Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Boshqaruv auditining tashkiliy asoslari
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
3.2.Boshqaruv auditining tashkiliy asoslari
Auditorni tekshirishga jalb etish tartibi. Xo’jalik subyektiga auditorni tanlash huquqi berilgan. Odatda, u auditorlik tashkilotiga auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun uni jalb etish to’g’risida rasmiy taklif bilan chiqadi. Rozilik bildirilgan taqdirda auditor mijozga majburiyat xatini yuboradi, unda u o’zining audit oldiga qo’yilgan vazifaga, mijoz oldidagi javobgarlik darajasiga va xulosani taqdim etish shakliga roziligini hujjat bilan tasdiqlaydi. Auditorlik tashkiloti va xo’jalik subyekti o’rtasida xatlar almashuvidan so’ng ikki tomonlama shartnoma tuziladi. Shartnomada ko’yidagilar ko’rsatilishi zarur: 60 • shartnoma predmeti va tomonlar majburiyatlari; • auditorlik nazoratini o’tqazish muddati va joyi; • ishlar qiymati va hisob-kitoblar tartibi; • ishni topshirish va qabul qilish tartibi; • konfidenstiallik; • tortishuvlarni xal etish; • belgilangan muddatdan oldin shartnomani tugatish; • fors-major holatlar; • boshqa shartlar; • shartnomani amal qilish muddati va tomonlarning yuridik manzillari. Auditorlik tashkiloti tomonidan qabul qilinishi lozim bo’lgan sifatni nazorat qilish siyosatining maqsadlari, odatda, quyidagilarni o’z ichiga oladi: professional talablar – tashkilot personali mustaqillik, halollik, holislik, maxfiylik tamoyillariga va professional xatti-harakat normalariga amal qilishi kerak; ko’nikmalar va bilimdonlik – tashkilot personali auditorlik standartlarini o’zlashtirgan va ularga amal qiluvchi hamda majburiyatlarni vijdonan bajarish uchun talab etiladigan kasbiy bilimlarga ega bo’lgan xodimlardan iborat bo’lishi lozim; topshiriqlarni berish – auditorlik ishi texnik tayyorgarlikka va ushbu sharoitda talab etiladigan kasbiy bilimlarga ega bo’lgan xodimlarga topshirilishi zarur; vakolatlarni topshirish – ishni yetarli darajada yo’naltirish, bajarilgan ish sifat standartlariga mos kelishiga ishonch hosil qilish uchun barcha darajalarda ishni nazorat qilish va tekshirib turish lozim; maslahatlashish – zarur hollarda (tashkilot ichida ham, uning tashqarisida ham) tegishli bilimlarga ega bo’lgan mutaxassislar bilan maslahatlashib turish darkor; mijozlar bazasi – potenstial mijozlarni baholashni va mavjudlarini tahlil qilishni doimiy ravishda o’tkazib turish zarur. Yangi mijoz bilan ishlash yoki u bilan hamkorlikni davom ettirish masalasini hal etishda auditorlik tashkilotining mustaqilligi, uning xizmatlarni kerakli tarzda ko’rsata olishi va mijoz rahbariyatining halolligi kabi omillardan kelib chiqish kerak; 61 monitoring – sifatni nazorat qilish siyosati va tartib-taomillarining mosligini va operastiyalarning samaradorligini doimiy ravishda nazorat qilish lozim. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling