Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
2.3. Sifatni boshqarish tizimida personal
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
45 2.3. Sifatni boshqarish tizimida personal Personal – bu sifat tizimidagi asosiy resurs, chunki sifatni ta’minlash va yaxshilash uchun sharoitlar yaratuvchi omillar, birinchi navbatda, texnik va hatto iqtisodiy ham emas, balki ko’p jihatdan personal bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy omillardir. ISO standartlarini amalga oshirish sifatni ta’minlash jarayoniga korxonaning barcha personali jalb qilinishi kerakligini ko’zda tutadi. Bunda har bir hodim o’zning sifat bo’yicha natijalarini ta’minlashga javobgar bo’lishi zarur. ISO 9001:2000 standarti mahsulot sifatiga ta’sir qiladigan ishni bajarayotgan personal olgan bilimlari, tayyorgarligi, tajriba va ko’nikmalariga mos holda kompetent bo’lishi kerak. Buning uchun tashkilot: • mahsulot sifatiga ta’sir qiladigan ishni bajarayotgan personalga zarur bo’lgan kompetentlikni aniqlashi; • ushbu ehtiyojlarni qondirish maqsadida kadrlarni tayyorlash yoki boshqa choralarni ko’rishni ta’minlashi; • ko’rilgan choralar natijasini baholashi; • sifat sohasidagi maqsadlarga erishish bo’yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning muhimligi va dolzarbligini personalga yetkazishib borish; • ma’lumotlilik, tajriba, ko’nikmalar haqidagi yozuvlarni o’z vaqtida amalga oshirish, kadrlarga oid ish yuritishni to’g’ri yo’lga qo’yish. Bunday tahlilni zarur resurslar va moliyaviy manbalarning yetarligini ham qo’shib tekshirish, hamda tashkilotning va mijozlarning kelajakdagi kutayotgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshirish kerak. Tahlil personalni tayyorlash va xodimlarni jalb qilish va tanlashning samarali jarayonini joriy qilish bo’yicha maqsadli dasturlarini belgilashga yordam berishi zarur. Bunday tahlilni amalga oshirishda personalning individual yoki guruhli malaka oshirishga bo’lgan ehtiyojlarini aniqlashga mos keluvchi uslubiyotni tanlash zarur. 46 Bunday usullarga qatoriga xodimlar mehnati samaradorligini baholash, ular malakasining auditi, iste’molchilardan kelayotgan teskari aloqa kanallari orqali kelayotgan axborotlarning taxlili, yangi qabul qilinayotganlar bilan suhbatlar o’tqazish va x.z.larni kiritish mumkin. O’tqazilgan tahlil natijalari asosida kadrlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan o’qitish yoki malakani oshirish dasturini amalga oshirish zarur bo’lishi mumkin, ya’ni: • kasbiy mahorat darajasini; • kommunikastiya bo’yicha ko’nikmalarini; • menedjment sohasidagi bilim va ko’nikmalarini; • bilimlarning alohida sohasidagi malakalarni; • sifat menejmenti sohasidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish. Xodimlarni o’qitish va ularning malakasini oshirish samaradorligi shunday baholanishi kerakki, olinadigan baholar asosida: xodimlarning yangi va murakkablashib boruvchi lavozim majburiyatlarini bajarish uchun bilimlarining yetarliligini tekshirish; kadrlarni rivojlantirish xarajatlari o’zini oqlashini tasdiqlash; personal o’qitish va qayta tayyorlash dasturlari va usullarini, uning malakasini baholash usullarini takomillashtirish mumkin bo’lsin. Xodimlarga quyidagilar orqali o’zini o’zi takomillashtirish uchun vaqt va mablag’lar taqdim etilishi kerak: konferenstiyalar, seminarlar va h.k. tadbirlarda ishtirok etish; ilmiy tadqiqotlar o’tkazish; ta’lim olish. Ushbu standart tashkilot istalgan vaqtda ishlarning joriy holatini, barcha xodimlarning ma’lumot darajasi, bilimi va ishlash samaradorligini aniqlay olishini talab qiladi. Bunga kadrlar haqidagi axborot tizimi yordam berishi mumkin, chunki unda tegishli umumlashtirilgan hisobotlar tuzilib, saqlanishi lozim. Bunday hisobotlarga xodimlarning shaxsiy hisobotlari yoki kadrlar malakasini oshirish 47 to’g’risidagi hisobotlar muqobil variant bo’lishi mumkin. Yuqorida sanab o’tilgan hisobot materiallari quyidagilarni: har bir xodim erishgan malaka darajalari, tajriba va ish samaradorligini; personalni tayyorlash va uni rivojlantirish bo’yicha muvofiqlashtirilgan tadbirlarning amalga oshirilganligini tasdiqlashi kerak. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling