Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

Qisqacha xulosalar 
Ish xaqi jamg’armasi - milliy daromadning xodimlar o’rtasida ular mehnatining 
miqdori  va  sifatiga  muvofiq  taqsimlanadigan  hamda  shaxsiy  iste’mol  maqsadlari 
uchun foydalaniladigan qismidir. 
Ish  xaqi  jamg’armasi  tarkibiga  hamma  xodimlarga  -  doimiy,  mavsumiy, 
vaqtincha  ishlaydigan  xodimlarga  bajarilgan  ish  uchun  to’langan  pul  summalari, 
shuningdek  amaldagi  qonunlarga  muvofiq  xodimlarga  ishlanmagan  vaqtlari  uchun 
to’langan  pul  summasi  ham  qo’shiladi.  Mahsulot  tannarxiga  kiritiladigan  ish  haqi 
jamg’armasi.  Sof  foyda  hisobidan  shakllanadigan  ish  haqi.  Ish  haqining  doimiy 
qismiga  ishchilarning  tarif  stavkalari  bo’yicha  ish  haqi,  xizmatchilarning  okladlar 


 
185 
bo’yicha  haqi,  barcha  qo’shimcha  to’lovlar,  nosanoat  ishlab  chiqarish  korxonalari 
xodimlarining ish haqi va ularga to’g’ri keladigan ta’til summalari kiradi 
   Mutlaq  farqlanish  mehnatga  haq  to’lashga  ishlatilgan  haqiqiy  mablag’ 
miqdorini  butun  korxona,  ishlab  chiqarish  bo’linmasi  va  xodimlar  toifalari  bo’yicha 
rejadagi ish haqi jamg’armasi bilan taqqoslash asosida aniqlanadi.  
   Nisbiy  farqlanish  haqiqatda  to’langan  ish  haqi  summasi  bilan  rejalashtirilgan 
jamg’arma  o’rtasidagi  farq  sifatida  hisoblab  chiqiladi,  mahsulot  ishlab  chiqarish 
rejasining bajarilish koeffitsientiga qarab tuzatish kiritiladi. 
   Mehnatga  haq  to’lash  uchun  ajratilgan  mablag’lardan  foydalanish 
samaradorligiga  baho  berish  uchun  amaldagi  narxlarda  mahsulot  ishlab  chiqarish 
hajmi, tushum, ish haqining bir so’mi hisobiga olinadigan yalpi, sof foyda va boshqa 
ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Tahlil jarayonida ularning o’sishi, darajasi bo’yicha 
rejaning bajarilishi o’rganiladi.          

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling