Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
57 3-BOB. PERSONALNI BOSHQARISH TIZIMIDA BOSHQARUV AUDITI 3.1. Boshqaruv auditining maqsadi va vazifalari Boshqaruv auditi – bu auditorlik faoliyatining metodologiyasi va ishlab chiqilgan ish topshiriqlari asosida boshqaruv jarayoniga zarur tuzatishlarni kiritish hamda boshqaruv texnologiyalarining haqiqiy samaradorligini aniqlash maqsadida ularni tadqiq etishdir. Boshqaruv auditi – bu tashkilotni boshqarishni takomillashtirish jarayonining axborotga bo’lgan ehtiyojlariga xizmat ko’rsatuvchi diagnostik vosita hisoblanadi. Ushbu jarayonning quyidagi bosqichlari ajratiladi: boshqaruv samaradorligining hozirgi holatini baholash; qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli istiqboldagi (statika) va boshqaruv bo’yicha muayyan faoliyat samaradorligi shaklidagi (dinamika) samaradorlikni baholash; tadqiq etilayotgan funkstiyaning haqiqiy holatini normativ, standart, tasdiqlangan holat bilan taqqoslash orqali samaradorlikning hozirgi holatidan normativ holatiga tomon harakatlanish uchun zarur bo’lgan harakatlar rejasini shakllantirish. Rejani shakllantirish tashkilotni boshqarish amaliyotini kuchaytirish imkonini beruvchi tadbirlar tarkibini aniqlashni nazarda tutadi. So’ngra optimallashtirishning turli yo’nalishlarini o’zida birlashtirgan, tashkilotning uzoq muddatli eng yuqori samaradorligini ta’minlashga yo’naltirilgan boshqaruvni takomillashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi; tashkilotni boshqarishni takomillashtirish rejasini amalga oshirish. Audit natijalari yuzasidan berilgan tavsiyalarni amalga oshirish faoliyatni faqat shartli ravishda auditorlik faoliyati deb atash mumkin, chunki aksariyat holatlarda u auditor 58 mustaqilligining va diagnostik tadqiqot sohasiga ixtisoslashuvining yo’qotilishini nazarda tutadi, demak, auditorlik standartlari talablariga javob bermaydi. Boshqaruv tizimini baholash jarayonida quyidagilar tekshiriladi: bozordagi vaziyatni nazorat qilish, strategik maqsadni qo’yish va taktik rejalashtirish tartib-taomillarining kompleksligi; javobgarlik sohalarining yuqori rahbariyat o’rtasida va funkstional majburiyatlarning bo’linmalar o’rtasida taqsimlanishi; xodimlar o’rtasida asosiy biznes-jarayonlarning bajarilishi doirasida axborot almashuvi; mahsulot ishlab chiqarish, yetkazib berish va sotish ishlarini bajarish standartlarining mavjudligi va sifati. Boshqaruv auditi inson resurslarini boshqarish samaradorligining tahlili bilan to’ldirilishi kerak. Ushbu tahlil jarayonida personalni boshqarish tizimi, ya’ni kadrlar siyosatining boshqaruv tizimiga mosligi darajasi, shu jumladan personalni rag’batlantirish, korporativ madaniyatni rivojlantirish mexanizmlari va hokazolar baholanadi. Shu tariqa personal auditi (kadrlar auditi) yuzaga keldi va dastlab boshqaruv auditi doirasida, tez orada esa mustaqil ravishda rivojlana boshladi. Boshqaruv auditining asosiy maqsadi – korxona va uning xodimlarining bozor sharoitida samarali ishlashga tayyorligi darajasini baholashdan iborat. Ushbu baholash asosida o’zgarishlarni amalga oshirish dasturi ishlab chiqilib, korxonani boshqarish tizimini qayta tashkil etish, yangi qadrlarni jalb qilish yoki mavjudlarini qayta o’qitish uchun zarur bo’lgan xarajatlar hisoblab chiqiladi. Boshqaruv auditini o’tkazishda quyidagilar baholanadi: korxonaning joriy strategiyasi, shu jumladan bozordagi mavqei, oldinga qo’yilgan strategik maqsadlarning yaxlitligi va tizimliligi, ushbu maqsadlarning rahbarlar va xodimlar tomonidan tushunilishi, strategik maqsadlarning amalga oshirilishi; biznes-jarayon, ya’ni korxonaning har bir mahsulotini (tovari yoki xizmatini) ishlab chiqarish va sotish jarayoni texnologiyasi. Texnologiyani baholash biznes-jarayon asosiy qismlarining bajarilishini: mahsulotning iste’mol 59 xususiyatlarini tahlil qilish, uni loyihalashtirish, butlovchi qismlarni xarid qilish, ishlab chiqarish, sifatni nazorat qilish, sotish va sotuvdan keyin xizmat ko’rrsatish, mahsulot tannarxini, uning sifatini va narxni shakllantirish metodikalarini tahlil qilishni o’z ichiga oladi; korxonani boshqarishning asosiy funkstiyalarini, shu jumladan bozorni tahlil qilish, strategik va tezkor rejalashtirish, rejalarning amalga oshirilishini nazorat qilish va hisobga olish, moliyani taqsimlash va pul mablag’larining harakatini hisobga olish, kadrlar siyosatini amalga oshirish funkstiyalarini bajarish texnologiyasi; kompaniyani boshqarish tuzilmasi, ya’ni biznes-jarayonlarni tashkil etuvchi tartib-taomillar bilan boshqaruvning asosiy funkstiyalari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik. Baholash jarayonida boshqaruv modeli, funkstional va sohaviy bo’linmalarga bo’linishning aniqligi, ma’muriy bo’ysunish va funkstional o’zaro hamkorlik tuzilmasi, axborot oqimlari sxemasi hamda ularning boshqaruv strategiyasi va modeliga mos kelishi tahlil qilinadi; biznes-jarayonlar va asosiy funkstiyalar tartib-taomillari, boshqaruv tuzilmalari hamda ularning boshqaruv strategiyasi va modeliga mos kelishi asosida tashkilot menejmentining samaradorligini oshirish tartib-taomillari va tuzilmalaridagi o’zgarishlar bo’yicha tavsiyalar tuziladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling