Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
-jadval Kadrlar siyosatining ikkita turining qiyosiy tavsifi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
2.2-jadval
Kadrlar siyosatining ikkita turining qiyosiy tavsifi Kadrlar jarayoni Kadrlar siyosati turi ochiq yopiq Personalni tanlash Mehnat bozorida yuqori raqobatli vaziyat Ishchi kuchi etishmaslik vaziyati Personalni moslashishi Raqobatli munosabatlar-ga tez kirishish imko-niyati, yangi xodimlar tomonidan tashkilot uchun kiritilgan ilg’or takliflarni tez joriy qilish Murabbiylar, yuqori jipslashgan jamoa hisobiga samarali ko’nikma hosil qilish, an’anaviy yondashuvlarga qo’shilish Personalni o’qitish va rivojlantirish Aksariyat hollarda tashqi markazlarda amalga oshiriladi, yangilik olishga yordam beradi Ichki korporativ markazlarda amalga oshiriladi, yagona qarashlar, umumiy texnologiyalarning shakllanishiga yordam beradi Personalni martabasini oshirish O’sish imkoniyati qiyin, chunki personalni yollash tendenstiyasi mavjud Lavozimga ko’tarishda tashkilot xodimlariga yon bosiladi, martabani rejalashtirish amalga oshiriladi Motivastiya va rag’batlantirish Rag’batlantirish masa-lalari ma’qullanadi Motivastiya masalalari afzal ko’riladi 40 Innovastiyani joriy qilish Yangi xodimlar tomonidan doimiy innovastion ta’sir Innovastiyani ishlab chiqish jarayonlari tashabbusini doimiy qo’llab quvvatlash Manba: М.Армстронг “Управление человеческими ресурсами” –М.:Вита-пресс, 2010. с. 168. Kadrlar siyosatini shakllantirish bosqichlari quyidagilardan tashkil topadi: 3 1. Normalashtirish: tashkilotning maqsadlariga mos hoda kadrlar bilan ishlashning umumiy tamoyillari va maqsadlari shakllantiriladi. 2. Dasturlash: kadrlar texnologiyasi holati va tadbirlarini ma’lum bir tizimga keltirish. 3. Kadrlar monitoringi: kadrlar bilimi, qobiliyati va mahoratini shakllantirish va rivojlantirishning aniq tadbirlari bilan ishlash va ularning kadrlar siyosatiga ta’sirini baholash. Tizimni rejalashtirishda kadrlar ehtiyojlarini qiska va o’rta muddatda bashoratlashni o’z ichiga oladi. Eng yaxshi holatlarda kadrlar siyosatida ishlarning quyidagi bosqichlari amalga oshiriladi: • kadrlar siyosatining umumiy tamoyillarini ishlab chiqish, ustuvor maqsadlarni belgilash; • tashkiliy-shtatli siyosat: xodimlarga bo’lgan ehtiyojni rejalashtirish, shtatlar po’yxati va tarkibini, rezervini, burchlarini shakllantirish; • axborot siyosati: kadrlarga oid axborotlar harakati tizimini yaratish va qo’llab- quvvatlash; • moliyaviy siyosat: vositalarni taqsimlanishi tamoyilini bayon etish, mehnatni rag’batlantirishning samarali tizimini ta’minlash; • personalni rivojlantirish siyosati: rivojlantirish dasturini ta’minlash, xodimlarni kasbga yo’naltirish va ko’nikmasi, shaxsiy ko’tarilishini rejalashtirish, komandani shakllantirish, kasbiy tayyorlash va malakani oshirish; 3 Комиссарова Т.А. Управление человеческими ресурсами: Учеб.пособие.-М.:Дело, 2002, стр. 30 41 • faoliyat natijalarini baholash: tashkilot strategiyasi va kadrlar siyosatining mos kelishini tahlil qilish, kadrlarga oid ishlarda muammolarni aniqlash, kadrlar salohiyatini baholash. Agar rahbariyatda personalni boshqarishga oid fikrlar mavjud bo’lsa quyidagi holatlarda kadrlar siyosati sifatida qaralishi mumkin: yozma bayon etilgan va hammaga tushunarli bo’lib, kadrlarga oid barcha yo’nalishlarni qamrab olgan bo’lsa; personalni boshqarishga oid asosiy dasturlarni barcha xodimlarga yetqazilish yo’llari ko’rilayotgan bo’lsa; o’z mohiyatiga ko’ra tashkilot maqsadlari va vazifalariga mos kelsa; faoliyatning alohida yo’nalishlari bilan muvofiqlikni ta’minlayotgan bo’lsa, masalan, kadrlarni tanlash tamoyillari ularni keyinchalik o’qitish tizimiga yoki rahbariyat va yollanma xodimlar o’rtasidagi qabul qilingan munosabatlarga qarama-qarshi bo’lmasa. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling