Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

3.4. Axborot yig‘ish 
Boshqaruv auditi tadqiq  etilayotgan vaziyat (muammo)ni ta’riflovchi va faktik 
ma’lumotlar  bilan  mustahkamlangan  tavsiyalarni  shakllantirish  imkonini  beruvchi 
zarur  axborotni  olish  va  o’rganishga  asoslangan.  Faktlarni  yig’ish  –  auditorlik 
tadqiqotining  eng  mashaqqatli  bosqichi.  Yig’ilayotgan  axborotning  xususiyati  mijoz 
faoliyatining  sohasiga,  audit  muammolari  va  maqsadlarining  tavsifiga  bog’liq. 
Olingan  ma’lumotlar  asosida  barcha  asosiy  jarayonlar,  munosabatlar,  sabablar  va 
o’zaro  bog’liqliklar  aniqlanishi  kerak.  Asosiy  e’tibor  muammoni  hal  etish 
imkoniyatlariga  va  ularni  amalga  oshirish  yo’llariga  qaratiladi.  Har  bir  bosqich 
auditorning  keyingi  ishini  ma’lumotlar  bilan  ta’minlashi  lozim.  Boshqaruv  auditida 
quyidagilar asosiy axborot manbalari bo’lib xizmat qiladi: 
1) 
chop 
etilgan 
axborot: 
moliyaviy 
hisobotlar, 
biznes- 
rejalar,  hukumat  va  kredit  muassasalariga  taqdim  etilgan  hisobotlar,  iqtisodiy 
sharhlar, tashkilotning reklama materiallari; tashkilot tomonidan to’planadigan tashqi 
vaziyat  haqidagi  boshqa  axborot.  Chop  etilgan  axborot  iqtisodiyotning  mijoz 
ishlayotgan  tarmog’idagi  sharoitlar  va  tendenstiyalarni,  shu  jumladan  texnologik 


 
63 
ishlanmalar  va  bozor  sharoitlarini;  mijoz  amal  qilishi  shart  bo’lgan  qoidalarni; 
boshqaruv  amaliyotini;  mehnat  munosabatlarini,  ma’muriyat  bilan  kasaba 
uyushmalari o’rtasidagi munosabatlarni yoritishi mumkin; 
2)  mijoz  tashkilot  ichidagi  yozuvlar  va  hisobotlar  ichki  sharoitlar  –  resurslar, 
maqsadlar, rejalar, ish samaradorligi haqidagi axborotni, shu jumladan texnologiyalar 
va  asbob-uskunalar,  rahbariyatga  ishlab  chiqarish  va  sotish  hisobotlarini,  moddiy 
boyliklar  harakati  to’g’risidagi  axborotni,  personalni  baholash  ma’lumotlarini  o’zida 
mujassam  etadi.  Tashkilotga  o’z  axborotini  yiqqandan  ko’ra  mijozning  axborotidan 
foydalanish  qulayroq.  Biroq,  ko’plab  yozuvlar  ishonchli  emas  va  subyektiv 
xususiyatga  ega,  demak  haqiqtni  buzib  ko’rsatadi.  Yozuvlardan  foydalanish  ularni 
to’g’riligini va hozirgi sharoitlarga mos kelishini tekshirishni nazarda tutadi,  chunki 
yozuvlar mazmuni voqealarni baholashning qo’llanilayotgan mezonlariga bog’liq; 
3) ichki maslahat bo’linmasi yoki ichki auditning axboroti; 
4) auditor (auditorlik firmasi)ning doimiy mijozlar haqidagi yoki vaziyat nuqtai 
nazaridan  shunga  o’xshash  tashkilotlar  haqidagi  ma’lumotlarni  o’zida  mujassam 
etgan axborot bazasi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling