Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

Auditni  o’tkazish  tamoyillari.  Standartlarga  amal  qilishdan  tashqari, 
auditorlik faoliyati quyidagi asosiy tamoyillarga bo’ysunadi.  
1.  Xatti-harakat  etikasi.  Insoniy  etika  talablari  bilan  bir  qatorda  auditorlar 
professional etika talablariga ham amal qilishlari lozim, unga quyidagi qoidalar misol 
bo’ladi:  

  majburiyatlar (o’z majburiyatlarini bajarishda yuksak professional va ahloq 
tamoyillarini namoyon etish darkor);  

  jamiyatning  manfaatlari  (jamiyatning  ishonchini  oqlagan  holda  uning 
manfaatlari  yo’lida  harakat  qilish  majburiyatini  o’z  zimmasiga  olish  va  yuksak 
professionalizmni namoyish etish lozim);  

  halollik (o’zining professional majburiyatlarini halol bajarish);  

  holislik  va  mustaqillik  (professional  majburiyatlarni  bajarishda  holislikni 
saqlab  qolish  va  manfaatlar  to’qnashuvidan  holi  bo’lish,  ham  rasmiy  jihatdan,  ham 
amalda mustaqil bo’lish zarur);  

  kerakli  e’tibor  (professional  majburiyatlarni  bajarishda  texnik  va  etik 
(odob-ahloq)  professional  standartlarga  amal  qilish,  xizmatlar  sifatini  doimiy 
ravishda  yaxshilashga  intilish,  o’zining  barcha  professional  qobiliyatlaridan 
foydalanish darkor);  

  xizmatlar  hajmi  va  turlari  (ularni  belgilashda  standartlar  talablariga  amal 
qilish lozim).  
2.  Mustaqillik.  Audit  nazariyasi  va  amaliyotida  mustaqillik  –  bu  fikr-
mulohazalarning  obyektivligi  va  insofliligi.  Auditorlar  professional  maqomining 
jamiyat  tomonidan  tan  olinishi  ularning  mustaqilligiga  asoslangan.  Mustaqillik 
auditning  samaradorligini  ta’minlash  uchun  zarur.  Auditor  har  qanday  vaziyatni 
baholash  imkoniyatiga  ega  bo’lishi,  haqiqatni  aytishi,  mijozining  manfaatlariga 


 
21 
qanday  ta’sir  etishi  mumkinligi  to’g’risida  o’ylab  o’tirmagan  holda  u  nima  qilishi 
kerakligi borasida halol va obyektiv tavsiyalarni taklif qilishi shart.  
Auditning mustaqilligi quyidagilar orqali ta’minlanadi:  

  moliyaviy  mustaqillik  –  auditor  o’z  ishini  oldindan  kelishilgan  munosib 
haq  evaziga  professional  tarzda  bajaradi.  Samarali  auditorlik  faoliyatining  tajribasi 
shuni  ko’rsatmoqdaki:  mijozdan  moliyaviy  qaramlikka  tushib  qolmaslik  kerak, 
chunki  bu  ko’rsatiladigan  xizmatlarning  sifatini,  ularning  obyektivligini  va 
professionalizmni  pasaytiradi  hamda  auditorning  bozor  pozistiyalariga  salbiy  ta’sir 
ko’rsatadi;  

 
ma’muriy  mustaqillik  –  auditorning  mijozning  ma’muriy  qarorlaridan 
mustaqilligi va unga bo’ysunmasligi;  

  siyosiy mustaqillik – siyosiy hokimiyat, aloqalar va ta’sir etishning shunga 
o’xshash usullaridan foydalangan holda auditorning qarorlariga ta’sir etib bo’lmaslik;  

  emostional  mustaqillik  –  auditorning  tashkilot  vakillariga  –  mijozga 
bo’lgan hissiyotidan qat’i nazar uning uzoqlikni saqlab qolish.  
3.  Professionalizm  –  bu  auditorga  professional  xizmatlarni  malakali  tarzda  va 
sifatli  ko’rsatish  imkonini  beruvchi  bilimlar  va  ko’nikmalarning  zarur  hajmiga  ega 
bo’lishning majburiyligi.  
Auditor  insonlar  bilan  muloqotda  bo’lish  va  tajriba  almashish,  baholanayotgan 
faoliyat  bilan  bog’liq  muammolarni  aniqlash  va  hal  etish,  zarur  axborotni  topish,  
tahlil va sintezni amalga oshirish, o’zgarishlarni rejalashtirish, ishni takomillashtirish 
yuzasidan  takliflar  ishlab  chiqish,  o’zgarishlarga  ko’rsatiladigan  qarshilikni  engish, 
yanada  takomillashgan  usullarni  yoyishda  yordam  berish  kabi  ishlar  uchun 
ko’nikmalarga  ega  bo’lishi  lozim.  Auditorlik  tashkiloti  tayyorlangan,  professional 
bilimlarni  egallagan  mutaxassislarni  jalb  etishi  va  auditning  malakali  o’tkazilishini 
ta’minlash  uchun  ular  ishining  sifatini  nazorat  qilishi  zarur.  Auditorlik  tashkiloti 
o’zining  professional  vakolatlari  doirasidan  va  auditorlik  faoliyatini  amalga  oshirish 
uchun  berilgan  listenziyalarga  muvofiq  vakolatlari  doirasidan  tashqariga  chiqadigan 
xizmatlarni ko’rsatmasligi darkor.  


 
22 
Tekshirish  rejasini  tuzish  chog’ida  auditor  vazifalarning  muayyan  guruhlarini 
hal etishni nazarda tutgan holda huquqiy hujjatlarga amal qilishi lozim. 
1. Auditor boshdanoq auditning ijobiy natijasini nazarda tutishi kerak. Har safar 
ishga kirishayotganda auditor tekshirish obyekti unga nisbatan qo’yiladigan talablarga 
muvofiq tashkil etilgan va ishlab turibdi degan taxmindan kelib chiqishi kerak.  
2.  Auditor  o’zining  butun  xatti-harakati  bilan  audit  qilinayotgan  bo’linma 
xodimlariga  u  o’zining  asosiy  vazifasini  nomuvofiqliklarni  aniqlashda  emas,  balki 
ishonchli  dalillarni    to’plab,  audit  qilinayotgan  obyektning  holati  haqida  obyektiv 
xulosa  berishda  ko’rishini  namoyon  etishi  darkor.  Bunday  yondashuv  auditorning 
ishiga  audit  qilinayotgan  bo’linma  xodimlari  tomonidan  bildiriladigan  ishonchning 
ortishiga  xizmat  qiladi  va  unga  audit  qilinayotgan  obyektning  holati  haqidagi 
axborotning taqdim etilishidagi katta ochiqlikni ta’minlaydi.  
3.  Auditor  audit  qilinayotgan  bo’linmaning  xodimlarini  auditni  o’tkazish 
bo’linma uchun foydali ekanligiga ishontira olishi lozim.  
Shundan  kelib  chiqqan  holda,  auditor  shuni  isbotlab  berishi  kerakki,  audit 
jarayonida  aniqlangan  har  bir  nomuvofiqlik  sabablarining  bartaraf  etilishi  audit 
qilinayotgan bo’linmaning faoliyati yaxshilanishiga xizmat qiladi. Auditorning ushbu 
vazifasi  qanchalik  muvaffaqiyatli  hal  etilsa,  uning  audit  qilinayotgan  bo’linma 
xodimlari bilan o’zaro hamkorligi shunchalik samarali bo’ladi.  
4.  Audit  predmeti  –  uni  amalga  oshiruvchi  xodimlar  emas,  balki  faoliyatning 
o’zi. Auditor nomuvofiqlik va ularning aybdorlarini emas, balki faktlarni qidiradi. U 
xodimlarning  shaxsiy  fazilatlari  va  kamchiliklarini  emas,  balki  o’sha  faktlarni  tahlil 
qiladi  va  baholaydi.  Shunga  ko’ra  auditor  u  yoki  bu  shaxslarning  xatti-harakatini 
muhokama  qilishga  va  aniqlangan  nomuvofiqliklarda  ularning  aybdorligi  darajasini 
aniqlashga kirishmasligi kerak.  
5.  Auditor  tinglay  olishi  kerak.  Aslida,  bu  uning  eng  muhim  qobiliyatlaridan 
biri.  Sharqning  donishmandligi  shunday  deydi:  «Haqiqat  so’zlovchining  og’zida 
emas,  balki  tinglovchining  qulohida».  Hamsuhbatni  diqqat  bilan  tinglagan  holda, 
auditor nafaqat undan o’ziga zarur ma’lumotni oladi, balki suhbatdoshni o’ziga moyil 
qilgan  holda  unda  ishonch  hissini  uyg’otadi.  Mazkur  holatda  auditor  suhbatdoshni 


 
23 
guyoki  «ochadi»  va  undan  eng  muhim  ma’lumotlarni  oladi.  Tinglay  olish  olingan 
ma’lumotni tahlil qilish, o’z miyasini ortiqcha ma’lumotlar bilan yuklanishdan saqlash 
qobiliyatini  ham  o’z  ichiga  oladi.  Shu  bilan  birga,  audit  qilinayotgan  xodimlarga 
ma’lumot  berishda  auditor  ular  ichida  tinglay  olmaydigan  insonlar  ham  bo’lishi 
mumkinligini nazarda tutishi lozim.  
6.  Muloqot  chog’ida  auditor  e’tiborini  suhbatdoshining  so’zlariga  to’liq 
qaratishi kerak. Suhbatdoshning uzoq cho’ziladigan  yoki  o’ta muhim  ma’lumotlarini 
to’g’ri  tushunayotganligiga  ishonch  hosil  qilish  uchun  oxirigacha  tinglash  va  xulosa 
yasash  maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.  Bu  suhbatdoshni  noto’g’ri  tushunish  bilan 
bog’liq  anglashilmovchiliklarning  oldini  olish  va  unga  u  so’zlayotgan  narsalar 
auditorda  qiziqish  uyg’otayotganligini  ko’rsatish  imkonini  beradi.  Auditor 
suhbatdoshni  so’zlar  bilan  ham,  imo-ishoralar  bilan  ham  qo’llab-quvvatlab  turishi 
kerak. Auditor suhbatdoshining sukut saqlashidan qo’rqmasligi kerak. Suhbatdoshga 
o’ylab  olishga  vaqt  berish  va  yuzaga  kelgan  pauzadan  suhbatdoshga  uning 
ma’lumotlari qiziqish uyg’otayotganligini va ko’proq narsa bilish ehtiyoji mavjudligini 
bildirish uchun foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.  
7.  Auditor  suhbatni  (so’rovni)  oldindan  o’ylab  qo’yilgan  reja  asosida  kerakli 
izga yo’naltirishi lozim. U suhbatdoshning fikrlarini chalg’itadigan vaziyatga yuzaga 
kelishiga  yo’l  qo’ymasligi  kerak.  Buning  uchun  suhbatni  boshqa  mavzularga 
chalg’imagan holda aniq  yuritish, umumiy iboralarga  yo’l qo’ymaslik  darkor. Vaqti 
vaqti  bilan  qisqacha  tanaffuslar  qilish  maqsadga  muvofiq  hisoblanadi,  bunda 
bo’shishib olish, ishga taalluqli bo’lmagan narsalar haqida so’zlashish mumkin.  
8.  Audit  qilinayotgan  bo’linmaning  xodimlari  bilan  muloqot  qilish  chog’ida  
auditor  hech  qanday  emotsional  “to’lg’onishlarga”  yo’l  qo’ymasligi  lozim.  Har 
qanday  vaziyatlarda  hissiyotlarga  berilmagan  holda  xotirjamlikni  va  ishga  taalluqli 
suhbat  yo’sinini  saqlash  zarur.  Suhbatdoshning  bahonalari  yoki  tajangligiga  chidash 
kerak, hamda o’zi tomonidan tajavuzkorlikning ham oldini olish lozim.  
Hatto  o’ta  g’azablanish  onlarida  ham  o’zi  tomonidan  iltifotsiz  imo-ishoralar 
qilinishiga  yo’l  qo’ymaslik  zarur.  Hatto  suhbatdosh  yaqqol  nohaq  bo’lib,  o’z  nuqtai 
nazarida  qat’iy  turishda  davom  etgan  taqdirda  ham  u  bilan  ochiqcha  va  qupol  


 
24 
bahslashishga  kirishish  mumkin  emas:  psihologlarning  ta’kidlashlaricha,  emotsional 
tortishuv  hech  kimni  ishontirmaydi,  balki  faqatgina  bahslashuvchilarning 
g’azablanishiga olib keladi va muloqotni boshi berk ko’chaga yo’naltiradi.  
9.  Auditor  audit  qilinayotgan  bo’linma  xodimlarining  e’tiborini  faqat  audit 
jarayonida  aniqlangan  salbiy  holatlarga  qaratmasligi  darkor.  Tekshirilayotganlarni 
ishlarni  yaxshilashga  undovchi  motivlardan  bebahra  qoldirmaslik  uchun  ijobiy 
jihatlarni ham ta’kidlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.  
10. 
Aniqlangan 
nomuvofiqliklarning 
ahamiyatini 
baholashda 
auditor 
professionallar  fikriga  quloq  tutishi  lozim.  Eng  asosiysi  –  nomuvofiqlikning 
ahamiyatini  baholash  emas,  balki  uning  o’zini  aniqlashdir.  Shubhali  holatlarda  esa 
aniqlangan nomuvofiqlikni uning ahamiyatini baholamagan holda qayd etish lozim.  
11.  Audit  qilinayotgan  xodimlar  bilan  muloqot  qilayotganda  auditor 
xayrixohlik va hamkorlik muhitini yaratishi zarur. Hech qachon xodimlarga nisbatan 
o’zining  mustaqilligini  namoyon  etmaslik  darkor,  bu  uzoqlashish  va  beparvolik 
sababi  bo’lishi  mumkin.  Aksincha,  o’zi  bilan  xodimlar  o’rtasidagi  umumiy  kasbiy 
manfaatlarning  paydo  bo’lishiga  va  chuqurlashuviga  har  tomonlama  ko’maklashish 
lozim.  Fikran  o’zini  audit  qilinayotgan  shaxsning  o’rniga  qo’yish  va  hamisha  hech 
kim bu rolda bo’lishni istamasligini yodda tutish maqsadga muvofiq hisoblanadi.  
12.  Auditor  o’zining  bilimdonligini  atayin  namoyon  etmasligi  yoki 
suhbatdoshni imtihondan o’tkazmasligi kerak.  
13.  Auditor  o’z  suhbatdoshlarini  to’g’ri  yechimlarni  topishga  undashi  lozim. 
Bunga  yo’l  qo’yilgan  hatolarni  tushuntirish  orqali  erishiladi.  Suhbatdoshlarni  to’g’ri 
yechimlarni  topishga  undagan  holda  auditor  nafaqat  ularning  ko’zi  o’ngida  o’z 
obro’sini  oshiradi,  balki  audit  audit  qilinayotgan  bo’linma  uchun  foydali  degan 
g’oyani tasdiqlaydi. Agar auditor tortishuvning oldini ololmasa, u vazminlikni saqlab 
qolishi, kasbiy bilimlar va qat’iy ishonchni namoyon etishi  darkor.  
14.  Auditor  barcha  ishonarli  narsalarni  tan  olishi  va  ma’qullashi  lozim. 
Gumondorlik, shubhalar auditor baholarining obyektivligidan ustun turmasligi kerak. 
Auditor  tomonidan  norasmiy  tartib-taomillarning  samaradorligi  aniqlangan  barcha 


 
25 
holatlarda  ushbu  taomillar  ma’qullanishi  va  kerakli  tarzda  hujjatlartirish  uchun 
tavsiya qilinishi lozim.  

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling