Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


 Personal bilan ishlash diagnostikasi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

 
2.2. Personal bilan ishlash diagnostikasi 
Personal auditi — bu o’z ichiga axborotlarni yig’ish, ularning tahlili va natijalari 
asosida mehnat salohiyatidan foydalanish bo’yicha tashkilot faoliyati samaradorligini 
baholash,  hamda  ijtimoiy  mehnat  munosabatlarini  tartibga  solishga  oid  tadbirlar 
tizimini o’z ichiga oladigan personalni boshqarish sohasidagi ishlar holatining doimiy 
ekspertizasini o’tqazishdir.    
Uning  mohiyati  tashkilotda  yuzaga  kelgan  muammolarni  diagnostika  qilish, 
hamda  bu  muammolarning  naqadar  muhimligini  baholash  va  yechilishi  lozimligi 
yuzasidan tashkilot rahbariyatga aniq tavsiyalarni berishdan iborat.  
Personal  auditi  personalni  boshqarish  tizimini  tadqiq  qilishning  diagnostik 
usulidan foydalanib olib boriladi. Uning farqli tomonlari quyidagilar: 

  umumtashkiliy samardorlikka yo’naltirilganlik; 

  tekshiruvlar, jarayonlar va xulosalar paradigmasining qat’iy shakli; 

  tashkilotga nisbatan auditorning holisligi; 

  tekshiruvlarni amalga oshirishdagi professionallik. 


 
42 
Tashkilotda kadrlar auditi o’tqazish katta va sermashaqqat ishdir. U o’z ichiga 
boshqaruv auditini, mehnat ko’rsatkichlari auditini, ish joylari auditini, ishga yollash, 
bo’shatish, taqdirlash, mehnat sharoitlari, havfsizlik va salomatlik, intellektual kapital 
auditlarini  o’z  ichiga  oladi.  Bunday  ish  ko’p  vaqt  va  katta  miqdordagi  vositalarni 
talab qiladi. 
Personalni  boshqarish  tizimida  diagnostika  ishi  personalni  boshqarish  butun 
tizimining  samaradorligini  cheklovchi  eng  zaif  qism  sifatida  e’tirof  etilishi  mumkin. 
Personalni  boshqarish  sohasining  diagnostikasi  tashkilotdagi  faoliyat  to’g’risida 
axborot to’plashga asoslanadi. Diagnostika murakkabligining asosiy sababi shundaki, 
ushbu  faoliyatning  samaradorligini  baholash  juda  qiyin.  Foydalaniladigan  ko’plab 
ko’rsatkichlar  subyektiv  bo’lib,  ularning  ahamiyati  va  mazmuni  muayyan  vaziyatga 
bog’liq. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling