Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
-jadval Ijtimoiy to‘lovlar uchun mablag‘lardan foydalanish
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
9.7-jadval
Ijtimoiy to‘lovlar uchun mablag‘lardan foydalanish № Ko’rsatkichlar Ming so’m Jamiga nisbatan foiz Hisobot davr bazisga nisbatan foiz Bazis davr Hisobot davr Bazis davr Hisobot davr reja haq-t reja haq-t reja haq- t 1. Ijtimoiy xarakterdagi to’lovlar, jami 20616,3 38233,4 7054,2 100 100 100 186 34 1.1 Ishlovchilarni ijtimoiy himoyalash uchun xarajatlar 18649,5 34990,5 2854,0 90.5 91,5 40,5 186 8,1 1.1. 1 Ishlovchilarga sug’urta haqlari 17459,1 32959,7 - 93,6 94,2 - 189 - 1.1. 2 Nodavlat sug’urta jamg’armalariga badallar 1190,4 2030,8 2854,0 6,4 5,8 100 171 240 1.2. Kutilmagan holatlar bo’yicha moddiy yordam 101,3 145,7 234,5 0,5 0,4 3,3 144 161 1.3 Ishdan bo’shatishdagi to’lovlar 235,5 379,5 498,6 1,1 1,0 7,1 161 212 1.4 Kasbiy tayyorgarlik uchun to’lovlar 290,0 489,2 675,7 1,4 1,3 9,6 168 232 1.5 madaniy- maishiy maqsadlar 1248,9 2100,0 2580,9 6,1 5,5 36,6 168 207 176 uchun xarajatlar 1.6 Boshqa ijtimoiy xarajatlar 90,2 128,5 210,5 0,4 0,34 3,0 143 233 Nodavlat pensiya jamg’armalariga to’lovlar xodimlar to’rg’unligiga va qo’nimsizlikni kamayishiga faqatgina bilvosita ta’sir qilishi mumkin. Ishdan bo’shatishdagi to’lovlar ulushi 1.1 foizdan 7.1 foizgacha oshgan (rejada 1.0 foizga kamaytirish mo’ljallangan), biroq keyinchalik bu to’lovlar to’liq ish bilan band bo’lmagan xodimlarning bo’shashi hisobiga ish haqining tejalishidan qoplanishi mumkin. Ijtimoiy to’lovlar va imtiyozlar bir qancha omillarga bog’liq bo’ladi: korxonaning katta yoki kichikligi, uning qaysi tarmoqqa mansubligi, moliyaviy- iqtisodiy holati. Ijtimoiy to’lovlar xodimlarning kategoriyalari bo’yicha darajalanadi. Ijtimoiy to’lovlarni davlat tomonidan qisqartirilishi sharoitida ushbu dasturlarni bajarilishi korxona zimmasiga yuklatilmoqda. Shuni hisobgva olib, davlat korxonalarda ijtimoiy to’lov jamg’armalarini rivojlantirishni rag’batlantirishi lozim. Bunda qisman yoki to’liq soliqlardan ozod qilingan turli ijtimoiy to’lov shakllarini rivojlantirishga yo’naltirilgan soliq siyosati asosiy dastak hisoblanadi. Asosiy ish haqidan tashqari ma’lum ijtimoiy to’lovlar yig’indisini taklif qilayotgan tadbirkor nimalarni maqsad qilishi mumkin? Bu maqsadlar turlicha bo’lishi mumkin: malakali kadrlarni jalb qilish va ushlab qolish, yuqori unumli mehnatni rag’batlantirish, kadrlar qo’nimsizligini kamaytirish, ishlovchilarning real daromadlarini oshirish. Hech qaysi korxona o’z hisobidan ishlovchining barcha muammolarini hal etishga qodir emas, shuning uchun u ishlovchiga barcha to’lov va imtiyozlarni to’liq hajmda taklif etolmaydi. Bu korxona faoliyatining maqsadi ham emas. Korxonaning o’z oldiga qo’ygan maqsadi hamda u yoki bu qo’shimcha to’lov va imtiyozlarni taklif etish bilan ishlovchilar farovonligini oshirish maqsadlari o’rtasida farq bor. Umuman olganda, ba’zi qo’shimcha to’lovlar ham korxona talablarini, ham unda band bo’lgan ishlovchilar talablarini qondirishi mumkin. Shuning uchun 177 ijtimoiy to’lov xajmlari korxona va ishlovchilarning qiziqishlariga mos kelishi kerak, biroq bu moslik hech qachon to’liq bo’lmaydi. Kasbiy tayyorgarlik uchun to’lovlar samarali bo’lishi lozim. Ularning ulushi 1.4 foizdan 9.6foiz gacha oshgan (9.7-jadval, 5.4 qator), biroq bunday ijtimoiy to’lov korxonada shunday malakadagi xodimga talab bo’lsa samarali bo’ladi. Shuning uchun kasbiy tayyorgarlik uchun mablag’lar asoslangan hamda personal marketingi dasturi bo’yicha hisoblangan va tasdiqlangan bo’lishi kerak.moddiy yordam to’lovlari miqdori ehtimoliy xarakterga ega bo’ladi, shuning uchun har bir konkret holatni o’rganish talab etiladi. Bizning misolimizga kutilmagan holatlar bo’yicha moddiy yordam pullarini to’lash 0.5 foizdan 3.3 foizgacha oshgan (rejadagi 0.4 foizga kamaytirilishi o’rniga). Mehnatga haq to’lash va ijtimoiy xarakterdagi to’lovlarni har bir yo’nalish bo’yicha tahlil qilinganidan so’ng ushbu xarajatlarni xodimlarning asosiy kategoriyalari bo’yicha sarflanishini tahlil qilish lozim. Mehnatga haq to’lash uchun sarflanayotgan mablag’larni alohida orlingan ishlab chiqarish bo’linmalari bo’yicha ham tahlil qilish maqsadga muvofiq. Ushbu bo’limga xulosa qilib shuni aytish mumkinki, erkin iqtisodiyot sharoitida korxonaning yakuniy natijalardan habardor bo’lishi kuchayadi, bu esa o’z navbatida mehnatga haq to’lash va ijtimoiy to’lov mablag’laridan foydalanishni tahlil qilishga, mehnatga haq to’lash jamg’armalari xajmini prognozlashda barqaror qonuniyat va tendenstiyalarni aniqlashga e’tiborni oshirishni talab etadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling