Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


 Jamoa psihologik muhiti va uning kadrlar


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

 
10.4. Jamoa psihologik muhiti va uning kadrlar  
turg‘unligiga ta’siri 
Korxonada ishchilar salomatiga, mehnat samarasiga, ishlab chiqarish madaniyati 
va  kadrlar  samarasiga  sezilarli  ta’sir  ko’rsatuvchi  omillardan  biri  mehnat  jamoasida 
mavjud ruhiy  muhitdir. 
Sanoatning  bir  qancha  tarmoqlaridagi  amaliy  izlanishlarning  ko’rsatishicha, 
diqqatli  bo’lgan  holda  bir-biri  bilan  aloqada  bo’luvchi  ishlab  chiqarish  jamoalarida 
do’stona  yordam  va  qo’llab-quvvatlash,  o’z-o’zini  tutish,  jamoa  jisplashuvi  me’yor 
bo’lib  qolganligi  holda  bunday  jamoa  natijalarining  doimo  ijobiyligi,  braklarning 
yo’qligi va kadrlar turg’unligi yuqori ekanligidan dalolat beradi. 
Mehnat jamoasidagi psihologik iqlimning holatiga ta’sir etuvchi asosiy obyektiv 
omillar quyidagilar: 
-  ishlab  chiqarish  muhitining  material  xom  ashyo  omili  (ish  qurollari,  sanitar-
gigiyenik holat); 
- tashkiliy omillar; 
- ijtimoiy-iqtisodiy omillar; 
- ijtimoiy-psihologik omillar; 
- ruhiy omillar. 
Jamoadagi psihologik iqlimni o’rganishda ijtimoiy so’rov, kuzatishlar va boshqa 
usullardan  foydalaniladi.  Psihologik  iqlim  hozircha o’lchov  birliklariga  ega  emas  va 
unga norma hamda standartlar mavjud emas. 
Korxona psihologik muhitining kadrlar turg’unligiga ta’sirini aniqlashda asosan 
hujjatlar tahlili usuli ishlatiladi. 


 
193 
Ijtimoiy  izlanishlar  yordamida  jamoadagi  psihologik  iqlim  va  uning  kadrlari 
orasida  bevosita  bog’liqlik  mavjudligi  aniqlangan.  Shuning  uchun  psihologik  iqlim 
holatini tahlil qilishda kadrlarning brigada, uchastka va umuman korxonada bir necha 
yillik  turg’unlik  ko’rsatkichlaridan  foydalanish  maqsadga  muvofiq.  Bir  necha  yilga 
turg’unlik ko’rsatkichlari uchun ma’lumotlar kadrlar bo’limi yoki jamoaning ijtimoiy 
rivojlanish rejalarida mavjud. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling