Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


 Personal auditini o‘tkazish izchilligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

2.7. Personal auditini o‘tkazish izchilligi 
Personal auditi doirasidagi tadqiqotlar yo’nalishlariga aniqlik kiritish maqsadida 
personalni  boshqarish  tizimini  optimallashtirish  uchun  birinchi  galda  e’tibor 
qaratishni  talab  qiladigan  zonalarni  aniqlab  beruvchi  dastlabki  tashxis  amalga 
oshirilishi  mumkin.  To’liq  ko’lamli  personal  auditi  diagnostik  operastiyalarning 
yuqorida  keltirilgan    izchilligi  shaklida  eng  uzoq  muddatli  samaradorlikka  ega 
bo’ladi. 
Personal  auditi  boshqaruvning  strategik  bosqichida  boshlanadi.  personalni 
boshqarish  tizimini  baholash  samaradorlik  mezonlarini  qo’llagan  holda  amalga 
oshiriladi.  Personal  auditi  personalni  boshqarish  jarayonini  takomillashtirishga 
xizmat  qiladi.  Personalni  boshqarish  faoliyatining  samaradorlik  mezonlariga  mos 
kelishini  baholash  uchun  qo’llaniladigan  uning  muayyan  tavsiflari  asosida  mezonga 


 
54 
“muvofiqlashtirish”,  “muvofiqlik”  darajasini  oshirish  yoki  qoniqarli  “muvofiqlik” 
to’g’risida qarorlar qabul qilinadi. 
Personalni  boshqarish  tizimining  qoniqarli  holatiga  ishonch  hosil  qilingach, 
personalni  boshqarishning  quyi  darajasi  –  funkstional  darajaga  o’tiladi.  Personal 
auditining  natijalari  asosida  strategik  va  funkstional  darajalarda  muayyan  liniya 
rahbarlari  ishi  samarasizligining  ochib  berilgan  alomatlari  bo’yicha  personalni 
liniyali boshqarish samarasizligining sabablari aniqlanadi. 
Personal auditi ularni hal etmasdan turib keyingi tashxis ishini amalga oshirish 
hech  qanday  ma’no  kasb  etmaydigan  muammolar  yig’indisi  aniqlaganidan  keyin 
vaqtinchalik  to’xtatib  qo’yiladi.  Bu  barcha  sa’y-harakatlarni  birinchi  galda  e’tibor 
qaratishni talab qiladigan muammolarni o’rganishga qaratish hisobidan auditorlarning 
qimmatli  vaqtini  bo’shatgan  holda  auditorlik  tadqiqotining  vaqtini  sezilarli  darajada 
qisqartiradi.  Muayyan  korxonada  personal  auditi  nihoyasiga  yetgach  boshqaruvni 
yanada  takomillashtirish  uchun  asos  bo’lib  xizmat  qiladigan  auditorlik  xulosasi 
tayyorlanadi.  Personalni  boshqarishni  taqdim  etilgan mezonlarga  muvofiqlashtirishni 
anglatuvchi  tavsiyalardan  foydalanish  boshqaruvni  takomillashtirish  jarayonini 
davom ettirish va, o’z navbatida, personal auditini davom ettirish imkonini beradi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling