Ish beruvchilar – xodimni ishga olish huquqi bo’lgan yuridik yoki jismoniy
shaxslar.
Ish vaqti – xodimning ijtimoiy tashkil etilgan mehnatda ishtiroki davomiyligi
me’yori; xodim bevosita o’z mehnat vazifalarini bajarishi uchun lozim bo’lgan,
qonun bilan yoki qonun asosida belgilangan vaqt.
Ish vaqti jamg’armasi - xodimlar soniga, bir xodim bir yilda o’rta hisobda
ishlab bergan kunlar soniga va ish vaqtining o’rtacha muddatiga bog’liq
Ish davri – ishlab chiqarish vaqtining bir qismi bo’lib, ish vaqtidan
foydalanish darajasini ifodalovchi ko’rsatkich.
Ish kuni – sutkaning ma’lum qismida ishchi, xizmatchinig korxonada mehnat
qiladigan, ishlab chiqarish faoliyatida band bo’ladigan vaqti.
Ish o’rni – bu ishlab chiqarish makonining bir qismi bo’lib, unda barcha asosiy
va yordamchi texnologiya uskunalari, moslamalar, ish mebellari va maxsus
qurilmalar joylashgan va ular muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun mo’ljallangan
bo’ladi.
Ish haqi – bu, yollanma xodim daromadining elementi, unga tegishli ishchi
kuchiga bo’lgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqarish shaklidir.
U mehnatning pul shaklidagi narxi bo’lib, uni ishga yollaganlar mehnat qiluvchilarga
ma’lum vaqt mobaynida, ma’lum miqdordagi va muayyan sifatli ishni bajarganliklari
uchun to’laydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |