Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

 
Qisqacha xulosalar 
Hozirgi  kunda  tashkilotda  personalning  rolini  tushunishning  uchta  yondashuvi 
shakllangan:  personal  —  tashkilot  xarajatlari;  personal  —  tashkilotning  asosiy 
resursi;  personal  —  kapital.  Yuqorida  belgilangan  yondashuvlar  audit  o’tqazish 
dasturiga ham to’g’ridan to’g’ri ta’sir qiladi. 
Personal auditi — bu o’z ichiga axborotlarni yig’ish, ularning tahlili va natijalari 
asosida mehnat salohiyatidan foydalanish bo’yicha tashkilot faoliyati samaradorligini 
baholash,  hamda  ijtimoiy  mehnat  munosabatlarini  tartibga  solishga  oid  tadbirlar 
tizimini o’z ichiga oladigan personalni boshqarish sohasidagi ishlar holatining doimiy 
ekspertizasini o’tqazishdir. Uning mohiyati tashkilotda yuzaga kelgan muammolarni 
diagnostika  qilish,  hamda  bu  muammolarning  naqadar  muhimligini  baholash  va 


 
55 
yechilishi  lozimligi  yuzasidan  tashkilot  rahbariyatga  aniq  tavsiyalarni  berishdan 
iborat.  
Personal  auditi  personalni  boshqarish  tizimini  tadqiq  qilishning  diagnostik 
usulidan  foydalanib  olib  boriladi.  Personalni  boshqarish  tizimida  diagnostika  ishi 
personalni  boshqarish  butun  tizimining  samaradorligini  cheklovchi  eng  zaif  qism 
sifatida e’tirof etilishi mumkin. 
Personal  –  bu  sifat  tizimidagi  asosiy  resurs,  chunki  sifatni  ta’minlash  va 
yaxshilash  uchun  sharoitlar  yaratuvchi  omillar,  birinchi  navbatda,  texnik  va  hatto 
iqtisodiy  ham  emas,  balki  ko’p  jihatdan  personal  bilan  bog’liq  bo’lgan  ijtimoiy 
omillardir. 
ISO  standartlarini  amalga  oshirish  sifatni  ta’minlash  jarayoniga  korxonaning 
barcha personali jalb qilinishi kerakligini ko’zda tutadi. Bunda har bir hodim o’zning 
sifat  bo’yicha  natijalarini  ta’minlashga  javobgar  bo’lishi  zarur.  ISO  9001:2000 
standarti  mahsulot  sifatiga  ta’sir  qiladigan  ishni  bajarayotgan  personal  olgan 
bilimlari, tayyorgarligi, tajriba va ko’nikmalariga mos holda kompetent bo’lishi kerak 
Audit  ikkita  darajada  o’tkaziladi.  Strategik  darajada  personalni  boshqarish 
siyosatining  tashkilot  maqsadlari,  uning  global  strategiyasi  bilan  muvofiqlashganlik 
darajasi aniqlanadi. 
Personal  auditi  tezkor  va  strategik  darajalarda  amalga  oshiriladi.    Kadrlar 
auditini  o’tqazishda  maslahatchilar  foydalanadigan  vositalar  turli-tumandir: 
anketalashtirish;  tuzilmaviy  intervyu;  testlar;  turli  so’rovnomalar;  ekspert  baholash 
usuli;  vaziyatli  guruhli  diagnostika;  mavjud  boshqaruv  va  kadrlarga  oid  hujjatlarni 
tahlil qilish; kuzatish va boshqalar. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling