
Ko‘p kompaniyalar ikki turdagi aksiyalarni chiqaradilar: oddiy va 
imtiyozli. Ularning orasidagi farq oddiy ko‘rinadi: birinchi holda, 
aksiyadorlar yig‘ilishida ovoz berish huquqi kafolatlanadi va 
dividendlarni to‘lashni kafolatlamaydi, ikkinchisida esa aksincha. 
Lekin hamma narsa oddiy emas. O‘zbekiston Respublikasi “Aksiya-
dorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risida” gi qonun imtiyozli aksiyalar oddiy holatlardan farq 
qiladigan barcha mumkin bo‘lgan vaziyatlarni tasvirlaydi. Ushbu 
farqlarni 3 guruhga bo‘lish mumkin:

dividendlarni to‘lash va to‘lamaslikdagi;

aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish va bermas-
likdagi; 

aksiyadorlik jamiyatini tugatishdagi.
Endi bularni batafsil ko‘rib chiqamiz.
1. Dividendlarni to‘lash va to‘lamaslikdagi farqliliklar. Dividendlar 
kompaniyaning daromadlarining ulushi bo‘lib, aksiyalar soniga 
bo‘linadi. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini 
himoya qilish to‘g‘risida” gi qonunning 48-moddasiga ko‘ra, 
aksiyadorlik jamiyati sof foyda va maxsus fondlardan dividendlar 
to‘laydi
48
. Sof foyda esa kompaniyaning daromadlaridan barcha 
turdagi xarajatlarni, soliqlar va boshqa qarzlarni to‘lashdan keyin 
qolgan pul summasi bo‘lib hisoblanadi. Kompaniyaning pullari juda 
ko‘p bo‘lsa, dividendlar to‘lash uchun maxsus mablag‘lar zaxiralari 
yaratiladi. 
Dividendlar miqdori o‘z navbatida kompaniya ustavida ko‘rsa-
tilgan. Bu aniq miqdor yoki sof daromaddan hisoblash formulasi 
bo‘lishi mumkin. Agar aksiyadorlik jamiyati nizomida imtiyozli 
47
Каюмов Р.И. Организация и финансирование инвестиций. Учебник для Вузов – Т. 
ТГЭУ, 2011. - 455 с. 
48
www.lex.uz 


96 
aksiyaning egasi qancha miqdorda dividend olishi ko‘rsatilmagan 
bo‘lsa, unda bu va oddiy aksiyalar bo‘yicha to‘lovlar miqdori bir xil 
bo‘ladi va direktorlar kengashi uni tasdiqlaydi, qaror oddiy aksiyalar 
egalari tomonidan qabul qilinadi. Dividendlar miqdori direktorlar 
kengashi tomonidan tasdiqlangan qiymatdan yuqori bo‘lmasligi shart. 
Biroq, shunday vaziyatlar bo‘ladiki, imtiyozli aksiyalar egalariga 
dividendlar to‘lamaydilar: kompaniya faoliyatida foyda yo‘q, buning 
barobarida dividend to‘lovi uchun maxsus mablag‘lar ham yo‘q. Jahon 
amaliyotida dividend to‘lovni to‘lamagan taqdirda aksiya egasi 
kompaniyaning barcha masalalari bo‘yicha ovoz berish huquqiga ega 
bo‘ladi. Ammo boshqa variantlar ham mumkin, masalan, aksiyalarni 
kumulyativ va konvertatsiya qilinadigan aksiyalarga aylantirishga 
imkon beradi. Kumulyativ aksiyalar, dividend bo‘yicha qarzlarni 
kompaniya nizomida ko‘rsatilgan muayyan muddatgacha to‘plab 
boradi. Dividend to‘lovlari kechiktirilgan taqdirda kumulyativ aksiya 
egalari ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi. Konvertatsiya qilingan 
aksiyalar 
esa 
kompaniya 
dividendlar 
bo‘yicha 
qarzdorlik 
to‘lanmaguncha ovoz berish huquqini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, “Jamiyat yetarli 
miqdorda foydaga ega bo‘lmagan yoki zarar ko‘rib ishlayotgan 
taqdirda, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar jamiyat tomonidan 
jamiyatning faqat shu maqsad uchun tashkil etilgan zaxira fondi 
hisobidan va ushbu fond doirasida to‘lanishi mumkin”
49

2. Aksiyadorlarning umuiy yig‘ilishida ovoz berish va bermas-
likdagi farqlilklar. Kompaniya yillik majlislaridagi aksariyat savollarga 
faqat oddiy aksiyalar egalari ovoz berishadi. Bu tamoyil oddiy: bitta 
aksiya – bitta ovoz hisoblanadi. Masalan, aksiyadorlarning yillik 
majlisidagi asosiy masalalar – yillik foydani tasdiqlash, kuzatuv 
kengashi a’zolari uchun haq to‘lash tartibi, shuningdek, kelgusi yirik 
bitimlarni tasdiqlash uchun ovoz beriladi. 
Oddiy aksiyalar egalarining huquqlari aksiyalar soniga qarab 
o‘zgaradi. Biroq, yirik kompaniyalar faoliyatini nazorat qilishni 
rejalashtirayotganda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan masala bor: 
ularning aksariyatida davlat ulushi katta qismni tashkil etadi.
49
O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya 
qilish to'g‘risida" gi qonuni. 06.05.2014 y.


97 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra ovoz beruvchi 
aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida 1 (Bir) foiziga egalik qiluvchi 
aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin 30 
(O‘ttiz) kundan kechiktirmay, agar jamiyat ustavida bundan kechroq 
muddat belgilanmagan bo‘lsa, aksiyadorlarning yillik umumiy 
yig‘ilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyat kuzatuv 
kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) bu organning 
miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar ko‘rsatishga haqli. 
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyat 
kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra uning o‘z tashabbusi asosida
taftish komissiyasining (taftishchining) yozma talabi, shuningdek 
yozma talab taqdim etilgan sanada jamiyat ovoz beruvchi aksiyala-
rining kamida 5 (Besh) foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning 
(aksiyadorlarning) yozma talabi asosida o‘tkaziladi
50

Aksiyadorlik jamiyati yoki u joylashtirgan aksiyalarning hammasi 
bo‘lib kamida 1 (Bir) foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) 
jamiyatga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’vo 
bilan jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi, direktori yoki boshqaruv 
a’zosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi ustidan sudga murojaat 
qilishga haqli. 
Minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini 
himoya qilish maqsadida jamiyatda ularning orasidan minoritar 
aksiyadorlarning qo‘mitasi tashkil etilishi mumkin.
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining vakolatiga quyidagilar kiradi: 
– aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi yoki jamiyatning kuzatuv 
kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritilayotgan yirik bitimlar va affil-
langan shaxslar bilan bitimlar tuzishga oid masalalar bo‘yicha takliflar 
tayyorlashda ishtirok etish; 
– minoritar aksiyadorlarning o‘z huquqlari va qonuniy manfaat-
larini himoya qilish bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqish; 
– qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli 
davlat organiga minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida murojaatlar kiritish; 
50
O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya 
qilish to'g‘risida" gi qonuni. 06.05.2014 y.


98 
– qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa 
masalalarni ko‘rib chiqish. 
Jamiyat bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar mazkur jamiyatga 
nisbatan affillangan shaxslar deb e’tirof etiladi. Bularning eng yorqin 
misoli bo‘lib ushbu jamiyatning 20 (Yigirma) foiz va undan ortiq foiz 
aksiyalariga egalik qiluvchi yuridik shaxs, shuningdek ushbu 
jamiyatning 20 (Yigirma) va undan ortiq foiz aksiyalariga yaqin 
qarindoshlari bilan birgalikda egalik qiluvchi jismoniy shaxs bo‘lishi 
mumkin. Affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi 
axborot, shu jumladan affillangan shaxslarning yozma bildirishlari va 
bitimlar bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning to‘liq ta’riflari hamda 
qaror qabul qilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamiyat yillik 
hisobotining bir qismi bo‘ladi. Yirik oddiy aksiya egalari kompaniyani 
boshqarish bo‘yicha har qanday qaror qabul qilishi mumkin.
Imtiyozli aksiyalar egalari bo‘lmasdan muhokama qilinmaydigan 
bir nechta mavzular mavjud. Bularning barchasi kompaniyani tugatish, 
qayta tashkil etish, Nizomning o‘zgarishi, birjada yangi aksiyalarni 
joylashtirish yoki mavjudlarini muomaladan olib tashlash bilan bog‘liq 
masalalardir. 
3. Aksiyadorlik jamiyatini tugatishdagi farqliliklar. Kompaniyani 
tugatish uchinchi farq eng oddiy. Imtiyozli aksiya egalari bankrotlik 
holatida ilgari o‘z ulushlarini oladilar. Aksiyalar sotib olinadi va ular 
uchun tugatish qiymati to‘lanadi. Xuddi shu narsa dividendlar uchun 
ham amal qiladi. Tugatish paytida to‘lanadigan dividendlar birinchi 
navbatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘lanadi. Ulardan keyin esa 
oddiy aksiya egalari o‘rtasida bo‘linadi. Agar kompaniyaning faoliya-
tiga ta’sir o‘tkazish rejalashtirilmasa va barqaror dividend daromadiga 
ehtiyoj sezilsa, bunday holda imtiyozli aksiyalarni tanlagan ma’qul. 
To‘lovlar to‘lanishi barqaror va oldindan ma’lum bo‘ladi.

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling