Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Sanitar-gigiyenik holat va uni yaxshilash choralari samaradorligini
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
10.3. Sanitar-gigiyenik holat va uni yaxshilash choralari samaradorligini baholash Korxonada mavjud ish joylarida sanitar-gigiyenik holatlarni baholash sanitar- gigiyenik normalardan chetlanishlar mavjud bo’lgan vaqtlarda o’tkazilishi mumkin. Absolyut chetlanishlar katta diapazonlarda o’zgarishlari mumkinligining sababini ularni 3 zonaga bo’lib o’rganish tavsiya etiladi: (ishlash) qulay, qoniqarsiz (noqulay), yo’l qo’yib bo’lmaydigan. Qulay zonaga tegishli ko’pchilik ko’rsatkichlarni aniqlagan holda sanitar- gigiyenik holat haqida tasavvurga ega bo’lish mumkin. Bunda, asosan quyidagilar hisobga olinadi: yorug’lik, zararli moddalar, gazlar, aerozollar, mikroiqlim, ya’ni havo harorati, namlik, havo harakati tezligi, mexanik silkinishlar, ya’ni vibratsiya, shovqin, nurlanish, atmosfera bosimi kabi ko’rsatkichlar. Sanitar-gigiyenik holatni baholashda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi: 1. Mehnat sharoitiga ko’ra qulay zonaga tegishli bo’lgan ish joylari hajmini belgilovchi (K ij ) koeffitsient quyidagi formula orqali aniqlanadi: K ij = M + : M U (10.4.) Bu yerda: M k - qulay ish sharoitiga ega bo’lgan ish joylari miqdori; M U - umumiy ish joylari miqdori. 2. Mavjud ish joylarida norma chegaralaridan pastki tomonga chekinishlarga ega bo’lgan ishlash sharoitlarining sanitar-gigiyenik ko’rsatkichlari hajmi (K s ) koeffitsienti. 3.Korxona bo’yicha sanitar-gigiyenik normalarga mos kelmaydigan holatlarda ishlaydigan ishchilar hajmi (K in ) koeffitsienti quyidagi formula orqali topiladi: Kin = Ir .n : I U (10.5.) Bu yerda: I r.n –sanitar-gigiyenik normalarga mos kelmayligan holatlarda ishlaydigan ishchilar miqdori; 191 I u –umumiy ishchilar miqdori. 4. Korxonada ish vaqti, ish kuni qisqartirilishi va noqulay sanitar-gigiyenik sharoitdagi mehnat bilan band ishchilarga qo’shimcha dam olish kunlarini hisobga olgan holda ishlatilish koeffitsienti (K p ). K p =T : (T+P) (10.6.) Bu yerda: T - umumiy ishlagan vaqt, P - ish kunining qisqartirilishi va qo’shimcha dam olish kunlari berilishi sababli ishlatiladigan vaqt. Yuqorida ko’rib o’tilgan ko’rsatkichlar bo’yicha kichik bo’limlar, ishlab chiqarish korpuslari va shu kabilarda sanitar-gigiyenik holat bo’yicha ma’lum tahlillar o’tkazilishi mumkin. Bu turdagi tahlillar bizga qaerda va qanday noqulay yoki yo’l qo’yib bo’lmaydigan sanitar-gigiyenik holat mavjudligini, u erda band ishchilar miqdori, ish vaqti, ish kuni qisqartirilishi va noqulay sharoitdagi mehnat bilan band ishchilarga qo’shimcha dam olish kunlarini hisobga olgan holda ishlatilish koeffitsienti hajmini aniqlash imkonini beradi. Korxonada mehnat sharoitlarini umumiy holda baholash juda mushkul. Lekin baribir mehnat sharoitlarini baholashda asosiy ko’rsatkich bo’lib yalpi ish vaqti jamg’armasi hisoblanadi, chunki bu yerda nafaqat sanitar-gigiyenik elementlar hisobga olinadi. Sanitar-gigiyenik holat va uni yaxshilash choralari samaradorligini baholash jarayonida mehnat sharoiti holatining o’zgarishi va shuningdek, o’tkazilgan tadbirlarning iqtisodiy-ijtimoiy natijalari tahlil qilinadi. Ish joylarida mehnat sharoiti holatining o’zgarishi to’g’risida quyidagi asosiy ko’rsatkichlarni kuzatish mumkin: havo tarkibidagi zaharli moddalarning kamayishi, yorug’lik va mikroiqlimning yaxshilanishi, nurlanishning pasayishi va boshqalar. Korxonalarda sanitar-gigiyenik holatni yaxshilash borasidagi ishlarning ijtimoiy natijalari quyidagi ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi: - normal mehnat sharoitlarida ishlovchi ishchilar sonining oshishi; - kasbiy nosozliklar va noqulayliklarning pasayishi; 192 - mehnatning noqulay sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan kadrlar harakati va korxona ichki migrastiyasi darajasining pasayishi. Iqtisodiy natijalar esa iqtisodiy samaradorlik darajasi bilan hisoblanadi. Bu korxonada sanitar-gigiyenik holati yaxshilangan ishchilarga oldindan to’lanadigan kompensastiya va qo’shimcha to’lovlar miqdorining kamayishi bilan izohlanadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling