Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
3.5. Axborotlar tahlili va sintezi Muammoli vaziyat sabablari haqidagi xulosalarni va boshqaruv tizimini takomillashtirish yo’llari to’g’risidagi tavsiyalarni shakllantirish bo’yicha boshqaruv auditini amalga oshirish, to’plangan axborotni tahlil qilish uchun auditorlik tadqiqotida tahlil (amalda to’plangan materialni o’rganish) va sintez (to’plangan material asosida umumiy qonuniyatlarni chiqarish) usullari monand ishtirok etadi. Qismlardan iborat bir butunni hosil qilish (sintez), faktlarni tahlil qilish asosida qarorlar qabul qilish va harakatlarni amalga oshirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish tahlil qilish vaqtidayoq boshlanadi. Agar auditor tadqiq etilayotgan muammo o’ziga ma’lum bo’lgan umumiy qoidaga bo’ysunadi deb hisoblasa, dedukstiya usuli qo’llaniladi. tadqiq etilayotgan vaziyatni “ma’lum bo’lgan” umumiy bilim sohasiga kiritish imkoniyatining mavjud 64 emasligi indukstiya, ya’ni mazkur holatda amal qiluvchi qoidani chiqarish maqsadida faktik materialni to’plash va tahlil qilish usulining qo’llanilishini nazarda tutadi. Audit usuli sifatida tahlildan samarali foydalanish uchun auditor o’zida mantiqiy tafakkur, vaziyatlarni tahlil qilish, asosiy narsani ikkinchi darajali narsadan ajratish qobiliyatini rivojlantirishi kerak. Auditorning tahliliy faoliyatida audit jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklarning ahamiyatini to’g’ri aniqlay olish muhim hisoblanadi. Aniqlangan har bir nomuvofiqlik uning mazmuni, ahamiyatlilik darajasi, namoyon bo’lish shakli, uchrab turishning takrorlanishi, uni bartaraf etish yuzasidan qaror qabul qilishning ierarxik darajasi, uni bartaraf etishning murakkablik darajasi, qo’llanish sohasi va sifatni audit qilish obyekti kabi belgilari bo’yicha tasniflanishi lozim. Tasniflash har bir nomuvofiqlikning o’ziga xos jihatini aniqlash va ushbu jihatga mos keladigan to’g’rilovchi va ogohlantiruvchi harakatlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Sifat tizimi hujjatida belgilangan, mahsulot sifatini ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi va qisqa muddatda bartaraf etilishi lozim bo’lgan talabning bajarilmasligini sifat tizimidagi katta nomuvofiqlik deb hisoblash lozim. Bunday nomuvofiqliklarga quyidagi misollarni keltirish mumkin: mahsulot sifatining yomonlashuviga olib kelishi mumkin bo’lgan har qanday nomuvofiqlik; kalibrovkalash (tekshirish) muddati o’tgan o’lchash vositalaridan foydalanish; mas’uliyatli operastiyani bajaruvchi xodimning amalda texnologik jarayon bo’yicha talab etiladigan malakaga qaraganda ancha past malakasi; sifat bo’yicha ruxsat etilmagan hujjatning qo’llanilishi; qayd etilgan ma’lumotlar audit obyektining haqiqiy holati haqida tasavvur bermaydi. Katta hajmdagi nomuvofiqlikning mavjudligi o’tkazilayotgan audit bo’yicha ijobiy qaror qabul qilish imkoniyatini istisno etadi va tuzatuvchi harakatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni talab qiladi. Katta hajmdagi nomuvofiqlikning aniqlanganligi fakti bayonnomada qayd etiladi. Kichik hajmdagi nomuvofiqlik – bu sifat tizimi hujjatida belgilangan, mahsulot sifatini ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatishi yoki, agar u bartaraf etilmasa, katta 65 hajmdagi nomuvofiqlikning paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan talabning bajarilmasligi . Arzimas darajadagi mos kelmasliklarga misollar: • hujjatda rasmiylashtirilgan korxonannig sifatga oid siyosati reklamali, aniq bo’lmagan xususiyatga ega; • lavozim yo’riqnomalarida rahbarlar va mutaxassislarning sifatga oid vazifalari ko’rsatilmagan; • sifat tizimi hujjatlaridan biridagi talablarga ayrim holatlarda rioya qilinmaslik; • sifat xizmatidagi ayrim xodimlarning attestastiyasini belgilangan muddatlardan oshib ketishi; • nazorat yoki tajribalarni po’yxatga olishdagi ayrim noaniq yozuvlar. Arzimas mos kelmasliklar audit davomida yo’qotilishi zarur. Tayyorlagan va tizimlashtirilgan haqiqatdagi ma’lumotlar bog’liqliklarni, nisbatlar va tendenstiyalarni aniqlash uchun tahlil qilinadi. Personal auditining maqsadi va muammosi xususiyatidan kelib chiqib quyidagi usullardan foydalaniladi: iqtisodiy tahlilning matematik va statistik usullari; boshqarish tizimi va uning elementlarini tahlil qilish usullari; sabab va oqibat tahlili; kelajakni tahlili usuli; qiyoslash va taqqoslash usuli. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling