Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

 
 


 
186 
10-bob. MEHNAT SHAROITLARI VA ULARNI BAHOLASH 
10.1. Kasalliklar va travmatizm oqibatlarida ish vaqti yo‘qotishlarini 
aniqlash 
Ish  vaqti  yo’qotishlarining  ko’pchiligini  ishlab  chiqarishdagi  travmavtizm  va 
kasb  kasalliklari  keltirib  chiqaradi.  Ular  asosan  noqulay  mehnat  sharoitlari  va 
mehnatni  noqulay  tashkil  qilish  sababli  yuzaga  chiqadi.  Umuman,  sanoat 
korxonalarida  to’liq  ish  kunlari  yo’qotishlarining  60-80foiz  kasalligi  tufayli  ishga 
kelmaslikdan  tashkil  topadi.  Korxona  yillik  ish  vaqti  jamg’armasi  yo’qotishining 
25foiz    mehnat  sharoitlarida  vaqtinchalik  mehnatga  layoqatsizlik  tufayli  vujudga 
keladi, mehnat sharoitlari yomon bo’lganda bu ko’rsatkich 5-10foiz ni tashkil qiladi. 
Keltirilgan  ma’lumotlar  ish  vaqtini  tejashning  zahirasi  borligini  va  bunga 
erishish  uchun  korxonalarda  kasallanishlar  va  travmatizmni  kamaytirish  kerakligini 
ko’rsatadi. 
Ishchi  va  xizmatchilarning  umumiy  kasallanishlariga  va  ish  vaqtini 
yo’qotishlariga  mehnat  sharoitlarining  ta’sirini,  vaqtinchalik  mehnatga  layoqatsizlik 
to’g’risidagi statistik hisobot ma’lumotnomalariga ko’ra va davolash muassasalarida 
ishchi-xizmatchilarga ko’rsatilgan tibbiy yordam materiallari yordamida aniqlanadi. 
Dastlab  statistik  hisobot  shakli  bo’yicha  barcha  kasalliklar  tufayli  yo’qotilgan 
ish kunlari aniqlanadi va 100 ishchiga nisbatan absolyut ko’rsatkich topiladi. 
Kasalliklar  miqdorining  hisobot  va  o’tgan  yil  ko’rsatkichlariga  nisbatan 
solishtirish  kasallanishlarning  ko’payganlik  yoki  kamayganliklarini  aniqlash 
imkonini beradi va bu ko’rsatkich qo’yidagi formula asosida aniqlanadi: 
P

= K

x K
o’  
(10.1)
 
Bu yerda: 
 P
n
 –hisobot yilida o’tgan yilga nisbatan kasallanishlarning o’zgarishi;  
K

va  K
o’
  –hisobot  va  o’tgan  yildagi  100ta  ishchiga  to’g’ri  keladigan 
kasallanishlarning kalendar kunlari soni. 
Agar  olingan  o’lchov  100dan  oshsa  (masalan,  126foiz)  kasallanish  26foiz 
oshganligini, va aksincha, 100foiz dan kam bo’lsa (masalan 96foiz), kasallanish 4foiz 


 
187 
kamayganligini  bildiradi.  Bunday  tahlil  ish  vaqti  zahiraini  aniqlash  imkonini  beradi, 
lekin mehnat sharoitlari bilan bog’liqligini aniqlamaydi. 
Bu  bog’liklikni  topish  uchun  sexlar  yoki  korxona  bo’yicha  ko’p  takrorlangan 
kasallanishlarni tahlil qilish zarur. Buning uchun 100 kishiga to’g’ri keladigan ko’p 
takrorlangan kasallanishlar tufayli  yo’qotilgan ish kunlari korxona bo’yicha topiladi 
va  bu  ko’rsatkich  viloyat  yoki  tumandagi  boshqa  shunga  o’xshash  korxonalar 
ko’rsatkichlari bilan solishitiriladi. 
Ishlab  chiqarish  travmatizmi  va  kasbiy  kasallik    kabilar  ko’pincha  mehnat 
sharoitlarining yomonligi bilan bog’liq bo’ladi. 
Korxona  yoki  sexlar  bo’yicha  travmatizm  tufayli  ish  vaqti  yo’qotishlarini 
aniqlash uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalaniladi: 
-  travmatizm  tufayli  mehnatga  layoqatsizlik  kunlari  (№7-t  shakldagi  statistik 
hisobot va korxonaning №N-1 dalolatnomasi); 
-  shikastlangan  shaxsni  qutqarish  va  unga  birinchi  tibbiy  yordam  ko’rsatish  va 
transportirovka uchun ketadigan vaqt (masterning xizmat yozuvlari); 
-  ishlab  chiqarishda  baxtsizlik  sodir  bo’lgan  kunda,  smenada  shikastlangan 
ishchining ishlamagan ish vaqti (sex tabeli); 
-  shikastlangan  shaxsni  kasalxona  yoki  uyiga  borib  ko’rish  uchun  ketgan  vaqt 
(masterning xizmat yozuvi); 
-  sanator-kurort  davolanish  uchun  ketgan  vaqt  (tibbiyot  punktidagi  mehnatga 
layoqatsizlikni hisobga olish shaxsiy kartasi yoki buxgalteriyaga topshirilgan kasallik 
varaqasi). 
Korxona  va  tashkilotlarda  mehnat  sharoitlarini  yaxshilash  ishlarini  baholashda 
mikrotravmatizmni  ham  hisobga  olish  zarur,  chunki  u  umumdavlat  hisoblarida 
hisobga  olinmaydi  va  ish  vaqti  yo’qotishlarining  berkitishga  sabab  bo’ladi. 
Mikrotravmatizm  oqibatida  ish  kunining  1  sutkadan  kam  bo’lmagan  vaqtida 
mehnatga layokatsizlikka kiradi. Ko’pincha jarohatlangan ishchilar  tibbiyot punktiga 
boradi  va  ish  vaqti  tugamasdan  uyiga  ketadi,    bu  esa  o’z  navbatida  ish  vaqtining 
yo’qotishlariga sabab bo’ladi. 
Mikrotravmatizmni tahlil qilish uchun quyidagi ma’lumotlar kerak bo’ladi: 


 
188 
-  zararli  va  og’ir  mehnat  sharoitli  uchastkalarda  bajariladigan  ishlar  bo’yicha, 
yetakchi kasblar bo’yicha yoki umuman korxona bo’yicha mikrotravmatizmlar  soni 
(tibbiyot punktidagi kasallik va ishlab chiqarish jarohatlarini ro’yxatga olish jurnali); 
-  shikastlangan  ishchining  tibbiyot  punktiga  kelib-ketishiga  ketgan  vaqt  (agar 
kuzatuvchisi  bo’lsa,  bu  vaqt  ikkiga  ko’paytiriladi)  yoki  tibbiy  yordam  ko’rsatishga 
ketgan vaqt (masterning xizmat yozuvi). 
Tajribalar  shuni  ko’rsatadiki,  ma’lumotlarni  bu  ko’rsatkichlar  bo’yicha  yig’ish 
ko’pincha qiyinchilik tug’diradi, chunki sex va tibbiyot punktlarida birinchi yordam 
har  doim  ham  hisobga  olinmaydi.  Shuning  uchun  birinchi  yordam  uchun  ketgan 
vaqtni, smena tugamasdan uyga ketib qolgan vaqtni yoki kuzatuvchi sarflagan vaqtni 
ro’yxatga olib borish zarur. 
Mehnat 
sharoitlarini 
yaxshilash 
travmatizm, 
kasbiy 
kasalliklarni 
va 
mikrotravmatizmni  kamaytirib  borish  samarali  ish  vaqti  jamg’armasining  oshishiga,  
shu bilan birga, ishchilarning yillik mahsulot ishlab chiqarishini oshishiga olib keladi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling