Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

Qisqa xulosalar 
 
Foydani qayta investitsiyalash – bu o‘z faoliyatini kengaytiradigan 
korxonani moliyalashtirishning yanada maqbul va nisbatan arzon 
shaklidir. Korxonaning foyda taqsimoti qanchalik samarali ekanligini 
aniq ko‘rsatadigan ko‘rsatkich reinvestitsiya koeffitsiyenti bo‘lib, 
uning formulasini quyidagicha keltirish mumkin. Investorlar qayta 
investitsiyalashni rad etganda, ular uzoq muddatga rentabellikning 
minimal darajasiga erishadilar xolos, shu bilan birga investitsiya 
operatsiyalarining tashabbuskorligni, binobarin qo‘shimcha foyda 
olish imkonini yo‘qotadilar.
Qayta investitsiyalardan voz kechish faqat bir necha hollarda yuz 
berishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining asosiy maqsadi oddiy 
aksiyalarning bahosini maksimllashtirishdan iborat, menejerlar 
qarorining muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi ularning aksiyalar 
bahosiga ta’sir etishlari orqali baholanadi. Dividend siyosati 
kompaniyalar barcha ijobiy NPV ga ega investitsiya loyihalarini ular 
dividend to‘lashlari kerakmi yoki yo‘qligidan qat’i nazar qabul 
qilishlariga e’tibor qaratishi zarur. Bu juda muhim, chunki agar qarorni 
dividend to‘lashga qaratib, kompaniyaning yaxshi investitsion 
loyihasini qabul qilishiga xalal bermasligi kerak. Dividend siyosati 
moliyalashtirishning tashqi manbalari miqdorini belgilaydi va ayni 
paytda dividendlar to‘lash uchun qayta moliyalashtirishdan ajratila-
digan mablag‘lar ulushini hisoblab chiqarishga imkon beradi. 
Foydaning qanchalik katta qismi dividend to‘lashga sarflansa, shun-
chalik kam mablag‘ kompaniyani qayta moliyalashtirishga qoladi, 
shuning uchun o‘sish sur’atlari ham shunchalik pasayadi, aksiyalar 
kursining o‘sishi ham shunchalik past bo‘ladi. 
Respublikamizdagi 
aksiyadorlik 
jamiyatlarining 
aksariyat 
qismining ustav kapitalida davlat ulushi katta. Shuningdek, aksiya-
dorlik kapitalida investor-jismoniy shaxslarning ishtiroki boshqa 
mamlakatlar bilan solishtirganda eng past ko‘rsatkichga ega ekanligini
keltirishi mumkin. Emitentlarning investitsiya siyosati dividend 
siyosati bilan chambars bog‘liqdir.
Aksiyadorlik jamiyatlar investitsiya siyosatni yuritish orqali 
maksimal daromad olishga harakat qilinar ekan, bu kompaniyalarning 
yuritayotgan dividend siyosati to‘g‘ri ishlab chiqilmagan bo‘lsa, 


104 
bevosita birlamchi bozorda aksiyalarning joylashtirilishida turli xil 
qiyinchiliklarga duch keladi. Aksiyadorlik jamiyatlar dividend 
siyosatini ishlab chiqishda o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan 
holda aksiyadorlarning manfaatlarini ko‘zlashi kerak.

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling