Qisqacha xulosalar
Ish vaqti yo’qotishlarining ko’pchiligini ishlab chiqarishdagi travmatizm va kasb
kasalliklari keltirib chiqaradi. Ular asosan noqulay mehnat sharoitlari va mehnatni
notug’ri tashkil qilish sababli bo’ladi.
Ishchi va xizmatchilarning umumiy kasalliklariga va ish vaqtini yo’qotishlariga
mehnat sharoitlarining ta’sirini vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik to’g’risidagi
statistik hisobot ma’lumotlariga ko’ra va davolash muassasalarida ishchi-
xizmatchilarga ko’rsatilgan tibbiy yordam materiallari asosida aniqlanadi.
Kasalliklar miqdorini hisobot va o’tgan yilga nisbatan solishtirish
kasallanishlarning ko’payganlik yoki kamayganligini aniqlash inkonini beradi.
Korxonalardagi kadrlarning ichki ishlab chiqarish migrastiyasi alohida o’rin
egallaydi, chunki u ishchilarning sexlarda yomon mehnat sharoitli ish joylaridan
normal sharoitli joylarga o’tishi, shuningdek, asosiy ish joylaridan yordamchi
sexlarga o’tishi va h.z. larda aks etadi. Jamoadagi psihologik iqlimni o’rganishda
ijtimoiy so’rov, kuzatishlar va boshqa usullardan foydalaniladi. Psihologik iqlim
hozircha o’lchov birliklariga ega emas va unga norma hamda standartlar mavjud
emas.
Korxonada ishchilar sog’lig’iga, mehnat samarasiga, ishlab chiqarish madaniyati
va kadrlar samarasiga sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi omil hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |