Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 
Nazorat savollari 
 
1. Reinvestitsiya nima va uning korxona faoliyatidagi o‘rni 
nimalardan iborat? 
2. Qayta investitsiyaning asosiy o‘ziga xos xususiyatlarini sanab 
bering. 
3. Qayta investitsiyalash koeffitsiyentini aniqlash formulasini 
izohlang. 
4. Qaysi holatlarda dividendlarni to‘lash bilan qayta moliyalash-
tirish o‘rtasidagi tanlov yuzaga kelishi mumkin? 
5. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, imtiyozli va 
oddiy aksiyalar o‘rtasidagi asosiy farqlarning reinvestitsiyalashdagi 
ahamiyati nimalarda? 
6. Kompaniyaning dividend va investitsiya siyosatlarining o‘zaro 
bog‘liqligini misollar orqali tushuntirib bering. 


105 
8- BOB. AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING DIVIDEND 
DAROMADLARINI SOLIQQA TORTISH 
 
1. O‘zbekiston Respublikasida dividendlarni soliqqa tortishning 
o‘ziga xos xususiyatlari 
Aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlarni to‘lash to‘g‘risidagi qaror 
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan direktorlar kengashi 
tavsiyasiga binoan qabul qilinadi. Shu bilan birga, yillik dividendlar 
miqdori direktorlar kengashi tomonidan tavsiya etilgan va kamroq 
to‘langan oraliqlardan ko‘p bo‘lmasligi mumkin. Agar dividend
to‘lash umumiy yig‘ilish tomonidan e’lon qilingan bo‘lsa, uni to‘lash 
majburiydir. 
Aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar qonunchilikka asosan 
soliqqa tortiladi. Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan 
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentiga to‘lanadigan dividend-
larga Soliq Kodeksning 345-moddasida nazarda tutilgan tartibda to‘lov 
manbaida soliq solinadi va bunday daromadlarni oluvchi tomonidan 
soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi
53
.
Aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar O‘zbekiston Respublikasi 
norezidenti bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasi soliq rezidentiga to‘lansa, olingan dividendlarga nisbatan 
to‘lanadigan soliq summasi uni oluvchi tomonidan olingan dividendlar 
summasidan va soliq stavkasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda 
aniqlanadi. Bunda dividend oluvchilar ushbu moddaga muvofiq 
hisoblab chiqarilgan soliq summasini daromad manbai joylashgan joy 
bo‘yicha to‘langan soliq summasiga kamaytirishga, agar O‘zbekiston 
Respublikasi xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, haqli emas. 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga binoan quyidagilar 
dividendlar deb e’tirof etiladi
54

1) yuridik shaxsning foydasini (shu jumladan imtiyozli aksiyalar 
bo‘yicha foizlar tarzidagi foydasini) ushbu yuridik shaxsning 
aksiyadoriga (ishtirokchisiga) tegishli aksiyalar (ulushlar) bo‘yicha 
53
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi. –Т.: 2019 у.
54
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi. –Т.: 2019 у.


106 
taqsimlash chog‘ida aksiyador (ishtirokchi) tomonidan olingan har 
qanday daromad; 
2) tugatish chog‘ida yuridik shaxsning aksiyadoriga (ishtirok-
chisiga) ushbu aksiyadorning (ishtirokchining) shu yuridik shaxsning 
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi miqdoridan ko‘p bo‘lgan 
qismi bo‘yicha pul yoki natura shaklidagi to‘lovlar; 
3) jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushi 
qismining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi 
hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari 
bo‘yicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini ushbu aksiyadorning 
(ishtirokchining) shu yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav 
kapitalidagi) ulushi miqdoridan ko‘p bo‘lmagan qismi bo‘yicha 
to‘lash; 
4) ushbu yuridik shaxsning o‘z kapitali (mol-mulki) hisobiga ustav 
fondi (ustav kapitali) oshgan taqdirda yuridik shaxs aksiyadorining 
(ishtirokchisining) qo‘shimcha aksiyalar qiymati (ulush nominal 
qiymatining oshishi) tarzida olingan daromadlari. 
Ushbu 
moddaning birinchi 
qismida ko‘rsatilgan 
daromadlar, 
basharti ular aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) bunday daromadni 
to‘lovchi yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) 
ulushlariga mutanosib ravishda to‘lansa, dividendlar deb e’tirof etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olinadigan, 
chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq dividendlar jumlasiga 
kiritiladigan har qanday daromadlar ham dividendlar deb e’tirof 
etiladi.
Soliq Kodeksning maqsadlari uchun xususiy korxona mulkdoriga, 
oilaviy korxona ishtirokchisiga yoki fermer xo‘jaligi boshlig‘iga 
bunday yuridik shaxslar tasarrufida qolgan foyda summasidan 
to‘lanadigan daromadlar dividendlarga tenglashtiriladi
55


Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling