Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Kadrlar qo‘nimsizligi va kadrlarning ichki harakati
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
10.2. Kadrlar qo‘nimsizligi va kadrlarning ichki harakati Korxonada mehnatning noqulay sharoitlari kadrlar qo’nimsizligining asosiy sabablaridan biri bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, sanoatda kadrlar qo’nimsizligining noqulay sharoitlari tufayli bu ko’rsatkich 20foizni tashkil qiladi. Noqulay sharoitdan tashqari og’ir jismoniy mehnat sababli 9foiz, smenali ish tufayli 2,8foiz, zerikarlilik, bir maromdalik va monoton ish sababli 1,0foiz, sanitar-gigiyenik ahvolning yomonligi sabali 5foiz, kabi ko’rsatkichlar kadrlar qo’nimsizligining asosiy sabablarini keltirib chiqarar ekan. Mehnat sharoitlarining salbiy ko’rsatkichlarini tavsiflovchi omillardan biri sog’liq yomonlashganligi sababli ishdan bo’shaganlar miqdori o’rtacha hisobda 7,5foizni tashkil etadi. Kadrlar qo’nimsizligi ko’rsatkichlari noqulay mehnat sharoiti bilan belgilanadi va 9,8 - 14,5foiz atrofida korxona va tarmoqlar bo’yicha tebranib turadi. Kadrlar qo’nimsizligining tebranishi og’ir qo’l mehnati bilan band bo’lgan ishchilar orasida ham kuzatiladi. 189 Ishchi kadrlar qo’nimsizligining sabablarini tekshirish shuni ko’rsatadiki, sanoatning ko’p tarmoqlarida, juda ko’p ish o’rinlari yaxshilanishiga qaramasdan yomon tashkil qilingan ish o’rinlari va qoniqarsiz mehnat sharoiti tufayli bo’shayotganlar hajmi o’sib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri ishchilarning kundalik talablari o’sib borishidir. Bunga ayniqsa yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarish sharoitlariga yangicha talablar qo’ymoqdalar. Kadrlar oqimini tahlil qilishda, ishdan bo’shayotgan xodimlarning anketa so’rovlari va shaxsiy suhbatlardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. Tahlil amaliyotida ko’pincha yomon mehnat sharoiti bilan kadrlar oqimi harakati hajmini ish vaqtiga nisbatan baholash kerak. Shu sababli yo’qotiladigan ish vaqti o’lchovi (y) quyidagi formula bilan hisoblanadi: Y = S x Y b x 0,5 (10.2) Bu yerda: S –yomon mehnat sharoitlari tufayli o’z xohishiga binoan bo’shaganlar soni; Y b – bitta bo’shash hisobiga yo’qotilgan ish vaqti, kun; 0,5 – tadbirlar yil davomida bir tekis o’tkazilishini ko’rsatuvchi koeffitsient. Korxonalarda kadrlarning ichki ishlab chiqarish migrastiyasi alohida o’rin egallaydi, chunki u ishchilarning sexlarda yomon mehnat sharoitlari ish joylaridan normal sharoitli joylarga o’tish (mutaxassisligini o’zgartirmagan holda), shuningdek asosiy ish joylaridan yordamchi sexlarga o’tishi va h.k.da aks etadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, korxona ichidagi migrastiya unchalik zararli hisoblanmaydi, chunki ishchilarning o’rtacha soni kamaymaydi. Biroq, u korxonaning ba’zi uchastkalariga sezilarli ziyon yetkazadi. Ishchilarning ichki ishlab chiqarish migrastiyasi tufayli ko’riladigan iqtisodiy zarar (M i ) quyidagi formula orqali hisoblanadi: M i = I x M k x S (10.3.) Bu yerda: I - ishchining boshqa joyga o’tishi sababli ish joyining bo’sh qolgan kunlari soni; M k - bitta ishchining o’rtacha bir kunlik mahsulot ishlab chiqarishi, s; 190 S - yomon sharoitlar tufayli ish joyini o’zgartirgan ishchilar soni. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling